Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   373
innovatsion

Qodirov Shavkat Zarifovich
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti 
 Musiqa ta'limi mutaxassisligi bo‘yicha
I bosqich magistri 
Davlatimiz o‘zining yuksalish, taraqqiyot yo‘lidan borar ekan, o‘tgan davr 
mobaynida barcha jabhalarda ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Hukumatimiz 
tomonidan har bir sohaga berilayotgan e'tibor yurtimizni buyuk kelajak sari olg‘a 


707 
yurishiga asos bo‘lmoqda. Xorijiy davlatlar bilan esa ijtimoiy, siyosiy va madaniy 
aloqalar yanada yuksalmoqda. 
Barcha sohalar qatorida musiqa madaniyati va san'at sohasiga berilayotgan 
e'tibor ham yurtimiz ravnaqiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Ayniqsa, bu 
borada yoshlarimizni musiqa sohasida dunyo miqyosida o‘tkazilayotgan turli 
tanlovlar, festivallarda chiqayotgani, albatta quvonarli hol. Shu bilan birga 
yurtimiz miqyosida yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan festival, konsertlar 
tahsinlarga loyiq. 
2017-yil 
7-fevralda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvoр yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasining qabul qilinganligi, san`at va madaniyat sohasiga doir 
2018-yil 28-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada 
rivojlantirish” konsepsiyasini ishlab chiqilganligi madaniyat va san`at sohasi rivoji 
uchun katta ahamiyatga ega. Boisi, tarixiy va madaniy merosimizni saqlash, uni 
yosh avlod tarbiyasida keng qo‘llash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
yoshlarimiz ongiga singdirish, madaniy an`analarni asrab-avaylash va shu asosida 
xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash konsepsiyaning asosiy vazifalari etib 
belgilanganligidir. 
So‘nggi yillarda madaniyat va san`at sohasini, jumladan, milliy musiqa
san’atiga tegishli muammolarni tubdan isloh qilish va takomillashtirish, musiqa 
sohasida kadrlarni tayorlab bervchi muassasalarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. 
Avvalo, ma’naviyat xususida to‘xtalib o‘tsak. “Ma`naviyat” - arabcha so‘z bo‘lib, 
“ma`no” fe`lidan olingan ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat ichki kayfiyat, dadillik, 
jasoarat, xususiyat, mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish, did kabi bir qancha 
ma`nolarni anglatadi. 


708 
Ma`naviyat tushunchasi haqida ziyolilar tomonidan turli xil qarashlar 
bildiriladi. Ularning qarashlari ma`naviyatning keng qamrovi tushuncha 
ekanligidan dalolat beradi. Quyida ularning ayrimlaridan misollar keltiramiz. 
1) “Ma`naviyat - Inson ko‘rki, uning ichki va tashqi dunyosining namoyon 
bo‘lishi, ruhiy va aqliy olamining maxraji, rux va aqldir”. 
2) “Ma`naviyat - Insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. U yo‘q 
joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi”. 
3) Professor M.S.Imomnazarovning fikriga ko‘ra: “Ma`naviyat - Nur ma`naviyatli 
shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o‘zligini anglagan, o‘zining borliqdagi o‘rni va 
vazifasini tushunib etgan haqiqat oldidagi o‘z maqomiga loyiq bo‘lishi va burchini 
ijro etish mas`uliyatini zimmasiga ola biladigan INSONDIR”. 
4) Adabiyotshunos, yozuvchi Xurshid Do‘stmuxammad: “Ma`naviyat - 
Tafakkurga va qalbga jo etilgan ma`rifiy bisotni dunyoqarashda fe`l atvorida, hatti-
harakatida namoyon bo‘lishidir. Kishini ezgulikka boshlovchi, yo‘naltiruvchi 
mayillar guldastasidir”, deb ta`rif beradi. 
5) “Ma`naviyat - so‘zi negizida ma`no, ya`ni ma`no so‘zi yotadi... Demak, 
asosida ma`no yotadi... Bizning inson hayoti bilan har qanday holat va xodisada 
ma`no bo‘lsa, demak unda albatta ma`naviyat bo‘ladi. Bu bilan biz siyosatda, 
iqtisodiyotda, ilm-fanda, bunyodkorlik ishlarida, oila, qo‘yinki hamma-hamma 
holatda ma`naviyat bo‘lishi mumkin demoqchimiz” - deb bayon etadi tarixchi olim 
Azamat Ziyo. (Xalq so‘zi 1997 yil 11 fevral). 
6) Yana bir guruh olimlarimiz: “Ma`naviyat - odamning ruhiy va aqliy 
olamining majmuidir. Ma`naviyat jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining 
ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi 
tushuncha, ma`naviyat inson va jamiyat hayot ma`lum yo‘nalishning bosh omilidir, 
deb ta`rif beradilar. 
Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, ma`naviyati yuksak darajada 
rivojlangan millatning kelajagi porloq bo‘ladi, mustaqillik uchun kurashda o‘zidа 


709 
kuch-qudrat topadi. Ma`naviyati rivojlangan xalq va millat o‘z-o‘zini qadrlaydi, 
qaddini tik tutadi, o‘tmishi bilan faxrlanadi, kelajakka umidvorlik bilan qaraydi. 
San`at - ijtimoiy ongning bir to‘g‘ri, kengroq mushohada etsak, asl san`at 
idial mafkura demakdir. Hatto yuksak taraqqiy etgan fan va texnika vositalari ham
yechimini topaolmayotgan muammolarni san`at vositasida ijobiy hal etish 
insoniyat taqdirida muhim o‘zgarishlarga erishish mumkinligi mubolag‘a emas. 
Ayniqsa, musiqa ko‘hna san`atlar sirasida insonga tabiatan xos, ta`sir quvvati 
beqiyos san`at sifatida alohida mavqega ega. Musiqaning yuksak badiiy-estetik 
qimmati kuchli ruhiy-ma`naviy ta`siri, tarbiyaviy ahamiyati xususida o‘rta asrlarga 
mansub ilmiy va badiiy adabiyotlarda talaygina e`tiborga loyiq fikrlar mavjud. 
Ajdodlarimiz musiqani ilohiy go‘zallik, latif san`at sifatida asrlar o‘sha e`zozlab 
kelinganlar. Qolaversa, biz ham kundalik hayotimizda musiqasiz tasavvur eta 
olmaymiz. Ammo shunisi aniqki, fan va texnika mislsiz taraqqiy etgan tezkor asr 
avlodlari tasavvuridagi musiqa tushunchasi o‘tmishdoshlar talqinidan mazmun va 
shakl jihatlaridan anchagina farqlanadi. 
Ma`lumki, san`atning, xususan, musiqa san`atining birlamchi vazifasi 
jamiyatni ma`nan va estetik jihatdan tarbiyalash, kamol toptirishdir. Inson musiqiy 
tafakkurimi o‘ziga xos yangi sifatlarda rivojlantirilishi millatimiz musiqiy
taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berishga kafolat bo‘la oladi. Bu borada 
ajdodlarimiz milliy musiqiy merosini o‘rganish, xalqning turmush tarzi, 
dunyoqarashi, urf-odatlarini o‘zida singdirgan kuy va qo‘shiqlardan ta’lim-tarbiya 
jarayonida foydalanish, ular qo‘llagan musiqiy ijro uslub-an`analarni zamonaviy 
pedagogik tafakkur iste`moliga olib kirish va yoshlarni shu negizda tarbiyalash – 
davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan bir milliy ma`naviyatni tiklash va 
rivojlantirishning bosh vazifasidir. Milliy musiqiy tafakkur esa, yuqorida 
ta`kidlaganimizdek, ma`naviyatimizning ajralmas bo‘lagidir. Uning-yuksalishi 
musiqiy boyligimizni asrash, uni e`zozlash va uning jahon musiqa madaniyatida 
tutgan o‘rnini anglab olishga imkon yaratadi. Demak, yoshlar ongida milliy 


710 
musiqiy 
tafakkurni 
shakllantirish 
– o‘zligimizni anglashda, musiqiy 
qadriyatlarimizni tiklashda mezon hisoblanadi. 
Ta`kidlash lozimki, milliy mustaqilligimizning qo‘lga kiritilishi va unda 
ma`naviy-mafkuraviy muhitning tubdan Yangi sifatlarga ega bo‘lishi milliy 
musiqa vositasida yosh avlod dunyoqarashida yangicha shallantirish, ayniqsa,
musiqiy fikrning shakllanishiga zamin yaratib bermoqda. Ajdodlarimizdan meros 
sifatida bizgacha yetib kelgan kuy va qo‘shiqlarni o‘rganish masalasining eng 
dolzarb muammolar sirasiga kiritilganligi milliy musiqiy tafakkur tarixini 
o‘rganish va uni tiklashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. 
Musiqiy tafakkurmiz negizlari Ayritom devorlarida aks etgan musiqiy 
sozlarda, “Avesto” ning madhiyalarida namoyon bo‘lsa, ushbu xududda tavallud 
topgan yuksak muisqiy tafakkur namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn 
Sino, al-Xorazmiy kabi allomalarning ilmiy-nazariy merosida musiqaning axloqiy, 
ma`naviy-tarbiyaviy mohiyati, uni talqin etishning ilmiy va amaliy asoslari, 
boringki, bizni o‘rab turgan estetik-musiqiy tizimning tub negiziy mohiyati 
mukammal o‘rganilgan va tafakkur iste`moliga olib kirilgan. Jumladan, Sharq 
musiqa ilmining asoschilaridan biri al-Forobiy musiqaning shaxs ruhiyatiga ta`sir 
etib, uni ma`lum maqsadlarga yo‘naltiruvchi tarbiyaviy xususiyatini tahlil etdi va 
shu asosda musiqiy-nazariy ta`limot yaratdi. Bu ta`limot keyinchalik Abu Ali ibn 
Sino, al-Xorazmiy va boshqa mutafakkirlar tomonidan ham rivojlantirildi. 
“Yuksak ma`naviy lazzatlanish musiqiy tovushlar ko‘ngilga o‘tirganda ro‘y 
beradi”,- deb fikr yuritadi Abu Ali ibn Sino. Allomaning fikricha, musiqa 
ma`naviy kamollikka yetaklovchi vositalardan biridir. Musiqa san`atida faoliyat 
ko‘rsatuvchi shaxslar esa Navoiy tomonidan “Ma`naviyat tarqatuvchilari”, deb 
ta`riflanadi va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni aniq va batafsil yoritib berildi. 
Ta`kidlash lozimki, Navoiy musiqa faoliyatida faxm-farosat, aqlni musiqiy 
tafakkur mukammallik darajasining eng muhim omili deb hisobladi. Milliy 
musiqiy tafakkurni negizida tarbiyalash g‘oyasi esa XX asrda Abdurauf Fitrat 


711 
tomonidan ilgari surildi. Fitrat o‘sib kelayotgan avlod ongida milliy musiqiy 
tafakkurni shakllantirishni, avvalo, musiqiy merosni o‘rganishdan boshlamoq 
zarurligi haqida fikr bildiradi. Chunki, allomalarning ijodida mujassam bo‘lgan 
g‘oyalar, mulohaza va xulosalar majmuasi yaxlit tarzda milliy musiqiy tafakkur 
xazinasini tashkil etib, uni o‘rganish milliy musiqiy madaniyatimiz taraqqiyoti 
uchun kurashish xissini tarbiyalashga imkon yarаtadi. 
Demak xulosa qilib aytganda, eng avvalo, musiqiy ta`lim va ma`naviyat 
uyg‘unligini ta`minlash va shu asnoda yoshlarda nafosat tarbiyasini 
takomillashtirishga e`tiborni kuchaytirish lozim, deb o‘ylaymiz. Buning uchun 
o‘quvchilar ва talaba-yoshlarning musiqiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish zarur 
bo‘ladi. 
Musiqa vositasida amalga oshiriladigan nafosat tarbiyasi san`atda va atrof-
muhitda nafislikning 
mohiyatini 
anglash va tushunish, 
musiqiy-badiiy 
savodxonlik, musiqa asarlarini idrok etish bilan bog‘liq to‘g‘ri tasavvurlar, 
mulohazalar hamda e`tiqodlar tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, 
o‘tmish musiqiy-madaniy merosini o‘zlashtirish, hozirgi zamon misiqa san`atiga 
munosabat, ijodiy qobiliyatlarning rivojlaganlik darajasini aniqlash ham musiqa 
vositasida amalga oshiriladigan nafosat tarbiyasi orqali yuz berishi mumkin. 
Shunga ko‘ra, musiqiy ta’lim-tarbiya va ma`naviyat kabi ikki xodisaning o‘ziga 
xosligi, o‘zaro uyg‘unligi natijasida sodir bo‘lishini esdan chiqarmaslik kerak. 
Musiqa ta`lim tizimi insonning shakllanshi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish, 
jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iboratdir. 
Ma`naviyat esa, ko‘proq insonning o‘zligini anglashi, uning ruhiy poklanishi, 
iymon irodasini, e`tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan yo‘ldir. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin