554
O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi
namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy
manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu
asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur.
Epik janrga mansub badiiy asarlarni o‘qish o‘tilgan asar yuzasidan suhbat,
viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish, qahramonlarning
xatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, do‘stlik,
mehnatsevarlik, insonparvarlaik g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirib borish
zarur. Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda
o‘qituvchi badiiy asarning san’at asari sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va
o‘quvchilaming tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi. Badiiy asarda barcha
qismlar (g‘oyaviy asos, kompozitsiya, syujet, tasviriy vositalar) o‘zaro bog‘liq
bo‘ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila
boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o‘qish va idrok etishni talab
etadi. O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik
tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda
tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini
tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi.
Asar tahlili o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadiga yo‘naltirishni
taqazo qiladi. Darsda keng muhokama qilingan bunday epik tur namunalari;
hikoya ertak rivoyat namunalari o‘quvchilarning mustaqil kitobxonlikka bo‘lgan
qiziqishi oshishiga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, epik turga mansub asarlarni o‘quvchilar birgalikda
o‘qiydilar hamda mushohada yuritishni o‘rganadilar. O‘quvchilar bevosita
o‘qituvchi rahbarligida epik turga mansub janrining kompozitsion va badiiy
xususiyatlarini, g‘oyaviy-mavzuviy dolzarbligini tushunib oladilar.
Dostları ilə paylaş: