hid, barg, termoq, xushbo‘y
so‘zlari bilan bog‘lang (yalpiz
hidi, yalpiz bargi, yalpiz termoq, xushbo‘y yalpiz).
2-sinfda izohli lug‘at bilan ishlashning vazifasi o‘quvchida lug‘at
maqolasining tuzilishi tushunish, ko‘p ma’noli va shakldosh so‘zlarni ajrata olish
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Shuni qayd qilish kerakki, izohli lug‘at bilan ishlashni ham so‘z darajasida,
ham so‘z birikmasi, gap va matn darajasida tashkil qilish lozim.
Misol uchun, so‘z darajasida ishlaganda so‘z ma’nosini aniqlashtirishga
qara-tilgan topshiriqlarni berish mumkin.
1-topshiriq. Lug‘atdan
randa, ufurmoq, hashamatli
so‘zlarini topib, lug‘at
maqolasiga qarab har birining ma’nosini izohlang.
Izohlai lug‘at bilan ishlashda o‘quvchilarni so‘z ma’nosini izohlashning
turli usullariga o‘rgatish mumkin. Izohli lug‘atda so‘z ma’nosi quyidagi usullarda
izoh
lanadi:
1) jins ma’nosini bildruvchi so‘z va tur belgilarini bildiruvchi so‘zlar
orqali;
548
2) ma’nodosh so‘z keltirish orqali.
Ko‘pchilik so‘zning ma’nosi jins ma’nosini bildruvchi so‘z va tur
belgilarini bildiruvchi so‘zlar orqali izohlanadi. Masalan, beqasam so‘zi lug‘atda
shunday izohlanadi:
Ipakdan to‘qiladigan yo‘l-yo‘l gulli pishiq gazlama
[ 9,19].
Bu izohdagi
gazlama
so‘zi beqasamning qaysi jinsga kirishini,
ipakdan
to‘qiladigan yo‘l-yo‘l gulli pishiq
so‘zlari bu gazlamaning o‘ziga xos belgilarini
anglatadi. Shuning uchun topshiriqlar izohdagi jins ma’nosini bildiruvchi yoki
asosiy, umumlashtiruvchi va tur belgisini bildiruvchi yoki ikkinchi darajali
so‘zlarni aniqlashga qaratilishi lozim. Buning uchun quyidagi topshiriqdan
foydalanish mumkin:
2-topshiriq. So‘zning izohini o‘qing. Izohdagi asosiy va ikkinchi darajali
so‘zlarni topib, tagiga chizing.
Shundan so‘ng mustaqil ravishda so‘z ma’nosini izohlashga o‘rgatishga
o‘tish mumkin. Buning uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin.
3-topshiriq. (O‘quvchilarga ayrim so‘zlar yozdiriladi.) So‘zlarni izohlang.
Izo-hingizdagi asosiy so‘z va ikkinchi darajali belgilarni ayting. Izohingizni
lug‘atdan tekshiring.
4-topshiriq. Lug‘atdan so‘zlarning izohini o‘qing. Namunaga qarab
berilgan so‘zlarning izohini yozing.
a) Obod ‒ ko‘rkam binolar, chiroyli ko‘chalar, bog-u rog‘lar bilan
go‘zallashgan. (Sarishta ‒ ...)
b) Sumalak ‒ undirib yanchilgan bug‘doy va undan tayyorlanadigan
holvaytar-simon ovqat. (Lag‘mon ‒ ...).
d) Do‘l ‒ yumaloq muz holida yog‘adigan yog‘in. (Jala ‒ …).
5-topshiriq. So‘zning ma’nosini ma’nodosh so‘z orqali izohlang.
Yozganingizni lug‘atdan tekshiring. Masalan, armug‘on [9, 11], baxil [9, 16],
betinim [9, 19]. Bunda ma’nodoshi bo‘lgan har qanday so‘zni aytish mumkin.
549
Lug‘at bilan gap darjasida ishlaganda ko‘p ma’noli so‘zlar ishtirok etgan
gaplarni tanlash kerak.
6-topshiriq. Quyida berilgan gaplarni
mol
so‘zi ma’nolarining lug‘atda
berilgan tartibiga ko‘ra yozing.
Mol (lug‘at)
1. Yirik shoxli uy hayvoni. Qoramol.
2. Bisotdagi buyum, boylik.
3. Sotiladigan narsa, buyum, tovar.
Gaplar:
1. Yigit moli yo‘lida. (Maqol)
2. Bu do‘konda oziq-ovqat mollari sotiladi.
3. Nodir mollarga o‘t terib keldi.
7-topshiriq.
O‘lja
so‘zi ishtirokida uning lug‘atda berilgan ma’nolari
tartibiga ko‘ra gaplar tuzing.
O‘lja (lug‘at)
1. Dushman ustidan g‘alaba qilish tufayli qo‘lga kiritilgan narsa.
2. Ovda qo‘lga tushiriladigan, tutib yoki otib olinadigan narsa.
3 ‒ 4-sinflarda o‘quvchilarni lug‘at bilan mustaqil ishlashga o‘rgatuvchi
topshiriqlardan foydalanish lozim. Shunday topshiriqlarga misollar:
1-topshiriq. (3-sinf “O‘qish kitobi” darsligi[11]dagi “Mehrjon sayli”
matniga) Matnni o‘qing. O‘zingiz uchun tushunarsiz so‘zlarni yozib oling. Shu
so‘zlarning izohini lug‘atdan topib, daftaringizga ko‘chiring.
Matn quyidagicha:
Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng go‘zal, eng tarovatli bayram
sayillaridan hisoblanadi. Chunki ular xalqchil, hayotiy an’analardir.
Navro‘z bahor kirishi, qishning ayozli kunlaridan uzil-kesil qutulib, yangi
kun, yangicha hayotning boshlanishini nishonlash bayramidir.
550
Mehrjon esa hosil ko‘tarib, qishga tayyorgarlik ko‘rishdir, to‘kin-
sochinlikka shukronalik, hayotga muhabbat ramzidir.
Xalq kuzgi bayram sayilining nomini “Mehrjon” deb bilib qo‘ygan. U
dehqon yil bo‘yi qilgan mehnatining lazzatini totib ko‘rayotgan paytda – 25-
sentabrga o‘tar kechasi nishonlanadi.
Abu Rayhon Beruniy so‘zi bilan aytganda, Quyosh va Oy falakning ikki
ko‘zi bo‘lganidek, Navro‘z bilan Mehrjon ham zaminning ikki ko‘zidir.
O‘quvchilar matndagi taxminan quyidagi so‘zlarni yozib olib, izohli lug‘at
orqali ma’nosini bilib oladi:
tarovatli, sayil, xalqchil, hayotiy, an’ana, uzil-kesil,
shukronalik, falak, zamin.
Bunday topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchida izohli lu‘g‘at bilan
mustaqil ishlash ko‘nikmasi shakllanadi.
Izohli lug‘atdan faqat so‘z ma’nosini aniqlash emas, o‘quvchi lug‘atini
faollashtirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilarga ma’nosi
izohlangan so‘z ishtirokida so‘z birikmasi va gap tuzdiriladi.
2-topshiriq. (3-sinf “Ona tili” darsligidagi 40-mashqqa)
Ma’naviyat,
ma’rifat, da’vogar, ta’sirchan, ma’murchilik, mas’uliyat, ta’minot, e’tiqod,
ma’yuslanmoq
so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang. Shu
so‘zlardan foydalanib gap tuzing.
Mashqda berilgan mazkur so‘zlar ma’nosini 3-sinf o‘quvchisi bilmaydi. Bu
so‘zlar ustida lug‘at ishi o‘tkazilmasa, ular hatto o‘quvchining nofaol lug‘atiga
ham kirmay qoladi.
3-topshiriq. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 42-mashqqa. Lug‘atdan
foydalanib
qur’on, qo‘rg‘on, mo‘jiza, da’vat, so‘na, mas’ul, me’mor, qit’a, so‘gal,
sa’va, to‘ng‘iz
so‘zlarining ma’nosini izohlang.
Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar:
mustahkam, tabiat, hushyorlik, shaxs, o‘qimoq, bino, olti, g‘adir-budur, mitti,
ovlamoq.
551
Xulosa sifatida quyidagilarni aytish mumkin.
Kuzatishlarimiz ko‘rsatadiki hozirgi kunda boshlang‘ich va yuqori
sinflardagi ona tili va adabiyot darslarida lug‘atlardan foydalanish darajasi juda
past. Bunday hodisaning sabablaridan biri o‘quvchilarda bolalikdan lug‘atdan
foydalanish ehtiyoji va ko‘nikmasi shakllantirilmaganligidir. Shuning uchun
lug‘atlar bilan ishlashni boshlang‘ich sinfdan boshlash lozim.
O‘qituvchilar tajribasini o‘rganish natijasida ona tili darslarida lug‘at ishi
yetakchi o‘rin egallamog‘i lozim degan xulosaga kelish mumkin. Bu ishning
samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq. Yangi texnologiyalardan
foydalanish bolalarning darsga qiziqishini oshiradi. Lug‘at bilan ishlash esa ‒ ona
tilini o‘rgatishdagi yangi texnologiyalardan biri ‒ madaniyatni o‘stirish
texnologiyasidir.
O‘quvchilarda lug‘atning barcha turidan foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Bu shubhasiz ularning madaniy va nutqiy
saviyasini oshiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisida u yoki bu lug‘atga (muammoga bog‘liq
ravishda) murojaat qilish odat tusiga kirsa, lingvistik masalalarni o‘z oldiga
qo‘yib, ularga ongli ravishda javob topishga tayyor bo‘lgan va bu ishni qila
oladigan madaniyatli odamni tarbiyalashga asos yaratildi deb hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |