Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

1) soʻz ustida 
ishlash; 2) soʻz birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bogʻlanishli nutq 
ustida ishlash. 
Soʻz, soʻz birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza 
boʻlib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), 
morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bogʻlanishli nutq esa mantiqqa, 
adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga 
asoslanadi.
 
Koʻrsatilgan uch yoʻnalish parallel olib boriladi: lugʻat ishi gap 


15 
uchun material beradi; soʻz, soʻz birikmasi va gap ustida ishlash 
bogʻlanishli nutqqa tayyorlaydi. Oʻz navbatida, bogʻlanishli hikoya va 
insho lugʻatni boyitish vositasi boʻlib xizmat qiladi. 
Oʻquvchilar nutqini oʻstirish oʻz metodik vositalariga ega, oʻzining 
mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bogʻlanishli nutq mashqlari 
hisoblanadi. 
Nutq oʻstirishda izchillik toʻrt shartni, ya’ni mashqlarning 
izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy 
maqsadga boʻysundirish koʻnikmasini amalga oshirish bilan 
ta’minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bogʻlanadi va 
keyingisiga oʻquvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga boʻysungan 
holda yana qandaydir yangilik qoʻshadi. 
Maktabda oʻquvchilar nutqini oʻstirishga ona tili oʻqitishning 
asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq oʻstirish faqat ona tili va oʻqish 
darslarininggina emas, balki oʻquv rejasidagi barcha fanlar (tabiiy 
fanlar, matematika, texnologiya, tasviriy san’at, musiqa darslari)ning, 
shuningdek, sinfdan tashqari oʻtkaziladigan tadbirlarning ham 
vazifasidir. 
 
Oʻquvchilar nutqini oʻstirish boshqa oʻquv predmetlaridan 
oʻtkaziladigan mashgʻulotlar bilan ham uzviy ravishda bogʻlanadi. Ona 
tili darslarida oʻquvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida 
bilim oladilar; ular kuzatishni, oʻylashni va koʻrganlari, eshitganlari, 
oʻqiganlari haqida toʻgʻri bayon qilishni oʻrganadilar. Ona tili darslari 
bolalar lugʻatini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni toʻgʻri 
tuzishni oʻrgatadi. 
Oʻqish darsi va u bilan bogʻliq holda olib boriladigan kuzatish, 
ekskursiya oʻquvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati 
haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida 
bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va 
oʻstirishga keng imkoniyat mavjud. She’r, maqolalarni oʻqish, 
oʻqilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat 
hodisalarini kuzatish vaqtida koʻrganlarini hikoya qilish oʻquvchilar 
ogʻzaki nutqini oʻstirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma 
nutqni oʻstirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Grammatikani 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin