252
“Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, … ) ortiqcha
metodi
Oʻquvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish koʻnikmalariga ega boʻlishlarida
ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qoʻllash quyidagi harakatlarda amalga
oshiriladi:
— oʻrganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi
tushunchalar tizimini shakllantirish;
— hosil boʻlgan tizimdan mavzuga taalluqli boʻlgan 4 ta (5 ta, 6 ta, … ) va
taalluqli boʻlmagan bitta tushunchaning oʻrin olishiga erishish;
— oʻquvchilarga mavzuga taalluqli boʻlmagan tushunchani aniqlash va uni
tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
— oʻquvchilarni oʻz harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni
mustahkamlash
maqsadida
oʻquvchilardan
tizimda
saqlanib
qolgan
tushunchalarga ham izoh berib oʻtishlari hamda ular oʻrtasidagi mantiqiy bogʻlikni
asoslashlarini talab etish lozim).
Assessment
Ushbu metodning maqsadi ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash,
nazorat qilish, oʻzlashtirish koʻrsatkichi va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishdan
iborat.
Uning tarkibi quyidagicha tuziladi:
•
Tegishli fan boʻyicha oʻtilgan (boʻlim, kurs) yuzasidan 1-2 ta test beriladi.
•
Mavzu boʻyicha ilmiy-nazariy fikrlar, gʻoyalar, ta’riflar tugallanmagan fikr
koʻrinishida beriladi, masalan: …..ga ta’rif bering.
•
Oʻtilgan mavzu asosida aniq hayotiy vaziyat, hodisaga asoslangan muammo
beriladi.
•
Oʻtilgan mavzu mazmunini hayotda ish foaliyatida qoʻllashdagi
koʻnikmalarga tegishli topishiriq beriladi, masalan: …..chizing, hisoblang,
toʻldiring, toping, solishtiring… va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: