Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə70/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

O‘qituvchi obro‘si – o‘quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina emas, balki o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yig‘indisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga Shuningdek, o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, o‘zining haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o‘quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog‘liq.
O‘qituvchi kasbiga xos bo‘lgan xislatlar, ya’ni yuksak pedagogik mahorat unda birdaniga shakllanmaydi. U o‘z ustida tinmay ishlash, izlanish va ko‘nikmalar asosida rivojlanadi.
O‘qituvchining yuqori kasbiy mahoratni egallashi bevosita uzluksiz ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida asosiy o‘rin egallagan malaka oshirish o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish va unga istiqbol yo‘nalishlar berishga imkon beradi.
Hozirgi davr o‘qituvchidan o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiya talablarini to‘g‘ri tushunish, tashabbuskorlik, o‘z fani bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lishi va darslariga joriy eta olishni talab etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni vujudga keltirish, do‘stona muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi, fan o‘qituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, ko‘nikma malakalari va shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchi avvalo:
- Yumshoq ko‘ngilli, ochiq chehrali, shirinso‘zli, bolalarni qanday bo‘lsa shundayligicha yaxshi ko‘rishi;
- Mehr-muhabbat, qalb g‘urini o‘quvchilarga bab-baravar bo‘lib berishi, sinfda do‘stona muhitni yaratish va o‘quvchilarning o‘quv motivlarini rivojlantiruvchi kuch-rag‘batlantirish metodlari ekanligini anglash;
- O‘quvchilarning taqdiri, baxti va kelajagi uchun mas’ul ekanligini chuqur his etish, ularning nafsoniyati va qadr-qimmatini e’zozlash;
- Har qanday pedagogik vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik, haqorat qilish va baqirish, taqdid va qo‘rqitishdan o‘zini tiyishi zarur;
- O‘quvchilarni tushuna olishi, ularning his-tuyg‘ularini qadrlash, tashvishlari, iztiroblarini engishiga yordam berishi, yoshlik va psixologik rivojlanishda o‘ziga xos xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini bilish.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim tizimining odil va demokratiyalashtirilishi o‘quv jarayoniga o‘zgacha talab va o‘zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayon mazmun mohiyatdan avvalgidan tubdan farqlanadi.
Bu esa ta’lim sohasida o‘quvchi, o‘qituvchi, oila, mahalla hamkorlikda bir maqsad sari, ya’ni, DTS talablarini o‘zlashtirish va undagi me’yorlardan yuqoriroq natijalarga erishishni taqozo etadi.
DTS talablarini bajarishning asosiy omillaridan biri ta’lim jarayoniga samarali natijaga ega yangi pedagogik texnologiyalarning joriy etishidir.
Ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, mustaqil fikr yurita oladigan ijtimoiy faol yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchi yoshlarga zamon talablariga javob beruvchi bilimlarni berish uchun avvalo o‘zi ana shunday bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi kerak. Zero, tizimdagi yutuqlarning asosi maktablarda tashkil etiladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. O‘quv soatlarida o‘quvchilarga etarli bilim berish hayotiy ko‘nikmalarini oshirish va malakalarini shakllantirish o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq.
O‘quvchining mustaqil fikrini bayon etish, o‘z yo‘nalishini tanlashi va buning asosi bo‘lgan qarashlarini isbotlashi, o‘rni kelganda himoya qilishni o‘rgatilsa, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirib borishga erishishi orqali ta’lim mazmunining natijasi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ta’limni isloh qilishda o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilagn talablar kundan-kunga oshib bormoqda. Pedagogika fani oldida turgan muammolarning biri ham, aynan, o‘qituvchi va pedagog mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. O‘qituvchining ko‘p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni bilimli va axloq-odobli qilib voyaga etkazish vazifasi yotadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin