Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


rivojlanayotgan hamma sohalar o‘ta muhim hisoblanib bir-birini o‘zaro



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   373
innovatsion

rivojlanayotgan hamma sohalar o‘ta muhim hisoblanib bir-birini o‘zaro 
to‘ldirib boradi. 
Hech qaysi soha mustaqil ravishda rivojlana olmaydi va har bir 


542 
ko‘nikma sodda bo‘ladimi yoki murakkabmi, boshqa ko‘nikmada o‘z ifodasini 
topadi.
Rivojlanish doiralarining o‘zaro bog‘likligidan tashqari, integratsiya 
yondoshuvi ham bola rivojlanishiga taalluqi hamma sektorlarni o‘zaro bir-biriga 
bog‘lab yuboradi, ular: ta’lim, e’tibor va himoyadir.
Bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish 
Bolalarning mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish ular tafakkurining kuchli 
rivojlanishiga zamin tayyorlashi ko‘p psixolog va pedagoglar tomonidan ta’kidlab 
o‘tilgan. Masalan, M.I.Koltsova, Ye.I.Isenina, A.V.Antakova-Fomina va boshqalar 
mayda qo‘l motorikasining rivojlanganligi bolalar nutqini shakllanishida ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi deb ta’kidlasalar. P.Losev mayda qo‘l motorikasi va barmoqlar 
harakatini mutanosibligi bolalarni maktabgacha yoshda to‘g‘ri rivojlanishining eng 
muhim masalalardan biridir, deb hisoblaydi.
N.S.Jukova, Ye.M.Mastyukova, T.B.Filecheva, S.I.Bot va boshqalarning 
maxsus adabiyotlarida bo‘lsa, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish yo‘llari orqali
nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini to‘g‘ri shakllantirishga yo‘naltirilgan 
usullar berilgan. 
Shuningdek, M.Montessorining didaktik materiallari ham, aynan sensorika 
va motorikani rivojlantirishga qaratilgan hamda eng, avvalo, bolaga uning o‘z 
yoshiga mos motorika va sensorika orqali ruhiy shakllanishiga yordam beradi. 
Didaktik maqsadlarga qaratilgan motorika umumiy, hissiy, nutqiy va ijtimoiy 
rivojlanishga ta’sir etadi. 
Bola rivojlanishiga yagona yondфshuv 

Bola to‘laqonli shaxs sifatida 


543 
Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. 
Bola yaxlitlik sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga 
olgan holda. Shu bilan birga shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham
93
.
Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda 
ko‘rib chiqilgan.
Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor 
berish, va albatta, o‘qitish orasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. Aniq qilib 
aytadigan bo‘lsak, 0-6/7 yosh bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu:

Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan 
kattalarning rivojlanish fazasi turlicha bo‘ladi va o‘zining ritmi, bosqichlari va 
ko‘rsatmalari bilan farq qiladi. 

Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy 
hissiy ko‘nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog‘liq. Transformatsiyaga 
qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o‘ynash va 
o‘rganish kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga 
eng muhtoj davr hisoblanadi; 

Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo‘ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-
onaning mehri kam bo‘lsa, yoki e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilsa, bolaning 
rivojlanishiga zarar yetadi 

Xoh ichkarida bo‘lsin, xoh tashqarida bo‘lsin, bolaning harakatlanishini cheklab 
qo‘yadigan muhit bo‘lmasligi kerak hamda xavfsiz bo‘lishi kerak. 

Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to‘g‘ri degan 
tushuncha yo‘q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy va bir qancha yana xos faktorlar mavjud. 
93
Moss, P., Petrie, P. (2002), 
From Children’s Services to Children’s Spaces: public provision, children and childhood

London: Routledge Falmer. 


544 
Ilk davrlardagi aralashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi
kamchiliklarini bartaraf etadi. 
Xulosa shundan iboratki, biz, ilm fan, bolaning dastlabki olti yoshi uning 
keyingi rivojlanishi uchun juda muhim davr ekanligiga qo‘shilamiz.

Bola rivojlanishiga yagona yondoshuv deganda nimani tushunamiz? 
Bola haqidagi umumiy tushunchada insoniyatning barcha sohalardagi 
yutug‘i va rivojlanishi o‘zaro bog‘liq.
Atrof muhit bilan muloqotga kirib, bola ham shu muhitga aralashganini 
tushuna boshlaydi. Har bir bolaning atrof muhitni “ishg‘ol qilishi” uning murakkab 
bosqichlarni bosib o‘tayotganligini bildiradi. Bunga harakatlar, hissiyotlar va 
jarayonlar kiradi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin