Buxoro davlat universiteti islom tarixi va manbashunosligi, falsafa



Yüklə 355,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü355,37 Kb.
#169346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12822 1 2B9A8D425BEBE9ADABBB4FB970307ED79A5F1B2E

Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish 
Fannning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi 
o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda 
o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va 
ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga 
xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot 
manbalarini ko‘rsatishlozim. 
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv 
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch 
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, 
adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o‘qituvchidan 
maslahatlar oladilar. 
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan matn kafedrada 
himoya qilinadi. 
Referat tayyorlash 
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari qobiliyati va bilim 
darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. 
Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan 
(monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma’lumotlar, 
elektron kutubxona materiallar va h.k.) foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, 
tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga 
harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi. 
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. 
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash 
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun 
yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, 
maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) 
tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum 



ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va 
mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu 
bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin. 
Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda 
tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.

Yüklə 355,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin