Buxoro davlat universiteti islom tarixi va manbashunosligi, falsafa



Yüklə 355,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü355,37 Kb.
#169346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12822 1 2B9A8D425BEBE9ADABBB4FB970307ED79A5F1B2E

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
 
Talabalarni mustaqil ta’limini tashkil etish va 
nazorat qilish bo‘yicha 
YO‘RIQNOMA 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da chuqur nazariy va amaliy bilimlar 
bilan bir qatorda tanlangan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z 
bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy 
yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez 
moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida 
belgilanadi. 
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib 
borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari 
paytida talabalarga etkazish qiyin. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning 
asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, 
mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga 
qiziqish paydo bo‘ladi. 
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil 
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart- sharoitlarni yaratish, dars 
mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga 
o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma 
berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Talaba mustaqil ishi (TMI) – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan 
bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan 
o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida 
o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. 
O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar 
bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining ta’limning navbatdagi turi – 
oliy ta’lim talabalarga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida 
o‘z mustaqil faoliyatlarini tashkilqilishni 
deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni 
tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini 
aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va 



jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng 
asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo‘lishmaydi. 
Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va 
aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-
bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borish lozim bo‘ladi. 
Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning 
kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning 
tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shundan mustaqil ta’limga 
ko‘nikma boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni 
bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zurur 
deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga 
o‘rganib boradi. 
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar 
e’tiborga olinishi lozim: 
-
o‘qish; 
-
muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik 
darajasi; 
-
talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi 
(tayanchbilimi); 
-
fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; 
-
talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi; 
-
mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi
qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq 
ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni 
bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni 
bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‘rgatib borish kerakbo‘ladi. 
TMIni tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va 
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: 

fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilanishlash; 

amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib 
kelish; 

ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash; 

kurs ishi (loyihalari)nibajarish; 

bitiruv 
malakaviy 
ishi 
va magistrlik 
dissertatsiyasi
uchun materiallar to‘plash; 

hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 

maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 

amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali 



savollar va topshiriqlartayyorlash; 

ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; 

amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiyishlash; 

uy vazifalarini bajarish vaboshqalar; 
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun 
boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi 
topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. 
Topshiriqlar puxta o‘ylab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, 
chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak. 

Yüklə 355,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin