Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar
:
1. Sh.M.Mirziyoev. “Erkin va farovon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz”, Toshkent “O‘zbekiston”-2016. 
2.Abdullaeva Q. Nutq o‘stirish. Toshkent: O‘qituvchi, 1980. 
3.Tarbiya ensiklopediyasi. T; ‘O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2010. 
4.Zunnun Sh.Tasavvuf, Durdonalar xazinasi. Hikoyatlar, masallar, rivoyatlar, 
nasihatlar, hikmatlar, latifalar. T; ‘Sharq”,1999. 
5.Mahmudov R O‘rta Osiyo mutafakkiri axloq-odob haqida. T”:’’Adabiyot va 
san’at”, 1999. 
MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK OʻYINLI 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
Ochilova Laylo Temirovna 
BuxDUPI o‘qituvchisi
Xudoyberganova Laylo 
BuxDUPI talabasi
 
Ta’lim jarayonida o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida 
qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchlarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati 
orqali uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli 
o‘quvchlarning ta’lim olish faoliyati o‘yin 
faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar
deb ataladi. 
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 


565 

o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi; 

o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – 
muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi

shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon 
yaratiladi; 

hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va 
mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; 

o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; 

shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 

insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, 
ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor 
qaratiladi; 

o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda 
tutiladi. 
Didaktik o‘yinli mashgʻulotlarni o‘quvchlarning bilim olish va o‘yin 
faoliyatining uygʻunligiga qarab: sujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, 
ishbilarmonlar o‘yini, konferentsiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. 
O‘qituvchi-pedagog avval o‘quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra 
guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan 
so‘ng esa ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchlar 
didaktik o‘yinli mashgʻulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, 
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o‘rtasida 
hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim. 
Boshlang‘ich ta`limda 
didaktik o‘yin
texnologiyalaridan foydalanish eng 
samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy 
imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini 
aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. 


566 
Didaktik o‘yin texnologiyalari o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy 
fikrlash, 
hisoblash
, o‘lchash, kuzatish, solishtirish, 
xulosa chiqarish
, mustaqil qaror 
qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish va boshqa faoliyat 
turlarini rivojlantirishga qaratadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin