Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə69/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Pedagogik mahorat – o‘qituvchi ijodkorligining oliy namunasi bo‘lib, u yillar davomida shakllanadi. Uning yuksak mahoratni egallashi g‘oyat murakkab jarayon bo‘lib, pedagogika fanining eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
O‘qituvchi kasbiga xos bo‘lgan ko‘pgina fazilatlar bilan birga uning pedagogik mahoratni egallashi katta ahamiyatga ega. Yuqori pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchigina o‘z kasbiga layoqatli, iste’dodli bo‘lishi mumkin.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi yuqori pedagogik mahorat va keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak. Shundagina oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilishi, unga turdosh fanlar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishi, o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarning bilim, kamolot darajasi va ruhiyatini hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini tasavvur eta olishi lozim. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsalarni o‘quvchilarga tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida o‘ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.
O‘qituvchi o‘quvchining, ichki dunyosiga kira olishi, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvlar olib borishi kerak. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatiga ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi.
O‘qituvchida nutq o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati hisoblanadi. Bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir.
O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali, his-hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin