(1.1-rasm)
(1.2-
rasm)
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki,
tasviriy san’at fanini ko‘rgazmasiz o‘qitish mumkin emas. Xullas, tasviriy
san’atning qaysi bir turidan qat’i nazar, o‘quvchilar ham nazariy, ham amaliy
725
bili
m-
mala
kalar
oladi
lar
va
hatto ularni kelajak faoliyatlarida qo‘llash, ulardan foydalanish bo‘yicha ham
amaliy tushunchalar va yo‘l-yo‘riqlar oladilar. Lekin buning uchun ham tasviriy
san’at nazariyasini, amaliyotini va uni o‘qitish metodikasini juda yaxshi biladigan
ijodkor va yuqori malakali tasviriy san’at o‘qituvchisi ish yuritishi lozim.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Abdullayev N.U. “San’at tarixi”. 1-tom. Toshkent. O‘qituvchi, 1986 yil.
2. V. Kuzin
.
Psixologiya (tasviriy san’atni o‘qitish psixologiyasi). M„ 1982.
3. В. Oripov. Predmetlararo bog‘lanish. Т., 1985.
4. S.S.Bulatov, P.P. Shabaratov, N.A. Mansurov. “Naqqoshlik”, “Fan va
texnologiya” – 2010. (Metodik qo‘llanma).
O‘QUVCHILARINING VOKAL
-
XOR MALAKALARINI TARKIB
TOPTIRISH USULLARI
Raximov R.N.
BuxDUPI ”San’atshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi
726
Boshlang‘ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari umumiy ta’lim
maktablarida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va axloqiy estetik tarbiya berish
tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Dasturda o‘quvchilarga tizimli ravishda vokal-xor malakalarini singdirib
borish masalasi ham qo‘yilgan. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ovoz
apparatini juda nozik, ovoz diapozonlari cheklangan bo‘ladi. Uzoq vaqt
surunkasiga qo‘shiq kuylash bolalar ovoz apparatining shikastlanishiga olib kelishi
mumkin. Ayrim o‘qituvchilar amaliyotda dars tuzilmasini buzib, musiqa savodi va
musiqa tinglash faoliyatlari o‘rnida ham jamoaviy qo‘shiq kuylatish hollariga yo‘l
qo‘yishadi bu esa o‘quvchilarning ovoz diapozonlariga putur yetkazishi mumkin.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli ovozga ega
bo‘ladilar. Birinchi sinfdan boshlab mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning vokal va xor
malakalari takomillashtirilib boriladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri
tutish, nafasni rejaga sola bilish, kuylaganda unli va undoshlarni, melodik,
garmonik intervallarni to‘g‘ri talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan holda
mayin ovozli uyg‘un, yoqimli kuylash ustida muntazam ravishda isholib boriladi.
Dasturda vokal xor malakalari (gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni rejaga solish,
tovush xosil qilish, diksiya, soz, ansambl va dinamika) ustida ishlash harbir sinf
uchun alohida belgilangan. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor
malakalarini oshirishda, qushiq o‘rgatishda oldin maxsus vokal mashqlaridan
foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avval o‘quvchilarni ishchi diapozonining prima
(o‘rta) tovushlaridan boshlab, pastga tomon yo‘naluvchi tetraxordlardan
foydalaniladi. Nafas esa me’yorida shovqinsiz, yelkani ko‘tarmay o‘z vaqtida olish
va mayinataka kuylashga aloxida e’tibor beriladi. Shuningdek, ularni ovoz
diapozoni haddan tashqari past yoki yuqori pardalarda kuylatish yaramaydi.
Qattiq gapirish, baqirish taom va ichimliklarni juda issiq yoki sovuq holda
iste’mol qilish ovoz pardalarini xastalantirishi haqida ogohlantirib borish lozim.
Ovoziga xastalik alomatlari aniqlangan o‘quvchilar muolaja davrida kuylashdan
727
ozod etiladi. Bular o‘z vaqtida muolaja uchun otolaringologlar yoki foniatr
shifokorlarga yuborilishi lozim. O‘quvchilar ovozini asrash ustida muntazam ish
olib borish ovoz apparatining sog‘lom rivojlanishini ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi..
Musiqa darslari jarayonida 1-sinfda vokal – xor malakalarini shakllantirishda
Re 1 (Do diez 1) – Do 2 tovushlari oralig‘ida (diapozonida) bo‘lgan bir ovozlik
qo‘shiqlarni ayttirish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |