547
1-sinfda izohli lug‘at bilan ishlashning vazifasi o‘quvchida lug‘atdan
kerakli so‘zni topish va lug‘at maqolasining tuzilishini tushunish (asosan bir
ma’noli so‘z-larda) ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Lug‘at maqolasini topish
va sahifa raqamini aytish musobaqa, o‘yin shaklida amalga oshiriladi.
Bolalarning lug‘at maqolasini o‘zlashtirish jarayoni alohida ahamiyatga
ega. Masalan,
yalpiz
so‘zini o‘rganishda quyidagi savol va topshiriqlardan
foydalanish mumkin:
1. Lug‘atda
yalpiz
so‘zi qanday izohlangan?
2. Izohdan keyin berilgan gaplarni o‘qing. Bu gaplardagi
yalpiz
so‘zining
ma’nosi izohga to‘g‘ri keladimi?
3.
Yalpiz hidi gupurdi
gapining ma’nosini izohlang.
4. Yalpiz so‘zini
Dostları ilə paylaş: