Analiz natijalarini hisoblash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: Vcm Ccm Sch = ----------------------- -----
x ((I21x I1)cm – 1) Vx bunda:
Vx – analiz qilinadigan eritmaning har birp kolbaga olingan alikvot hajmi, ml;
Vst – analiz qilinadigan eritma alikvot qismiga qo’shilgan aniqlanadigan element standart eritmasining hajmi, ml;
Sst – aniqlanadigan elementning standart eritmadagi kontsentratsiyasi, mg/ml yoki mkg/ml;
I1 – standart qo’shimcha qo’shilmagan eritma alangaga purkalgandagi kalvanometr ko’rsatkichi;
I2 – standart qo’shimcha qo’shilgan eritmalar alangaga purkalgandagi galvanometr ko’rsatkichi.
Alangali fotometriyada ishlatiladigan asboblar. Alangali fotometriyada ikki xil turdagi asboblar ishlatiladi: Alangali fotometrlar;
Alangali spektrofotometrlar.
Alangali fotometrlarda alanganing nur chiqarish spektrlaridagi kerakli spektr chiziqlar yoki polosalarni absorbtsion yoki interferentsion yorug’lik filtrlari, alangali spektrofotometrlarda esa difraktsion monoxromatorlar yordamida ajratiladi. Fotometrlar asosan oson qo’zg’aluvchan holatga o’tadigan ishqoriy – yer elementlarining atomlarini aniqlashda ishlatiladi. Alangali fotometrlarning aniqlash doirasi juda katta emas, ammo tuzilishi va ishlatilishi juda oddiy va oson, hamda narxi arzondir. Alangali spektrofotometrlarning esa aniqlash darajasi juda katta, D.I.Mendeleevning kimyoviy davriy sistemasidagi qariyb hamma elementlarni aniqlash mumkin.
Alangali fotometrlar tuzilishi jihatidan bir – biridan turlichaligi bilan farq qiladi.
Biroq tuzilishi turlicha bo’lishidan qat‘iy nazar ular to’rtta asosiy quyidagi qismlardan iborat: gorelka purkagichi;
alangadan chiqayotgan yo’naltirilgan nurlar dastasini hosil qilish imkonini beruvchi va undan kerakli to’lqin uzunlikdagi monoxromatik nurni ajratuvchi optik qism;