Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə80/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Uchinchidan: pedagogik qobiliyat, pedagogik mahoratning tezroq takomillashuvini ta’minlaydigan omildir.
To‘rtinchidan: bilim va qobiliyatga tayanadigan texnika, barcha vositalarni maqsad bilan mustahkam bog‘lashga yordam beradi va bu bilan pedagogik faoliyat strukturasini kengaytiradi.
Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimida yuqoridagi barcha elementlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda, uning tashqi ta’sir yordamida o‘sishigina emas, balki o‘z-o‘zini rivojlantirishga ham asos bo‘la oladi. Muvaffaqiyatning muhim sharti qobiliyat yaxlitlik beruvchi vosita: yo‘naltiruvchanlik va natijaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi pedagogik texnika hisoblanadi.
O‘qituvchi shaxsining insonparvarlik yo‘naltirilganligi tarbiyachining butun faoliyati pedagogik dramalardan iborat (turli fikrlar to‘qnashuvi, o‘z nuqtai nazari to‘g‘riligini isbotlash uchun kurash). Mahorat qanchalik yuqori bo‘lsa, ziddiyatlar shunchalik aniq ko‘rinadi, chunki ijodkor o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilayotgan yangicha tizim, eskicha qarovchilar tomonidan qarshilikka uchraydi. Shaxsning yo‘naltirilganligini nima tashkil etadi Oliy maqsad, qiziqishlar, qimmatli fikrlar.
Ana shu masalani aniqlash mavzu mohiyatini tashkil etadi. Har bir o‘qituvchi shaxsining pedagogik yo‘naltirilganligi ko‘p qirrali hisoblanadi. Uning qimmatli yo‘nalishida quyidagilar alohida ko‘zga tashlanadi:
1. O’z-o‘ziga ishonch, ya’ni, «mening misolimda, bilimdon, talabchan, haqiqiy o‘qituvchini ko‘rishsin».
2. Pedagogik ta’sir vositalariga ega bo‘lishi.
3. O‘quvchilarga, bolalar jamoasiga tayanish.
4. Pedagogik faoliyat maqsadiga - insonparvarlik strategiyasiga, vositalarni ijodiy o‘zgartirib faoliyat obyektiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Agar o‘qituvchi ishiga va o‘quvchilarga mehr-muhabbatni uzviy bog‘lay olsa, u haqiqiy yetuk o‘qituvchidir. Kelajak oldidagi javobgarlikni his etish, ongli intilish bilan bolalarga bo‘lgan ulkan muhabbatni uzviy tarzda bog‘lay olgandagina pedagogik mahorat shakllana boradi. Pedagog faoliyatining yuksak vazifasi-insonparvarlik yo‘naltirilganligi, uning aniq maqsadlarini belgilashga yordam beradi.
O‘qituvchining insonparvarlik yo‘naltirilganligi, uning hayotiy aktiv pozisiyasida ham ko‘rinadi. Bir misol: uzum tergani IX sinf o‘quvchilari ertaga ham boqqa ishga chiqish kerak edi. Lekin bolalar ishga chiqishni, uzum terishni xohlamayapti. Chunki kechagi va oldingi kun terilgan uzumlar olib ketilmasdan oftobda chirib yotgan edi. Lekin o‘qituvchi qat’iy qilib, “Sizlarning ishinglar uzum terib berish, qolgani sizning ishingiz emas” deb majbur qildi.
Albatta, o‘qituvchi bolalar to‘g‘ri gapirayotganligini bilib tursada, ularning fikrini quvvatlamadi. Buning o‘rniga u befarqligi, e’tiborsizligi tufayli shunday bo‘layotganini rostmona gapirib, bu masalani tegishli rahbarlar oldiga qo‘yishini aytishi kerak, o‘quvchilar bilan birga qanday qilib hosilni saqlab qolish to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak edi.
Mohir o‘qituvchining yo‘nalishida ikki intilish - o‘zi dars berayotgan predmet bilan doimiy qiziqishi va o‘quvchilar bilan munosabatga doimiy ehtiyoj sezishdan iborat. Pedagogik mahoratning fundamental asosi kasbiy bilimdir. O‘qituvchining bilimi, bir tomondan, fanga, o‘zi dars berayotgan fanga, ikkinchi tomondan, bu fanni o‘zlashtiradigan o‘quvchiga qaratilishi lozim.
Kasbiy bilim mazmuni, u dars berayotgan predmet, uning metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlarini tashkil etadi. Kasbiy pedagogik bilimning muhim o‘ziga xos tomoni, o‘zi o‘rganayotgan fanlarni - umumlashtirishni, birlashtirish, ya’ni uning kompleksligini ta’minlashdan iborat. Bunday umumlashtirish birlashtirishning asosini - pedagogik masalalarni yechish, pedagogik holatlarni tahlil etish, shaxsni shakllantirish qonunlarini anglash asosida vositalarni tanlash demakdir. Har bir pedagogik masalani yechish o‘qituvchining butun bilimlar sistemasining mohiyatini oshiradi, muhimligini ko‘rsatadi. Mohir o‘qituvchining kasbiy bilimlaridagi komplekslik, umumlashtirish bilan birga shaxsiy qarashlari nuqtai nazaridan ham muhim o‘rin tutadi.
Masalan: 8-sinfda adabiyot darsi A.Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani haqida juda ko‘plab adabiy tanqidchilar: O.Sharofutdinov, U.Normatov, B. Qosimovlarning fikrlari aytilgan. O‘quvchilar ham bu roman haqida o‘z fikrlarini aytishdi. Lekin o‘qituvchi o‘zi biron marta ham «Mening fikrimcha, men o‘ylaymanki», qabilida bu roman haqida o‘z nuqtai nazarini bildirmasa, o‘z ichki munosabatlarini aytmasa, u holda hech qachon o‘quvchidan jiddiy, ko‘ngildagi o‘z fikrlarini talab qila olmaydi. Fanlarning nazariy asoslarini bilish, madaniyat sohasidagi butun bilim saviyasi, o‘qituvchi shaxsiy qarashlari, nuqtai nazari bo‘lib maydonga chiqilishi kerak.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin