Buxoro davlat universiteti


III BOB. TADQIQOT NATIJALARI



Yüklə 337,03 Kb.
səhifə43/47
tarix02.01.2022
ölçüsü337,03 Kb.
#44807
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
(boshlang’ich tayyorgarlik qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

III BOB. TADQIQOT NATIJALARI
3.1. YOSH SPRINTERLARDA TEZKORLIK SIFATLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH
Tezkorlikni rivojlantirish - Harakatlarni tez bajara olish engil atletikachining muhim fazilatlaridan biridir. Tezkorlik sakrovchining depsinish, uloqtiruvchilarning siltanish, sprinterning yugurishi uchun zarur bo’libgina qolmay, balki tezkorlik bosh fazilat hisoblanmagan atletikalarga ham zarurdir. Yuqori darajadagi tezkorlik tezligi kam harakatlarni osonroq bajarishga imkon beradi.

Sportchining harakat tezligini uning muskul kuchini oshirish yo’li bilan ancha yaxshilash mumkin.

Tezkorlikni oshirish uchun, engil atletika turida to’la mashq qilishning foydasi ko’proq. Ularni ham, maxsus mashqlardagi kabi, shu paytda turg’unlashgan chegara yaqin tezlikda va engillashtirilgan sharoitda esa undan ham tezroq takrorlash kerak.

Dam olish intervali ishga tayyor bo’lish vaqtiga qarab, sub’ektiv yo’li bilan konkret aniqlanadi.

Katta tezlik talab qiladigan mashqlarni tez-tez trenirovka qilish ma’quldir. Bir mashg’ulotdagi nagruzka sportchi keyingi mashg’ulotgacha to’liq dam ola biladigan va trenirovka ishini yana samarali bajara oladigan darajadan ortib ketmasligi kerak.

Mashg’ulot jarayoni–bu boshqariluvchi tizim bo’lib, unda boshqaruv g’oyalarini yuzaga chiqarish teskari aloqalar yordamida amalga oshiriladi. Pedagogik nazorat ma’lumotlari asosida mashg’ulot dasturiga zarur o’zgartirishlar kiritiladi. Pedagogik nazorat bosqichli, joriy va tezkor nazoratga ajratiladi. Engil atletikada jismoniy rivojlanish va texnikaning takomillashuvi ustidan nazorat olib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

«Nazorat» atamasi muayayn tushuncha hosil qilishiga qaramasdan, jismoniy tarbiya jarayonida mazkur tushuncha bir ma’noda ta’riflanmaydi. Ko’p yillar davomida jismoniy tarbiya mutaxassisining nazorat qilish funkstiyalari shug’ullanuvchining o’zlashtirishi hamda jismoniy holatini nazorat qilish bilan cheklanadi, degan tasavvur ustun bo’lgan.

Sportchining jismoniy tayyorgarligini baholash uchun bir qator mutaxaassislar turli xil testlarni taklif qilganlar, jumladan, ular orasida sportchining asab–mushak apparati fiziologik xususiyatlarini qayd qilish testlari mavjud. Ushbu holda asab –mushak apparati tizimi shuni aks ettiruvchi testlarning foydasi hamda qimmatini rad qilib bo’lmaydi. Mualliflarning fikricha, sportchilarning eng yaxshi natijalarini bevosita mashg’ulot mashqlarni bajarish jarayonida hisobga olishni ko’zda tutadigan pedagogik nazorat uslubi eng amaliy va qulay hisoblanadi. Bunday mashg’ulot mashqlari organizm harakat funkstiyalarining ma’lum bir jismoniy sifatga maksimal talablar qo’yadi. Bunda quyidagi shartga amal qilinishi lozim, ya’ni nazorat mashqlari texnik jihatdan ortiqcha murakkab bo’lmasligi lozim.

Biz tomonimizdan tahlil qilingan ilmiy va uslubiy adabiyotlarda ko’p miqdorda nazorat mashqlari keltiriladi. Ulardan engil atletikachining jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun foydalanish mumkin.

Ular orasida sakrash va yugurish mashqlari, shuningdek, uloqtirish mashqlari bor. Tadqiqotchilarni tavsiyasiga ko’ra ko’pincha quyidagi mashqlar qo’llaniladi: o’rta masofalarga yuguruvchi engil atletikachilarning aynan mos keladigan ya’ni tezkorligini oshirish uchun 300 m,600 m ,tezlikka bo’lgan chidamliligini oshirish uchun 1000 m va maxsus chidamliligini oshirish uchun 2000 m.ga yugurishlar, shuningdek koordinastion kuchini tekshirish uchun sakrashlar (joyidan turib sakrash va joyidan turib uch hatlab sakrash) maxsus tayyorgarligini o’rganishda qo’llanildi.

Ushbu mashqlardagi ko’rsatkichlar sport natijalari bilan yuqoriroq darajadagi bog’liklikka ega. Tezkorlik va tezkor kuch sifatlarni sport turiga qarab yordamida baholash qabul qilingan.

O’quvchilarni tezkorlikni rivojlantirish va sprintchi yugirish texnikasini bilib olish uchun, turgan joyda va turib bajariladigan maxsus mashqlar ijro etiladi.

Turgan joydagi mashqlarda sprinchining yugurishdagi xarakatlariga taqlid qilinadi; joyda turib ijro etiladigan mashqlar esa yuugurish xarakteridagi mashqlar bo’ladi. Mashqlar maksimal tez sur’atda, lekin bemalol bajariladi.

Bunday mashqlar muskullarni kuchaytirishdan xam ko’proq, tegishli asab jarayonlarini takomillashtirish, xarakat koordinastiyasini yaxshilag, etuk harakat qilish shaklini bilib olish xisobiga tezkorlikni rivoj toptiradi.

Shuning uchun talablar xam mashqlarni juda yaxshi ijro eta olmaydigan dastlabki paytlarda, bu mashqlarni tez ijro etishga ularni mashqlarni tez ijro etish keyinchalik borib asosiy vazifa bo’lib qoladi.

Tezkorlikni o’stirsh uchun joyda turib ijro etiladigan mashqlardan eng ko’p tarkalgan quyidagilardir:



  1. turgan joyda tizzani yuqori ko’tarib yugurish;

  2. turgan joyda qo’llarni barerga tirgan xolda tizzani yuqori ko’tarib yugurish;

  3. chalqancha yotib, oyoqlarni yuqori ko’targan xolda yugurishga o’xshatib harakat qilish;

  4. bir oyoqda turib, ikkinchi oyoqni yugurishdagidek sonni oldinga – yuqoriga, keyin pastga – orqaga oshib borish (tazza oldinga chiqadi), keyin oyoq orqada bukuladi. Silkinch oyoqni orqaga tortayotganda, oyoq tagini shiddat bilan tez erga tekkaziladi.


Yüklə 337,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin