Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Nutq bir qancha xususiyatlarga ega



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Nutq bir qancha xususiyatlarga ega
Nutq qachon paydo boʻlgan?
Bola nutqi qanday rivojlanadi?



toʻgʻri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, toʻgʻri nutq 
muhiti va ta’lim-tarbiyaga bogʻliq. 
Nutq tugʻma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning 
jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. 
Oʻqituvchi bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilishi zarur. 
Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni oʻz 
vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak boʻladi. 
G.L.Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga 
ajratadi: 
1)
tayyorlov davri (2 yoshgacha); 
2)
nutqning mustaqil shakllanish davri. 
A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga boʻlib 
koʻrsatadi: 
1)
tayyorgarlik davri – bola tugʻilgandan bir yoshgacha; 
2)
bogʻchagacha boʻlgan davr – 3 yoshgacha; 
3)
maktabgacha boʻlgan davr – 7 yoshgacha; 
4)
maktab davri. 
Bola tugʻilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz 
qichqiriq va yigʻidan iborat boʻladi. Toʻgʻri, bu ovoz odam nutqidan 
uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yigʻi nutq apparatining 3 boʻlimini 
(nafas olish, ovoz hosil boʻlish, artikulyatsion) rivojlanishida katta rol 
oʻynaydi. 
Ikki hafta oʻtgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor 
bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qoʻshiq (alla) 
ostida tinchlantirish mumkin boʻlib qoladi. Tez kunda bola 
intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi
keskin intonatsiyaga yigʻlaydi. 
2 oylik atrofida 
gu-gulash,
3-oyning boshida boʻgʻinlarning 
talaffuzi paydo boʻladi 
(aga-aga, ta-ta, ba-ba 
va boshqalar). Bunda 
tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. 
Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari 
artikulyatsion harakatini koʻrib unga taqlid qilishga harakat qiladi. 
Bolaning qandaydir aniq harakatlarni koʻp marotaba takrorlashi harakat 
koʻnikmasining mustahkamlanishiga olib keladi. 
6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi boʻgʻinlarni 
talaffuz eta boshlaydi (
na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa 
va 
boshqalar). 
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok 



qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bogʻlaydi 
(bu, 
ma, bey). 
Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil boʻgʻinlarni qaytara 
boshlaydi. 
10-11 oyligida soʻzlarning oʻziga reaksiya paydo boʻla boshlaydi 
(vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar). 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin