1.5. QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI O’G’IL BOLLALARNING MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIGINING
HUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI
Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratni shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishida nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez – tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ulotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilarni organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi riakstiyasi) ob’ektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar)ning shug’ullanuvchilar organizmining funkstional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.
V.N.Platonovning (1986) fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog’lig’ini (sportchini ham) shakillantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Albatta, “Katta” sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining o’ziga hos va o’ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko’proq tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati etakchi rolni o’ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatnig muayyan sport vaziyatida ozmi – ko’pmi, lekin muhim “ulushi” mavjud bo’ladi.
Sport sohasiga oid ilmiy – uslubiy adabiyotlarda ushbu muammoga alohida e’tibor qaratilgan ( G.S.Tumanyan, 1985; A.N.Lenst, 1964; N.N.Srokin, 1969; A.P.Kupstov, 1978; V.S.Daxnovskiy, 1991);
So’ngi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o’rni, jumladan jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog’liqligi hamda ularni sport mahoratiga bo’lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib bormoqda ( V.M.D’yachkov, 1976; V.M.Zastiorskiy, 1970; Yu.V.Verxoshanskiy, 1988; Platonov, 1986; M.A.Godik, V.P.Filin, 1987; F.A.Kerimov, 2001 va boshqalar).
Sportchilarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan extiyojini oshirish uchun jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tug’diradi ( V.Zastioriskiy, 1979).
Hozirgi jahon sportidagi ko’rsatkichlarni jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashni yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi.
Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sportchilarni sport mahoratini yuksalishi aksariyat hollarda tezkorlik va tezkor-kuch sifatlari bo’yicha belgilanadi. Ushbu sifatlarning rivojlantirish sportchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biridir.
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, musobaqa oldi tayyorgarligi davrida yosh sportchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllanishida muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, sportchilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy musobaqa malakalarini takomillashishida muhim o’rinni egallar ekan.
J. Nurshin, R. Salomov, F. Kerimov (1993)lar malakali sportchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini ko’rsatib o’tganlar. V.S. Daxnovskiy va boshqalar tezkorlik, kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida sportchilarning texnik – taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar.
Tezkorlik, kuch va chidamkorlik sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo’rma – zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoldan holi emasligini takidlab o’tilgan (A.V.Zimkin, 1974; V.M.Zastiorskiy, 1979; G.S.Tumanyan, 1985; V.N.Platonov, 1986; V.P.Filin, 1987; Yu.V.Verxoshanskiy, 1988; boshqalar).
So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir – biriga bog’lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkorlik sifatiga alohida urg’u berish maqsadga muvofiqdir.
Qisqa masofaga yugurish turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkorlik sifati hal qiluvchi muhim man’ba bo’lib hisoblanadi. Darhaqiqat, kuzatuv natijalariga ko’ra Jahon, Olimpiya, Evropa, Osiyo, va boshqa xalqaro musobaqalarda g’alabaga erishishgan aksariyat engil atletikachi spirintlar yuksak darajada rivojlangan tezkorlik va tezkor – kuch qobiliyatiga ega bo’lganlar.
Sportchilar tayyorlashda va texnik mahoratni shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir. Yuqori darajada rivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan sportchi texnik malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo’ladi.
Egiluvchanlik asta – sekin, uzoq muddatli mashg’ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg’ulotlar biroz to’xtatib qo’yilsa bu sifat keskin yuqolib ketishi yoki susayishi mumkin. Egiluvchanlik sifatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo’g’imlarni cho’zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin – asta muntazam qo’llash kerak bo’ladi. Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish extiyotkorlikni talab qiladi. Zo’rma – zo’raki yoki keskin tarzda qo’llangan mashqlar mushak, pay, bo’g’imlarni shikastlanishiga, hatto og’ir jarohatlarga olib kelishi mumkin (V.N.Platonov, 1986).
Malakali sportchilarni tayyorlashda, bundan tashqari chaqqonlik va kuch sifatlarini rivojlantirish ham alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlab o’tish joizki, o’quv – mashg’ulot jarayonida barcha jismoniy sifatlarni garmonik ravishda rivojlantirish mahoratli sportchilarni tayyorlash garovidir.
Aynan shu sifatlar aksariyat musobaqa malakalarining samarali bajarilishiga ta’sir ko’rsatadi.
Shuning uchun sport tayyorgarligi jarayonida tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlariga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ushbu sifatlarning etarli darajada rivojlangan bo’lishi sport mahoratining samarali shakllanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, bu sifatlar sport maxoratini tez va mukammal o’sishi uchun eng zarur poydevordir.
V.V.Kuznistovning ta’kidlashicha, tezkorlik va tezkor – kuch sifatlarini oshirish uchun maxsus usul va uslublardan kelib chiqqan holda sportchilarda nerv koordinastiyasi aloqalarni tarbiyalash yuqori natijalarga erishishdir.
R.A.Piloyanni fikriga ko’ra, 8 – 9 yoshli bolalarda tezkor – kuch va chaqqonlik sifatlarini o’sishi kuzatiladi, tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 11 – 12 yoshli bolalar mashg’ulotida tezkor – kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmini ko’paytirish tavsiya etiladi, 13 – 14 yoshda tezkorlik, chidamkorlik, 14 –15 yoshda – egiluvchanlik va tezkor – kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrni V.F.Bashkirov (1987), V.P.Filin (1987) lar ham qo’llab quvvatlagan.
Jismoniy sifatlarni texnik mahoratga va musobaqa jarayoniga chambarchas bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Mazkur olimning fikricha, jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo’lsa sport mahorati shunchalik mukammal o’sib boradi.
Dostları ilə paylaş: |