Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Oʻquvchilar nutqini oʻstirishning boshqa oʻquv



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Oʻquvchilar nutqini oʻstirishning boshqa oʻquv 
predmetlari bilan bogʻliqligi


16 
oʻrganish va oʻqish darslarida oʻquvchilar bajaradigan soʻz birikmasi, 
gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni 
egallashda ularga yordam beradi. 
Grammatika va toʻgʻri yozuv darslarida tilni maxsus oʻrganish 
bilan bolalar alohida tovush, boʻgʻin, soʻz va gaplarni eshitishga va 
aytishga oʻrganadilar. Ular narsa, harakat, belgi bildirgan koʻpgina 
soʻzlarni, shuningdek, tovush, harf, boʻgʻin, soʻz, asos, qoʻshimcha, 
soʻz turkumi, ot, sifat, fe’l, son, olmosh, bogʻlovchi, gap, gap 
boʻlagi, darak gap, soʻroq gap, his-hayajon gap singari juda koʻp yangi 
atamalarni bilib oladilar. 
Boshlangʻich sinflardagi boshqa darslarda ham oʻquvchilar nutqi 
xilma-xil soʻzlar bilan boyitiladi. Kuzatish va turli koʻrgazmali qurollar 
bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi 
hisoblanadi. 
Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda 
koʻp soʻz va atamalar bilan oʻz nutqlarini boyitadilar, sodda va qoʻshma 
gap tuzishga oʻrganadilar. Masala yechish jarayonida esa ular shu 
vaqtgacha oʻz nutqlarida ishlatib kelgan 
boʻladi, qoladi, hosil boʻladi, 
teng 
kabi soʻzlarning yangi ma’nosini bilib oladilar. 
Oʻquvchilar tabiiy fanlar darslarida va ekskursiya vaqtida koʻrgan 
narsalarini oʻqituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni oʻzaro taqqoslab, 
oʻxshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, oʻz navbatida, 
tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va 
tafakkurni oʻstiradi. Tabiat hodisalari va predmetlarni idrok etish bilan 
bolalar ongida tabiiy fanlarga oid tushunchalar hosil boʻladi. Bu 
tushunchalar ta’lim jarayonida yo narsalarni (
daraxt, olma, shaftoli, 
oʻrik, olxoʻri, gul, oʻt 
kabi), yo ularning belgisini (
mevali, mevasiz; 
achchiq, nordon, shirin; qizil, oq 
kabi), yo harakatini (
daraxt oʻsadi, 
qush uchadi, bulbul sayraydi 
kabi) ifodalovchi soʻzlar bilan bogʻlanadi. 
Texnologiya va tasviriy san’at darslari ham, jismoniy tarbiya va 
musiqa darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashgʻulotlarda 
ham oʻquvchilar nutqi va tafakkurini oʻstirishga alohida ahamiyat 
qaratish zarur. 


17 
Oʻquvchilar nutqini oʻstirishda oʻqituvchining nutq madaniyati 
katta ahamiyatga ega. Oʻqituvchi barcha darslarda, sinfdan va 
maktabdan tashqari mashgʻulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy 
til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli soʻzlashi, 
shuningdek, har doim oʻquvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat 
va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u 
bolalarni ifodali soʻzlashga, xatosiz, chiroyli yozishga oʻrgatadi, tilga 
sezgirlikni uygʻotadi. 
Bizga ma’lumki, 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab maktablarda 
“Ona tili” va “Oʻqish” fanlari birlashtirilib, “Ona tili va oʻqish 
savodxonligi” fani joriy etildi.
“Ona tili” va “Oʻqish” fanlari koʻproq grammatika qoidalarini 
yodlashga qaratilgan va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirmasligi, 
natijada oʻquvchilarda fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilish va savod 
bilan bogʻliq muammolarni yuzaga keltirib chiqardi. Ona tili va oʻqish 
savodxonligi fanida matnni oʻqish, uning asosida mashq va 
topshiriqlarni bajarish orqali oʻquvchida oʻqish koʻnikmasi rivojlanib, 
ona tiliga doir shakllanadi.
Milliy oʻquv dasturida asosiy vazifa qilib oʻquvchilarda oʻqib va 
tinglab tushunish, fikrni bayon etish, yozish koʻnikmalarini 
rivojlantirish belgilangan. Respublikamiz yaqin kunlarda ishtirok 
etadigan PIRLS, PISA baholash dasturlarida boshlangʻich sinf 
oʻquvchilarining savodxonligi mazkur mezonlar asosida baholanadi. 
Shuning uchun ham boshlangʻich sinf oʻquvchilarida nutqiy 
kompetensiyalarni shakllantirish lozimligi belgilab berilgan. Milliy 
dasturga koʻra nutqiy kompetensiya quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
ogʻzaki nutq, yozma nutq, anglash (oʻqish va tushunish, tinglab 
tushunish. Biz quyida 1-4-sinflarda oʻquvchilarda shakllanadigan 
nutqiy kompetensiya elementlarini koʻrib chiqamiz. 



Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin