Yorug’likning tushish, qaytish va sinish burchagini, qavariq linzaning fokus masofasini va optik kuchini o’lchash va aniqlash.
Tajribalar
ni o’tkazish va xulosalar chiqarish
Yorug’lik qaytish burchagining tushish burchagiga bog’liqligiga doir tajribalar, linzada tasvir hosil qilish, shishaning nur sindirish ko’rsatgichini aniqlash, optik asboblar yordamida tajriba o’tkazish va xulosalar chiqarish.
Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish
Yorug’likning qaytish va sinish qonunlari, linza yordamida tasvir yasash, yorug’likka oid olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun masalalar echish, test topshiriqlarni bajarish, lug’at, ilmiy-ommabop adabiyotlar, internet, elektron ishlanma, elektron darsliklar va boshqa axborot vositalaridan foydalanish, yorug’likning qaytish va sinish qonunlari, linza yordamida tasvir yasash, optik asboblar, yorug’likning kimyoviy va biologik ta’siri, fotosintez bo’yicha bilim va ko’nikmalarini kundalik turmushda va texnikada qo’llash. Lupa, ko’zoynak, fotoapparat va proekstion apparatlardan amaliyotda foydalanish.