700
Asosan tabiat aks ettirilgan suratlar - manzara, ko‘rinishlari XVII asrda
Gollandiyada yaratila boshladi. Manzara janri faqat tabiat manzarasi asarlari, balki
tabiatning cheksiz xilma xilligi va yil fasllari,
turli ob-havo sharoitlariga, oftob
yoki oy yorug‘i tasiri go‘zallikning, balki inson xis tuyg‘usi, kayfiyati haqida ham
so‘zlab beradi. K. Koro Van Gog, P. Sezan Lar yaratgan manzaralarni bir-biriga
taqqoslab ko‘rin. Bunda siz real tabiatan turlicha obrazlar keltirib chiqarilganligini
ko‘rasiz.
Bunga asosiy sabab musavvir shaxsidir. Musavvir har doim ham ko‘rganini
asl holda chizavermaydi, balki rangtasvirga o‘zining ichki hissiyotlarini qo‘shib
yuboradi. Har bir musavvirning o‘ziga sevgan rang uyg‘unligi, uslubi,
ranglarga
o‘z munosabatlari mavjud.
Bilimdon tomoshabin bo‘lish oson ish emas, albatta. Rangtasvir tilini muttasil
o‘rganish, taffakurni estetik did va tuyg‘u idrokni doimo rivojlantirib borish zarur.
Musavvir rang tasvir vositalari ko‘magida betakror ijod asarlar yaratib, bizni
hayratga soladi, dilimizga quvonch bag‘ishlaydi, turli kechinmalar orqali ruhimizni
oziqlantiradi va o‘z mahorati bilan sirli fikrlariga oshno qiladi.
Rang tabiatda mavjud barcha narsalar shakllarini, atrof - muhit go‘zalligini,
turli kayfiyat va his tuyg‘ularini ifodalay oladi. Rangni turlicha idrok qilish
mumkin, uning vositasida, fikr yuritish,
loyihalash, konstruksiyalash qurish
imkoniyatlari mavjud «Rang» va «Bo‘yoq» shunchalarini farqlash uchun
rangshunoslik asoslarini o‘rganmoq zarur. Rangtasvir uchun kerak bo‘lgan rangni
politrada bo‘yoqlarni bir - biriga qorishtirish yo‘li bilan tayyorlab olinadi. So‘ngra
tekislik yuzasida ranglar majmuini uyg‘unlashtirgan holda koloritni keltirib
chiqaradi. Yagona «Rang» so‘zi rangtasvir jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi
va san’atning bu sohasida asosiy vazifasini bajaradi.
Tasvvur qiling, atrof muhitda barcha ranglar yo‘qolib qoladiyu,
biz uni oq
kulrang ustidan ko‘rayotgan bo‘laylik qanchalik g‘amgin, zurikarli biz
ko‘nikmagan manzara kelib chiqadi. Shundagina hayotda rangni qanchalik
701
ahamiyatga ega ekanligini payqab qolamiz.
Har bir narsa o‘z rangiga ega. Ba’zi narsalarni uning rangi orqali taniymiz.
Kattaligi bir xil bo‘lgan aylana shaklidagi uchta narsani ko‘z oldimizga keltiring.
Biz ularni o‘ziga hos ranglarga bo‘lib olovrang apelsin, qizil pomidor,
och yashil
olmaga «aylantira» olamiz.
Rang va meva chevalarni pishganligi yoki yam yashil daraxtlarni Sarg‘ayib
qizarib borayotganligini va kuzning kirib kelayotganidan darak beradi. Xatto havo
qatlami, uzoqdagi o‘rmon yoki tog‘larning rang barang bo‘yoqlarga bo‘yab,
bo‘shliqdagi mo‘ljalni topish imkonini beradi. Kunning turli vaqtlaridan
charaqlagan oftob rangidan eru ko‘k, suvlar rangi o‘zgarib ketadi. Kunning g‘ira
shira paytida yashil rang tovlanib ko‘rinadi, qorong‘ulik tushganda esa qizil, pushti
ranglar to‘qlashadi, ko‘k, yashil ranglar och tusga kiradi.
Olamning go‘zalligi, buyumlar shakli va jismini, bo‘shliq va yorug‘likni rang
fazilatlari orqali ko‘ramiz.
Rang biz kuzatib, his qilgan buyumni asosiy belgilardan biridir.
Hayot baxsh tabiatning rang barang tasirlari o‘ziga xos ravishda bizni shod
etadi. Yil fasllarini har biriga xos bo‘lgan o‘z ranglari bor. Bahorning nozik,
yozning shirali, kuzning charaqlagan va qishning jarangsiz ranglaridan so‘z did
bilan tanlov o‘tkazishingiz mumkin.
Bir
haqiqatni
hech
qachon
esimizdan
chiqarmasligimiz
kerak:
mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi, dedi
Prezidentimiz. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo
milliy madaniyatimizga
qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat – bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir.
Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo
milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: