13
hodisa haqida fikr yuritish, fikrni bayon qilish uchun mos soʻz tanlashi,
fikrni nutq orqali ifodalashi kabi murakkab
jarayonni boshqarishning
eng qulay yoʻli, usulini tanlay bilishni talab etadi.
Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til – bu fonetik, leksik va
grammatik vositalar tizimidir, odam nutqi tushunarli va ma’noli
boʻlishi uchun nutq a’zolarining harakatlari aniq va toʻgʻri boʻlishi
kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini
tushunish uchun nutq
apparatining tuzilishini yaxshi bilish zarur.
Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (soʻz, soʻz
birikmasi,
gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq oʻzaro aloqa va xabar, oʻz
fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini
bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim
vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Oʻquvchi
uchun esa nutq
maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
Agar oʻquvchi va uning tildan bajargan ishlari koʻzda tutilsa, nutq
oʻstirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lugʻati, sintaktik
qurilishini, bogʻlanishli nutqni) faol amaliy oʻzlashtirish tushuniladi.
Agar oʻqituvchi koʻzda tutilsa, nutq oʻstirish deganda, oʻquvchilarning
tilning talaffuzi, lugʻati, sintaktik qurilishi va bogʻlanishli nutqni faol
egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qoʻllash
tushuniladi. Shuning uchun ham Milliy oʻquv dasturiga koʻra
oʻquvchilarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishga e’tibor beriladi va
sinflar kesimida amalga oshiriladi.
Nutq
faoliyati uchun, shuningdek, oʻquvchilar nutqini oʻstirish
uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
1.
Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab boʻlishi kerak.
Oʻquvchilar nutqini oʻstirishning metodik talabi oʻquvchi oʻz fikrini,
nimanidir ogʻzaki yoki yozma bayon qilish
xohishini va zaruriyatini
yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2.
Har qanday nutqning mazmuni, materiali boʻlishi lozim. Bu
material qanchalik toʻliq, boy, qimmatli boʻlsa,
uning bayoni
shunchalik mazmunli boʻladi. Shunday ekan, oʻquvchilar
nutqini
oʻstirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida
boʻlib, oʻquvchi nutqi mazmunli boʻlishi uchun gʻamxoʻrlik qilish
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: