Lg I = lg a + b lg C Yutish spektrlari boyicha miqdoriy molekulyar analiz tekshirilayotgan namunaning optik zichligini tekshiriluvchi modda kontsentratsiyasi va yutuvchi qatlam qalinligi bilan bog’lovchi Buger – Lambert – Ber qonunidan foydalanishga asoslangan. Qonunning matematik ifodasiga molyar yutilish koeffitsenti kiradi, u mazkur to’lqin uzunligidagi nurning moddaga yutilish darajasini tavsiflaydi.
Tekshiriluvchi moda har bir yutish polosasining maksimumida molyar yutish koeffitsenti muayyan qiymatga ega bo’ladi:
A Aλ S = -------- yoki S = ------ εI ελ ∙ι λ indeksi A va Ξ larning qiymati to’lqin uzunligi λ bo’lgan monoxromatik nurlanishga daxldorligini ko’rsatadi. Tenglamadan ko’rinib turibdiki, o’lchashga to’g’ri keladigan to’lqin uzunligi, optik zichlik, kyuvetaning qalinligi va rangli eritmaning kontsentratsiyasi fotometrik aniqlashning asosiy parametrlari hisoblanadi. Fotometrik reaktsiyaning borish sharoitlari, rangli eritmalarning kontsentratsiyasi va barqarorligi bilan bog’liq kimyoviy omillar ham analizga muhim ta‘sir ko’rsatadi.
Analiz sharoiti tekshiriluvchi sistemaning xossalariga va ishlatiluvchi fotometrik xususiyatlariga qarab tanlanadi.
Fotometrik aniqlashning optimal sharoiti. Fotometrik aniqlashlar eritmada analitik shakl to’la hosil bo’lishini va Buger – Lambert – Ber qonunidan cheklanmaslikni yoki minimal cheklanishni ta‘minlaydigan optimal sharoitlarda bajariladi. Ulardan eng muhimlari: eritma rN ining optimal qiymati, reagentning yetarli darajadagi mo’l bo’lishi, analitik (fotometrik) reaktsiyaning tanlovchanligi va yutilish uchun eng qulay sharoitlar tanlanganligidir.
rN ning optimal qiymatini tanlash uchun tekshiriluvchi moda va reagent kontsentratsiyalari o’zgarmas bo’lganida muayyan to’lqin uzunligida rN ning eritma rangining intensivligiga ta‘siri o’rganib chiqiladi. Bunda reagent rangsiz bo’lganida yutilish eng katta bo’ladigan sohaga hisob qilinadi. Rangli eritmalarda optimum analitik shakl bilan boshlang’ich reagentlarga yutilishlar orasidagi tafovut eng kata bo’ladigan holga mos keladi. Eng qulay sharoitda yutish maksimal bo’lganida rN ning kichik o’zgarishlari eritmaning nur yutishiga amalda ta‘sir etmaydi. Fotometrlanuvchi eritmaning rN qiymati tegishli bufer eritmalardan yoki yetarli miqdordagi kislota yoki ishqorlardan foydalanib bir xilda saqlab turiladi.
Qo’shiladigan analitik reagentning miqdori ma‘lum kontsentratsiya oralig’idagi aniqlanuvchi moddaning hammasini analitik shaklga o’tqazish uchun yetarli bo’lishi kerak. Reagentning optimal kontsentratsiyasi aniqlanuvchi moddaning analitik shaklga to’liq o’tkazilishiga mos keladi. Reagentni yana qo’shish reaktsiya mahsuloti unumini oshirmaydi va eritmaning yorug’lik yutishini ko’paytirmaydi.
Fotometrlanuvchi eritma tekshiriluvchi kontsentratsiyalarning barcha oralig’ida chin eritmaligicha qolishi kerak. Agar bu shartni bajarib bo’lmasa pastroq kontsentratsiyalar ishlatish yoki qattiq faza hosil bo’lishiga halaqit beruvchi himoyalovchi kolloidlardan foydalanish zarur. Ba‘zan butun fotometrik aniqlash sxemasini o’zgartirishga to’g’ri keladi.