Uslubiy ko’rsatmalar: «Erkin» yugurishni ahamiyatini tushuntirish.
8 – vazifa: Burilishdan keyin yo’lakni to’g’ri qismiga chiqishga, to’g’ri yugurishga o’rgatish
Vositalari:
1. Ko’rsatish va tushuntirish.
2. Burilishlarni oxirgi choragida tezlanish bilan, to’g’ri yo’lakka chiqishdagi yugurish inersiyasi bilan almashtirib yugurish.
3. Inersiya bilan yugurishdan keyin tezlikni oshirish.
4. Burilishdan keyin yo’lakni to’g’ri qismiga o’tishda (yo’lakdagi hamma burilishni katta tezlikda o’tgandan keyin) erkin yugurish.
Uslubiy ko’rsatmalar: Yugurish texnikasi asosiy elementlarini o’zlashtirishdan keyin, doimiy ravishda uni unsunlarini aniqlash uchun ishlash va to’g’ri malakani takomillashtirish.
9 – vazifa: Marra chizig’iga tashlanishni o’rgatish.
Vositalari:
1. Ko’rsatish va tushuntirish.
2. Yurish va yugurishda qo’llarni orqaga olib oldinga engashishga o’rgatish.
3. Sekin va tez yugurishda qo’llarni orqaga olib lentaga qarab oldinga engashishni bajarish.
4. Sekin, tez yugurishda elkani lentaga qaratib burish bilan oldinga engashishni bajarish.
Dostları ilə paylaş: |