Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə77/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Subyekt - tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchilardir, ya’ni pedagog, ota-onalar, jamoa tarbiyalanuvchiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy qurol - o’qituvchi shaxsi, uning bilim va ko’nikmalaridir.
Tarbiyaning asosiy vositalari - bu tarbiyalanuvchilar ishtirok etadigan har xil faoliyat turlaridir: mehnat, muloqot, o’yin, o’qish, badiiy - estetik va boshqa faoliyatlar.
Yuqorida aytib o’tilganidek pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari bu maqsad, subyekt, vositalardir. Pedagogning vazifasi bu elementlarni boshqarishdan iboratdir.
Pedagogik mahoratni shakllantirish mumkin. Pedagogik oliy o’quv yurtlarida birinchi kunlardan kasb tarbiyasiga alohida e’tibor berilishi zarur. Bo’lajak o’qituvchining shakllanishi ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy o’rinni psixologik-pedagogik fanlar tizimi egallaydi (pedagogika nazariyasi va tarixi, yangi pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, psixologiya). Mutaxassislik fanlar fundamental bilim berish bilan birgalikda bo’lajak o’qituvchini dunyoqarashini, metodologik bilimlarini shakllantiradi.
Pedagogik mahorat amaliyot davrida yanada rivojlanadi va talabalarda amaliy ko’nikma, malakalar tekshiriladi. Pedagogik mahorat rivojlanishida muhim o’rinni bo’lajak o’qituvchini ijtimoiy - pedagogik faoliyati bajaradi. Bu faoliyat qancha mazmunli va keng bo’lsa, shuncha uning samaradorligi oshadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, hech qanday oliy ta’lim muassasasi tayyor holdaga mahoratli pedagogni etkazib bera olmaydi. Mahoratga erishishning eng samarali va to’g’ri yo’li o’z-o’zini tarbiyalashdir. O’z-o’zini tarbiyalash usul va vositalari nihoyatda ko’p, qolaversa o’qituvchilikning o’zi ijodiy soha hisoblanadi, izlanishni talab etadi.
Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi bo‘lajak tarbiyachi va o‘qituvchilardan yuksak darajadagi kasbiy mahoratni egallashlarini talab etadi. Ularni pedagogik faoliyatga ham nazariy, ham amaliy jihatdan tayyorlash ishida pedagogika ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan “Pedagogik mahorat” kursi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan, pedagogik va uslubshunoslik fanlarining hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogik mahoratning nazariy – amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir.
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, pedagogik mahorat ta’lim – tarbiyani optimallashtirishning kasbiy ko‘nikma va malakalari tizimi bo‘lib, u asosan yosh avlodni maqsadga muvofiq yo‘naltirish, ularning ma’naviy e’tiqodini, dunyoqarashini, qobiliyatlarini ijtimoiy ehtiyoj nuqtai – nazardan har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat.
Mazkur kursni o‘rganishdan asosiy maqsad bo‘lajak pedagoglarga madaniy tafakkur, bolalar va o‘quvchilar bilan muomala qila olish ko‘nikmasi, o‘z xulqi, xatti-harakatini o‘zi boshqara olish layoqatini tarbiyalash bo‘yicha faoliyat tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu qo‘llanmada bo‘lajak yosh pedagoglar, shuningdek ta’lim –tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchilarga kasbiy pedagogik bilim va mahoratni takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar beriladi.
Yangi insonni shakllantirish masalasining ko‘p qirrali va murakkabligi pedagogik mahorat muammosining hozirgi zamon tarbiya nazariyasi va praktikasi uchun muhimligini ko‘rsatib beradi. Chunki hamma vaqt insonni har tomonlama mukammal tarbiyalash, uning kelajagini belgilash borasida tarbiyachi pedagog mahorati, uning yetukligi, chuqur kasbiy bilimi, ko‘nikma va malakasi, maxsus bilim va tajribasiz erishib bo‘lmaydi. Zero, pedagogik mahorat barcha o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning eng qulay yo‘llarini belgilaydi, hamda har bir pedagogdan o‘quvchi shaxsning barcha tomonlarini rivojlantirish va takomillashtirishga doir kasbiy bilim, tajribaga ega bo‘lishni talab etadi.
Hozirgi pedagogik ta’lim yo‘nalishi bo‘lajak pedagog mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli sharoitlarni belgilab berishi kerakki, natijada o‘sha mutaxassisni chuqur ilmiy bilim kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishiga olib kelsin.
Xuddi shu maqsadda Respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga ko‘ra “Pedagogik mahorat” kursi kiritildi va o‘qitila boshladi. Albatta bunga qadar ushbu muammo bo‘yicha shug‘ullangan Rossiyalik taniqli pedagoglardan V.A.Slastenin, A.I.Piskunov, A.P.Petrovskiy, V.K.Rozov, L.F. Spirin va boshhalarning ishlarini aytib o‘tish o‘rinli. Ularning tadqiqot ishlarida pedagogik mahoratni shakllantirish yo‘llari haqida fikr yuritiladi.
Pedagogik mahorat” – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo’llay olish qobiliyati bo’lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo’lish, ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish asosida tarkib topadi va pedagogik mahorat fanining tavsiyalaridan umumiy foydalanish asosida vujudga kelgan pedagogik tajriba sifatida o’qituvchining pedagog o’quv-tarbiyaviy faoliyatining yuqori darajasi”.
Bo‘lg‘usi mutaxassis pedagogik mahorat qirralarini mukammal bilishi, bu borada yetakchi mohir o‘qituvchilar pedagogik ish tajribalarini o‘rganishlari zarur. Pedagog hozirgi zamon ruhi bilan yashash orqali kelajakni ko‘ra bilishi, uni tashkil eta bilish uning uchun o‘ta murakkabdir.
Pedagogik mehnatning obyekti: - Inson bo‘lib “shakllanayotgan shaxs ma’naviy turmushining nozik tomonlari - aql, his, iroda, ishonch o‘z-o‘zini anglash”dir.
Hozirgi zamon uzluksiz talim tizimida bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, chuqur ilmiy, kasbiy pedagogik tayyorgarlikka erishishga imkon yaratilishini nazarda tutadi. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlarda pedagogik mahoratning o’ziga xos quyidagi kategoriyasi mavjud (2-rasm):


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin