Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   373
innovatsion

Qo‘shiq aytishdagi holat: b
irinchi sinfda egallangan malakalarni 
takomillashtirish. Kuylaganda o‘zini erkin tutish, ovoz apparatlariga va 
muskullarga zo‘riqish bo‘lmasligiga erishish Nafasni rejaga solish: chuqur nafas 
olish malaklarini o‘stirish, Tez sur’atli asarlarni kuylaganda jumlalar oralig‘ida 
nafasni tez va yetarli ola bilish. Uzunroq jumlalarni kuylaganda nafasni me’yoriga 
olish va bir maromda sarflay bilish, jumla o‘rtasida nafas olmaslik kabilar 
Ovoz hosil qilish: 
mayin va yoqimli kuylay olish. Og‘ir sur’atli qo‘shiqlarni 
kuylaganda ortiqcha cho‘zib, asarning xarakterini bo‘shashtirib yubormaslik, Tez 
sur’atli asarlarda shoshmaslik, ovoz mayinligini yo‘qotmasliga bilan birlashtirilgan 
notalarni kuylay olish. Unlilarni to‘g‘ri talaffuz etish, undosh tovushlarni burro va 
aniq talaffuz etish. Kuylaganda og‘izning yumaloq bo‘lishiga erishish. O‘zbek 
tilida ochiq talaffuz qilinadigan unlilarni “ u “ tovushiga yaqinroq qilib yumshatib 
aytish. Baqirib, qattiq va ochiq ovozda kuylashga yo‘l qo‘ymaslik. 
Xor malakalari: 
unisonda (birovozlikda) – dinamik tuslarga to‘la rioya 
qilgan holda, sof va tiniq intonatsiyada ta’sirchan qilib kuylash, yakka holda
kichik-kichik guruh yoki butun sinf bilan birgalikda kuylay olish. Mazmuni va 
xarakteri turlicha bo‘lgan qo‘shiqlarni musiqa asbobi jo‘rligida va akapella tarzida 
ijro eta olish. Musiqada takt hissalarining urg‘uli va urg‘usiz ( kuchli yoki kuchsiz) 
bo‘lishi haqida tushunchaga ega bo‘lish. 3 chorakli va 2 chorakli o‘lchovlarda 
dirijorlik harakatlarini tushunish. O‘qituvchi asarda dirijorlik qilganda uning 
qo‘liga qarab ko‘pchilik bilan birgalikda nafas olish, ijroni boshlash, dirijorlik 
ishorasiga amal qilgan holda ijroni to‘xtatish. 
3 – sinfda 
o‘quvchilar DO 1 – RE (MI) 2 diapozonidagi bir ovozli va ikki 
ovozli elemenlari bo‘lgan qo‘shiqlarni kuylaydilar. Qo‘shiq kuylashdagi holat: 1 
va 2-sinflarda olingan malakalarni takomillashtirish, kuylaganda gavda, bosh 


729 
yelkalar, qo‘llar, oyoqlarning, shuningdek, ovoz apparatlarining erkin holatda 
bo‘lishini kuzatib borish. 
Nafasni rejaga solish: to‘g‘ri nafas olish malakalari ustida ishlashni davom 
ettirish, nafasni ko‘krak qafasiga olinishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik. Olingan 
chuqur nafasni to‘xtata olish va undan kuylash uchun tayanch hosil qila bilish. 
Ayniqsa yuqorigi va pastgi notalarni kuylaganda nafasdan tejamli foydalanish 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin