13
Prezentatsiya, mustaqil ish, ilmiy maqola ravon tilda aniq yozilgan bo‘lishi
va jalb etadigan ko‘rinishga ega bo‘lmog‘i lozim. So‘zlar qisqartirilishiga,
faqat
umumiy
qabul
qilinganlardan
tashqari,
shuningdek,
xatoliklarga,
tushunarsizliklarga, stilistik tafovutlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Prezentatsiya, mustaqil ish, ilmiy maqola ilmiy
rahbarga taqdim etilishi
holatida barcha taraflama maksimal darajada me’yoriga etkazilgan bo‘lmog‘i
lozim.
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan mustaqil ish kompyuterda 14-shrift, 1,5 interval
oralig‘ida A4 shaklidagi qog‘ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm, o‘ngdan – 1,5
sm, yuqori va pastidan – 2 sm dan kam bo‘lmagan
hoshiya qoldirilgan holda
terilishi talab etiladi.
Matn sahifalari tartib raqamlariga ega bo‘lishi lozim. Tartib raqamlari bir varaqdan
ikkinchi varaqqa o‘tadigan va 3 betdan boshlanishi (birinchi va ikkinchi varaq - bu
titul varag‘i va ish rejasi bo‘lib, nomerlanmaydi) lozim bo‘ladi. Varaq tartib raqami
yuqoriga o‘rtadan yoki o‘ng tomonga qo‘yiladi.
Mustaqil ishning hajmi 16-20 betdan oshmasligi lozim. Mustaqil ish
quyidagilardan:
1)
Titul varag‘i;
2)
har bir savol, savolcha (qism) varag‘i tartib raqami ko‘rsatilgan ish rejasi;
3)
kirish, tartib raqami qo‘yilmaydi;
4)
manbalarga havolalar keltirilgan savol va savolchalarga (qismlarga)
bo‘lingan matn ifodasi;
5)
xulosa, tartib raqami qo‘yilmaydi;
6)
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
7)
jadval,
diagramma, grafik, rasm va sxemalardan tashkil topgan ilovadan
tashkil topadi.
Ilovalar qat’iy ketma-ket tikiladi.
Dostları ilə paylaş: