Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə78/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

PEDAGOGIK
MAHORAT



NOVATORLIK








PEDAGOGIK
IJOD

FAOLIYAT
USLUBI




PEDAGOGIK
MAHORAT
KATEGORIYALARI






KASBIY
BILIMDONLIK


PEDAGOGIK
TAKT








INNOVATSION
FAOLIYAT

PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR

Quyida o‘qituvchi pedagogik tajribasini o‘rganish sxemasi keltiriladi.


I. Maqsadni o‘rganish vazifalarini shakllantirish: dolzarb mavzularini aniqlash.
II. Pedagogik fanlar va ta’lim amaliyoti bilan bog‘liq masalalarni hal etishda mohir o‘qituvchilar erishgan natijalarni aniqlash.
III. Ilg‘or pedagogik tajriba to‘g‘risida faktik materiallarni to‘plash:
1. Bevosita:
a) o‘quv - tarbiya jarayonini kuzatish asosida;
b) mohir o‘qituvchi va ta’lim muassasasi rahbari bilan suhbat asosida;
d) maktab hujjatlarini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Bevosita:
a) pedagogik adabiyotlarni o‘rganish;
b) mohir o‘qituvchilar ish tajribalari to‘g‘risidagi qo‘lyozma (doklad, uslubiy hujjatlar) materiallarni o‘rganish orhali;
d) o‘qituvchiga sirtqi uslubiy topshiriqlar (anketa, xat bilan murojaatlar) berish va javoblarini o‘rganish asosida;
e) tahlil, umumlashtirish, xulosa; o‘rganilgan tajribaning o‘ziga xos tomonlari; uning pedagogik tavsifi asoslanishi zarur.
Boshqa barcha faoliyatlar kabi pedagogik faoliyat ham o‘zining xususiyatlari bilan ajralib turuvchi maqsad, vazifa, obyekt, subyektdan va komponetlardan iborat.
Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, jamiyat tomonidan belgilanadi va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o‘zaro ijtimoiy bog‘liq alohidalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat.
O‘qituvchi faoliyati boshqalar faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, o‘qituvchi faoliyati o‘quvchilar faoliyati asosida quriladigan faoliyatdir. Misol uchun olganda, murakkab, ziddiyatli bir holatda pedagog baqirmaslikka, u yoki bu shaxsni ajratib ko‘rsatmaslikka harakat qilishi kerak, balki tarbiyalanuvchilar o‘zlari mazkur sharoitdan to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun imkoniyat bermog‘i lozim (tikilib turishi, jim turishi, keskin gapirishi). Albatta, bunday yechim tarbiyalanuvchilarning yuqori darajada ongliligidan dalolat bermasada, ular tarbiyachi maqsadi sari borganligini bildiradi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xos tomoni shundaki, u pedagog va o‘quvchi maqsadi ham bo‘lib qolishi kerak.
Boshqa odamlarning (faoliyatini boshqarish shu jihatdan ham murakkabki, tarbiya maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagini loyihalashtiradi. Albatta, bu maqsad o‘qituvchi uchun yaqin va tushunarli, chunki u: «Sen bilishing, uddalashing, bajarishing kerak», deb talab etadi. Lekin bola shu birgina kun tashvishi bilan yashaydi, bugungi kun muammosini hal etib boradi. Kelajak uning uchun juda ham uzoq. Bunday qarama-qarshilikni tarbiya fojiasining asosi deyish mumkin.
Buni tushungan mohir pedagoglar faoliyatining asosini bola ehtiyojiga tayanib yo‘lga qo‘yadilar, ya’ni o‘zining faoliyat dasturini bola dasturiga muvofiq holda tuzadi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan jamiyatning ijtimoiy vazifasini belgilashda shaxsiy tashabbus ko‘rsatishni, ya’ni o‘qituvchi pedagogik pozisiyasida jamiyat maqsadi ortib borishi o‘z ifodasini topishi kerak. Aniq faoliyatning maqsad va vazifalarini ijodiy tushunib yetish; bolalar qiziqishlarini hisobga olish va ular o‘quv jarayonidagi maqsadlarini amalga oshirishda faoliyat turlari va mazmunini o‘zgartirib borishi kerak.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin