3.2. TADQIQOTNI TASHKIL ETISH VA NATIJALARNI TAHLIL QILISH
Yosh sportchilarni xar tomonlama jismoniy rivojlanishida albatta eng avallo jismoniy sifatlarni rivojlantirish orqali erishiladi. Sportchilarni jismoniy rivojlantirishda mashg’ulotlarni shug’illanuvchilarni yoshiga, jismoniy tayyorgarligiga qarab yuklamalarni rejalashtiriladi.
Yosh sportchilarni asosiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda jismoniy sifatlarni rivojlantirish eng avvalo sportchining xar tomonlama maxsus jismoniy rivojlanish protsessidir. Shunga binoan jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgalikka va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik engil atletikachining gormonik rivojlanishi, ya’ni xarakat muskulaturasini rivojlantirish, organizm organlari va sistemalarini mustaxkamlash, ularning funkstional imkoniyatlarini ortirish, boshqara olish qobiliyatini yaxshilash, kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni oshirish, qomat va tana tuzilishidagi kamchiliklarni tuzatish nazarda tutiladi.
Bunga erishish uchun turli xil xarakat faoliyatiga katnashuvchi organizm organlari va sistemalari bilan xamma tana qismlariga ta’sir etib turish zarur.
Buning uchun esa yuqorida zikr etilgan uch gruppadagi mashqlardan, ayniqsa, umumiy rivojlanishga mo’ljalangan mashqlardan xar xillarini ishlatish kerak.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik engil atletkaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab, sportchi organizmining xamma funkstional imkoniyatlarini, xamma organlar va sistemalarini yuqori darajada rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun, tabiyki tanlab olingan engil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlardan foydalaniladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko’pincha umumiy ta’sir ko’rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq maqsadga yo’naltirilgan mashqlardan foydalanildi.
Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikda xam jismoniy rivojlanishi, tana tuzilishi, qomat rasolik va shunga o’xshashlardagi ayrim kamchiliklarni yo’qotish uchun, aniq yo’naltirilgan mashqlar qo’llanadi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchini, tezkorlik, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosan axamiyat o’ynaydi.
Xuddi shu jismoniy fazilatlarda engil atletikachining butun organizmidagi organlar va sistemalar ish qobiliyatiga asoslanib, uning xarakat qilish imkoniyati aks etadi.
Dostları ilə paylaş: |