715
namunalarini mohir usta Usta Shirin Murodov tomonlaridan bezatilgan
Buxorodagi Sitorai Mohi Xosadagi “Oq uy” da, Toshkentdagi Navoiy nomli katta
Opera va balet teatrida ko‘rish mumkin.
Amaliy bezak san’atining yana bir nafis turlaridan biri naqqoshlik san’atidir.
Mamlakatimizda amaliy san’atning bu turi qadimdan rivojlangan bo‘lib, unda
o‘zbek ustalari faqat uyro‘zg‘or buyumlarini emas, balki uy-joy va jamoat
binolarining devor va shiplarini ham bezaydilar. Xalq ustalari tajribasida
naqshning quyidagi turlari ko‘proq qo‘llaniladi:
-islimi-egri chiziqli o‘simlik elementlardan iborat naqsh;
-girih- to‘g‘ri chiziqli elementlardan geometrik
shakl hosil qiluvchi naqsh;
-gulli girix (yoki murakkab) -bu ikki gurhdagi naqsh islimi va girih elementlaridan
tashkil topadi.
Tabiiy loydan turli idishlar yasash va ularni chiroyli ranglarda bo‘yash
kulolchilik san’ati hisoblanadi va u O‘zbekistonda juda qadim zamonda
rivojlangan. Kulolchilik san’ati buyumlariga lagan, tovoq, choynak, piyola sopol
va chinni idishlar, shuningdek, loydan ishlangan o‘yinchoqlar kiradi.
Kulolchilik buyumlari bezak kompozitsiyalarida o‘simliksimon va
geometrik elementlarning boyligi, xilma-hilligi bo‘yoqlar
gammasining yorqinligi
bilan ajralib turadi. Ularda feruza rang baxt keltiruvchi belgi sifatida ko‘p
ishlatiladi.Kulolchilik O‘zbekiston me’morchiligida koshinkorlik tarzida ham keng
qo‘llaniladi. Madrasa, masjid, karvonsaroy, hammomlarni peshtoqlarida, xona
ichkarisidagi devor bezaklarida kulolchilik san’atining namunalari o‘z aksini
topgan. Bezash san’ati sifatida O‘rta Osiyo xalqlari qadimdan o‘zlarining yana bir
san’atlari bilan faxrlanadilar.Ushbu hunarmandchilik turi zardo‘zlik san’ati
hisoblanib,Buxoro va Samarqand shaharlarida keng rivojlangan. Ustalar zar
to‘qishning ikki turini qo‘llashadi. Birinchisi zaminni zar bilan tikib to‘ldirish va
ikkinchisi naqshlarni zar bilan tikish. Chevarlar naqshli va syujetli
kompozisiyalarda ko‘pincha o‘simliklarni tasvirlashadi: gullar, barglar, bodom
716
gullari, paxta shular jumlasidandir.Hozirgi davrda ham O‘zbekistonda
metallga
ishlov berish,ya’ni misgarlik san’ati keng rivoj topmoqda. Buxoro va Xiva
shaharlarida amaliy san’ati maktablarida noyob asarlar turli jihozlar va turmush
buyumlari ko‘plab tayyorlanmoqda.
Amaliy san’atining yog‘och o‘ymakorligi turi dunyo xalqlarining
ko‘pchiligida qadimdan mavjud bo‘lib, o‘zining boy an’analariga ega yog‘och
o‘ymakorligi eshik, deraza, qutichalar, ustunlar, panjalar va turli o‘yinchoqlarda
o‘z aksini topgan. Yog‘och o‘ymakorligi Muzika asboblarini bezashda ham
alohida o‘rinni egalaydi. San’atning bu turi o‘ta injiq
ustadan katta mahorat talab
etadi. Tоsh o‘ymаkоrligi ham хаlq аmаliy bezаk sаn’аtining nоyob turlаridаndir.
Bu sаn’аt kishidаn iste’dоd vа intilishdаn tаshqаri mehnаtsevаrlik vа g‘оyatdа zo‘r
sаbr-tоqаt tаlаb qilаdi. Bu sаn’аtni tоshtаrоshlik vа sаngtаrоshlik deb hаm
yuritiladi.Tоsh o‘ymаkоrligi tоshni o‘yib, yo‘nib, nаqsh yoki birоr tаsvir ishlаsh
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak otа-bоbоlаrimizdan bizlarga meros bo‘lgan
xalq amaliy bezak san’ati turlari shu darajada ko‘p va serqirra-ki,buning yorqin
dalili sifatida ular qurgаn imoratlar, me’mоrchilik bezаklаri,
ulаrning rаng-
bаrаngligi, geоmetrik vа o‘simliksimоn nаqshlаr, ulаrning kоmpоzitsiоn tаsviri
zаvq оlishgа, tаrbiyalаnishgа, ulаr оrqаli o‘z оrzu umidlаrini, muhаbbаtlаrini
хаlqqа izhоr etishgа chоrlаydi. Аsrlаr dаvоmidа оrttirilgаn mаdаniy bоyligimiz,
хаlq аmаliy sаn’аtining
аyrim turlаri, ulаrning o‘zigа хоs tоmоnlаr,hаqiqiy
nоmlаri, ishlаsh teхnоlоgiyalаri vа ulаrni yarаtgаn ustаlаrning nоmlаri asta-sekin
unitilib ketish аrаfаsidа. Shuning uchun хаlqimizning аsrlаr bo‘yi qilgаn mehnаti
nаtijаsidа yarаtilgаn tаriхiy yodgоrliklаr vа bоshqа аmаliy sаn’аt namunalarini
asrab avaylash biz va kelgusi avlod uchun unutilmas vazifadir.
Dostları ilə paylaş: