II Bob. TADQIQOT MAQSADI, VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI TASHKIL QILISH Ushbu ish 13-14 yoshli bolalarning tezkorlik sifatlarini samarali shakllantirish yo’llarini izlab topish va ularni amalda sinab ko’rish masalalariga bag’ishlangan. Buning uchun alohida yo’naltirilgan pedagogik tadqiqot o’tkazish rejasi va dasturi tuzildi.
2.1. TADQIQOTNING ASOSIY VAZIFALARI 1) Tezkorlik sifatlarini rivojlantiruvchi vositalarni qo’llashda ularning shiddatini va miqdorini optimallashtirish;
2) 13-14 yoshli yosh sportchilarni tezkorlik sifatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash;
3) 13-14 yoshli yosh sportchilarni tezkorlik sifatlarini maxsus mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini baholash.