Buxoro davlat universiteti islom tarixi va manbashunosligi, falsafa


Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash



Yüklə 355,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü355,37 Kb.
#169346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12822 1 2B9A8D425BEBE9ADABBB4FB970307ED79A5F1B2E

Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash 
Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil 
bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish 
topshirladi. 
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar uni tuzish 
qonun-qoidalar, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, turli savollar tuzishda 
mavzuning munozarali momentlarini qanday qilish lozimligi, topshiriqlarni tuzish 
usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 
Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilganligi va talablarga 
javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlanishi, aniqlashtirish yoki 
to‘ldirish taklif etilishi mumkin). 
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash 
Talaba biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham 
mumkin (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirishi 
mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, 
maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalardan mavzuga tegishli 
materiallar to‘playdi, tahlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy 
tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar 
kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan 
hamokorlikda ishlaydi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada 
himoya qilinadi. 
Amaliy mazmundagi nostandart masalalar echish va ijodiy ishlash 
Bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan
nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlarga yondashish talab qilinadigan 
ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. 
Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va 
ishlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, ilmiy xarakterdagi topshiriqlar 
berish, o‘qituvchi bilan hamkorlik ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirishi 
mumkin. 
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda: 
-
tizimli yondashish; 
-
barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish vauzviylashtirish; 
-
bajarilishi ustida qat’iy nazorato‘rnatish; 


10 
-
tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur; 
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi 
talablar bajarilishi lozim: 
-
maqsad (bilimini mustahkamlash yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish, 
amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish h.k.) aniqasoslanishi; 
-
vazifa va topshiriqlarning aniq ravshanbelgilanishi; 
-
topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada 
xabardorbo‘lishi; 
-
maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va 
ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli 
topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli 
momentlarni birgalikda hal qilish vah.k.); 
-
hisobot shakli va baholash mezonini aniqbelgilash; 
-
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, 
laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus 
ajratilgan vaqt, ma’ruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat 
ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, 
savollar, maqola, ko‘rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan 
ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish 
vah.k.). 

Yüklə 355,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin