165
fe’l negizining turli shakllari bo‘lib, ular hozir ayrim-ayrim so‘z sifatida
tushuniladi.
To‘liqsiz fe’l sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi bilan birikib, fe’l
zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. To‘liqsiz
fe’llar
edi, ekan, emish
turlicha modal ma’nolar ifodalaydi:
1)
edi
to‘liqsiz fe’li qatnashgan fe’l shaklida ta’kidlash, eslatish, hikoya,
davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi:
Bo‘shagan yerlarning bag‘rini
pluglarning o‘tkir tig‘lari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). Shu kuni endi ko‘chaga
chiqib edi... (M.Ismoiliy). Ular bir partada o‘tirishar, birga dars tayyorlashar,
maktabni bitirgandan keyin qayerga o‘qishga borish haqida maslahatlashar, xayol
surishar edi (S.Zunnunova).
2)
ekan
to‘liqsiz fe’l qatnashgan shakllarda o‘tmishda yuz bergan voqea-
hodisaning so‘zlovchiga keyinchalik ma’lum bo‘lganligi va uning davomi ekanligi
anglashiladi:
Aytishingizdan, oradan hech gap o‘tmagan ekan (A.Qahhor).
3)
emish
to‘liqsiz fe’li esa noaniqlik, gumon, eshitilganlik ma’nolarini
bildiradi:
O‘zgarmagan, ammo negadir ikkovining ham bo‘yi juda uzun bo‘lib
ketgan emish (S.Ahmad).
To‘liqsiz fe’llar boshqa so‘z turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot-
kesim tarkibida kelib, bog‘lama vazifasini bajarib, tuslovchi affikslarni oladi:
Uy
kichkina, lekin yorug‘ va toza edi (O.)
Fe’llarda modal ma’no fe’lning juft va takroriy shakli bilan ham ifodalanadi.
Bunday
shakl
orqali
haarakatning
davomiyligini,
takrorlanib
turishi,
tugallanganlik, harakatning voqe bo‘lishiga turlicha munosabat (befarqlik) kabi
modal ma’nolar anglashiladi:
ayta-ayta, borib-borib, aytsa-aytar, uchadi-ketadi,
ishlasa-ishlasin
kabi.
Dostları ilə paylaş: