Foydalanilgan adabiyotlar:
555
1. Bakhtiyorovna, Adizova Nigora, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna.
"The role of the fun genre in children's spiritual development." Middle European
Scientific Bulletin 4 (2020): 38-40.
2. Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna.
"Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District." Middle European
Scientific Bulletin 10 (2021).
3. Bakhtiyorovna, Nodira Adizova. "Place Names and Related Concepts
Study." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 14 (2022): 153-
157.
4. Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Nodira Adizova Bakhtiyorovna.
"Linguistic classification of toponyms of bukhara district." Emergent: Journal of
Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 2.09 (2021): 1-7.
5. К. Qosimova va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Т.: Noshir. 2009.
6. S. Matchonov. Adabiyot darslarida tahlil va talqin uyg‘unligi. Til va
adabiyot ta’limi. 7- son, 2020.
8. H. Bakiyeva. 4- sinf o‘qish darslarida adabiy tahlil ko‘nikmalarini
shakllantirish. –T.: Nodirabegim. 2021.
9. S. Matchonov va b. 4-sinflarda o‘qish darslari. –T.: Yangi yo‘l poligraf
servis. 2007.
O‘QUVCHILARDA LUG‘ATLARDAN FOYDALANISH
MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
M.O‘rinova,
BuxDUPI o‘qituvchisi,
Z.Esanova,
BuxDUPI talabasi
Lug‘at imlo savodxonligini oshirish, so‘z boyligini kengaytirishning muhim
manbayi hisoblanadi. Modomiki, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish ona tili
mashg‘ulotlarining asosiy vazifalaridan biri ekan, ularni turli lug‘atlar bilan
556
tanishtirish va bu lug‘atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish juda muhim.
Lug‘atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish ularda ehtiyojni
tarbiyalashdan boshlanadi. Chunki ehtiyoj sezilmasa, o‘quvchi lug‘atga murojaat
qilmaydi. Ma’lum bir so‘zning imlosi, ma’nosi, ma’nodoshi, qarama-qarshi
ma’nosi,
uyadoshini
bilish
zaruriyati
ehtiyojni
vujudga
keltiradi.
O‘quvchilarni ular faoliyatida zarur bo‘ladigan lug‘at turlari bilan tanishtirishga
alohida e’tibor berish kerak. Chunki turli lug‘atlar bilan tanishgan o‘quvchi nimani
qayerdan izlash kerakligini ham yaxshi biladi.
Ma’lumki, keyingi yillarda o‘zbek leksikografiyasi katta muvaffaqiyatlarni
qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, 14 tomlik entsiklopediya lug‘ati, 2 tomlik izohli lug‘at,
imlo lug‘ati morfem lug‘at, frazeologik lug‘at, sinonim so‘zlarning izohli lug‘ati,
antonim so‘zlarning izohli lug‘ati, paremeologik lug‘at, turli sohalarga oid
atamalarning izohli lug‘atlari (masalan, paxtachilik atamalarining izohli lug‘ati,
matematik atamalarning ozohli lug‘ati kabi)ning nashr etilganligi o‘zbek
leksikografiyasining taraqqiyotidan dalolat beradi. Ammo bu lug‘atlarning asosiy
qismi akademik lug‘atlar bo‘lib, ular o‘rta maktab o‘quvchilari uchun ancha
qiyinlik qiladi. Bugungi ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchilar uchun
ixtisoslashtirilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining uyadosh so‘zlar
lug‘ati”, “O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining qarama-
qarshi ma’noli so‘zlar lug‘ati” kabilarga tobora ko‘proq zaruriyat sezmoqda. Bu
hozirgi kunda kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalardan biridir. Keyinchalik
esa bu lug‘atlar sirasi “O‘zbek tilining tovushdosh so‘zlar lug‘ati”, “O‘zbek tilidagi
eskirgan soz’lar lug‘ati”, “O‘zbek tili va adabiyoti: o‘rta maktab o‘quvchilari
uchun ensiklopediya” va hokazolar bilan to‘ldirilishi kerak. Lug‘atlardan tez va
to‘g‘ri foydalanish uchun o‘quvchi zarur malakalarga ega bo‘lishi lozim. Bu
malakalardan eng muhimi alfavit tartibini yaxshi bilishdir. Alifboni yoddan
bilmagan o‘quvchi lug‘atdan zarur so‘zni tez topa olmaydi. Shuning uchun
boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarning alfavit tartibini yaxshi bilishlariga
557
erishish va izchil kursni o‘rganish jarayonida bu borada muntazam ish olib
borishga to‘g‘ri keladi.
Lug‘at bilan ishlash uchun zarur malakalardan yana biri ulardan maqsadga
muvofiq ravishda foydalanishdir. Masalan, sinonimik qatorlar hosil qilish zarur
bo‘lsa, imlo lug‘atiga murojaat etilmaydi. Topshiriqni bajarish uchun qaysi
lug‘atga murojaat etish kerakligini bilgan bola, shubhasiz, undan samarali
foydalana oladi.
Lug‘atlar turli tuman bo‘lgani kabi, ular bilan ushlash usullari ham rang-
barangdir. O‘quvchilarning lug‘at bilan ishlash malakalarini shakllantirish uchun
muayyan ish turlari talab etilsa, ularning imlo savodxonligini oshirish uchun
tamoman bohsqa, so‘z boyligini rivojlantirish uchun esa o‘ziga xos maxsus
mustaqil ish turlaridan foydalanish talab qilinadi.
“
Dostları ilə paylaş: |