Buxoro davlat pedagogika instituti


Gapirayotganda boshni dam-badam qashlash



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə76/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Gapirayotganda boshni dam-badam qashlash – tashvishlanish, uyalish.

  • Jag‘ni qashlash – javob berish yoki bermaslik haqida o‘ylanish.

  • Tirnoqlarni tishlash – hijolatpazlik.

  • Ruchka yoki ko‘zoynakni artish – javob berish oldidan o‘ylanish.

  • Biron narsa (stol, parta, kafedra)ga suyanish – og‘ir vaziyatga tushib qolganlik va undan chiqish yo‘llarini izlash.

  • Ustki kiyimdan nimanidir qoqish – mavjud vaziyatni yoqtirmaslik.

  • O‘ng va chap qo‘l barmoqlari uchlarini mos holda birlashtirish – diqqatni jamlash, masalaga jiddiy yondashish.

  • Oyoqlarni, shuningdek, qo‘llarni ko‘krak oldida chaltishtirish yoki o‘ng va chap qo‘l barmoqlarini bir-biriga bog‘lash – suhbatdoshga nisbatan yopiqlik, ehtiyotkorlik.

  • Qo‘l kaftlarini bir-biriga ishqash, oyoq tovonlarini ko‘targan holda qimirlatib turish – asabiylik, bezovtalik, norozilik.

  • Yelkaga qoqib qo‘yish – ruhiy yaqinlik, dalda berish.

  • Qo‘lni mahkam siqish – do‘stlik, hamkorlikni ifodalash.

  • Qo‘l uchida salomlashish – yoqtirmaslik, yomon ko‘rish, jirkanish.

  • Boshni silab qo‘yish – erkalatish, yoqtirish.

  • Labni yalash – yolg‘on gapirish, qo‘rquv.

  • Labni tishlash – hijolat bo‘lish, uyalish.

    Har qanday faoliyat kabi pedagogik faoliyat ham o’z ichiga o’ziga xos xususiyatlar bilan farq qiluvchi quyidagi komponentlar (tarkibiy qismlar) ni oladi: maqsad, vosita, obyekt, subyekt.
    Eng avvalo, pedagogik faoliyatning maqsadi o’ziga xos xususiyatga ega.
    1. O’qituvchi ishining maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni o’qituvchi erkin holda o’z mehnatining natijasini tanlamaydi, uning harakatlari o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilmog’i lozim.
    2. O’qituvchining faoliyati har doim boshqalarni boshqarish faoliyatidir.
    3. Boshqa kishi faoliyati (ta’lim-tarbiya)ni boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagogning maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagini ifodalaydi.
    Pedagogik mehnatning obyekti - inson, shakllanayotgan shaxs ma’naviy dunyosining nozik tomonlari – aql, hissiyot, iroda, e’tiqod, o’z-o’zini anglash kabilar.

    Yüklə 1,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   198




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin