Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   373
innovatsion

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Boltaboevich, B. B. (2020). Formation of the skills of portraying the future 
teacher of fine arts in pencil drawing. ACADEMICIA: An International 
Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1122-1127. 
2. Baymetov, B. B., &Muratov, K. K. (2020). Self Sketches as a Tool in the 
Professional Training of a Future Artist-Teacher. SolidStateTechnology, 224-231. 
3. Байметов, Б. Б. (2016). История развития изобразительного искусства 
Узбекистана. Наука, образование и культура, (1 (4)).
4. Baymetov, B. B., &Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students’ 
Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of 
Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267. 
5. Boltabayevich, B. B., &Shodievna, B. O. (2020). Individual Approach To The 
Formation Of Artistic And Creative Talents Of Students In Art Schools. The 
American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 637-642. 
6. Jabborova Shahzoda Husenqizi (2022) Vizual faoliyat jarayonini boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari ta’lim jarayonida qo‘llash. IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI 
15(02) 24-27. 7. Aslanova Nargiza Hakimovna (2021) Tasviriy San’at Fani 


690 
To‘garaklarida STEAM Talim Tizimi. Journal of Innovations in Social Sciences 
01(06) 2021 99-106. 
O‘QUVCHILARINING VOKAL-XOR MALAKALARINI TARKIB 
TOPTIRISH USULLARI 
Raximov R.N.
BuxDUPI o‘qituvchisi 
Boshlang‘ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari umumiy ta’lim 
maktablarida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va axloqiy estetik tarbiya berish 
tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 
Dasturda o‘quvchilarga tizimli ravishda vokal-xor malakalarini singdirib 
borish masalasi ham qo‘yilgan. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ovoz 
apparatini juda nozik, ovoz diapozonlari cheklangan bo‘ladi. Uzoq vaqt 
surunkasiga qo‘shiq kuylash bolalar ovoz apparatining shikastlanishiga olib kelishi 
mumkin. Ayrim o‘qituvchilar amaliyotda dars tuzilmasini buzib, musiqa savodi va 
musiqa tinglash faoliyatlari o‘rnida ham jamoaviy qo‘shiq kuylatish hollariga yo‘l 
qo‘yishadi bu esa o‘quvchilarning ovoz diapozonlariga putur yetkazishi mumkin. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli ovozga ega 
bo‘ladilar. Birinchi sinfdan boshlab mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning vokal va xor 
malakalari takomillashtirilib boriladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri 
tutish, nafasni rejaga sola bilish, kuylaganda unli va undoshlarni, melodik, 
garmonik intervallarni to‘g‘ri talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan holda 
mayin ovozli uyg‘un, yoqimli kuylash ustida muntazam ravishda isholib boriladi. 
Dasturda vokal xor malakalari (gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni rejaga solish, 
tovush xosil qilish, diksiya, soz, ansambl va dinamika) ustida ishlash harbir sinf 
uchun alohida belgilangan. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor 
malakalarini oshirishda, qushiq o‘rgatishda oldin maxsus vokal mashqlaridan 
foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avval o‘quvchilarni ishchi diapozonining prima 
(o‘rta) tovushlaridan boshlab, pastga tomon yo‘naluvchi tetraxordlardan 


691 
foydalaniladi. Nafas esa me’yorida shovqinsiz, yelkani ko‘tarmay o‘z vaqtida olish 
va mayinataka kuylashga aloxida e’tibor beriladi. Shuningdek, ularni ovoz 
diapozoni haddan tashqari past yoki yuqori pardalarda kuylatish yaramaydi. 
Qattiq gapirish, baqirish taom va ichimliklarni juda issiq yoki sovuq holda 
iste’mol qilish ovoz pardalarini xastalantirishi haqida ogohlantirib borish lozim. 
Ovoziga xastalik alomatlari aniqlangan o‘quvchilar muolaja davrida kuylashdan 
ozod etiladi. Bular o‘z vaqtida muolaja uchun otolaringologlar yoki foniatr 
shifokorlarga yuborilishi lozim. O‘quvchilar ovozini asrash ustida muntazam ish 
olib borish ovoz apparatining sog‘lom rivojlanishini ta’minlashda muhim rol 
o‘ynaydi.. 
Musiqa darslari jarayonida 1-sinfda vokal – xor malakalarini shakllantirishda 
Re 1 (Do diez 1) – Do 2 tovushlari oralig‘ida (diapozonida) bo‘lgan bir ovozlik 
qo‘shiqlarni ayttirish tavsiya etiladi. 
Jamoaviy kuylashdagi holat –o‘tirib kuylashda qo‘llar tizza ustiga qo‘yiladi. 
Turib kuylaganda esa qo‘llar ikki yonga erkin tushiriladi.. Har ikkala holatda ham 
yelkalar orqaroq olinib, gavda va bosh zo‘riqtirmasdan to‘g‘ri tutiladi. Nafasni 
rejaga solish, hamma bilan birga ko‘krak va yelkalarni ko‘tarmasdan, shovqinsiz 
nafas olish, musiqaviy jumlalarning cho‘zimini oldindan his qilgan holda, asarning 
sur’atiga qarab uzun yoki qisqa nafas ola bilish, olingan nafasni tejamli, bir 
me’yorda sarflab, jumlaning oxirigacha yetkazish talab etiladi. 
Yana bir muhim fiziologik jarayon- ovoz hosil qilish:- artikullyatsiya 
organlarini erkin harakatlantirish, lablar va tillarni faol tutish, unli tovushlarni 
talaffuz qilganda og‘iz va lablarni ochilish holatlarini bilish, unlilarni yumaloq 
qilib kuylay olish. Tovush temblarining bir xilliliga erishish. Tovushni bir 
maromda, aniq balandlikda ushlay olish va unisonda (birovozlikda) kuylayolish. 
O‘rtacha dinamikda mayin, yumshoq kuylash, mantiqiy urg‘ular bera olish 
Xor malakalari-sinf sahnasiga chiqish qoidalarini va sinf xorida o‘rnini bilish. 
Kuylayotganida qo‘shiq aytayotganlarning ovozini nazorat qilib borish va o‘z 


692 
ovozini ularga moslay olish. Tovushlarni kuylashda sozga, sur’at va dinamik 
tuslarga rioya qilish, qo‘shiq so‘zlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etish. Butun 
guruh bilan va yakka holda kuylay olish. Qo‘shiqlarni musiqa asbobi jo‘rligida va 
jo‘rsiz kuylay olish, kuylaganda dirijorlik ishoralariga rioya qilish. Qo‘shiqning 
usuliga chapak chalib, bir joyda qadam tashlab, tizzalariga kaft bilan urib jo‘r bo‘la 
olish, turli yangi usul, harakatlarni o‘ylab topish va hokazo. 
2 – sinfda- Do 1 - Re 2 diapozonimdagi bir ovozli qo‘shiqlarni kuylash 
tavsiya etiladi 
Qo‘shiq 
aytishdagi 
holat: 
birinchi 
sinfda 
egallangan 
malakalarni 
takomillashtirish. Kuylaganda o‘zini erkin tutish, ovoz apparatlariga va 
muskullarga zo‘riqish bo‘lmasligiga erishish Nafasni rejaga solish: chuqur nafas 
olish malaklarini o‘stirish, Tez sur’atli asarlarni kuylaganda jumlalar oralig‘ida 
nafasni tez va yetarli ola bilish. Uzunroq jumlalarni kuylaganda nafasni me’yoriga 
olish va bir maromda sarflay bilish, jumla o‘rtasida nafas olmaslik kabilar 
Ovoz hosil qilish: mayin va yoqimli kuylay olish. Og‘ir sur’atli qo‘shiqlarni 
kuylaganda ortiqcha cho‘zib, asarning xarakterini bo‘shashtirib yubormaslik, Tez 
sur’atli asarlarda shoshmaslik, ovoz mayinligini yo‘qotmasliga bilan birlashtirilgan 
notalarni kuylay olish. Unlilarni to‘g‘ri talaffuz etish, undosh tovushlarni burro va 
aniq talaffuz etish. Kuylaganda og‘izning yumaloq bo‘lishiga erishish. O‘zbek 
tilida ochiq talaffuz qilinadigan unlilarni “ u “ tovushiga yaqinroq qilib yumshatib 
aytish. Baqirib, qattiq va ochiq ovozda kuylashga yo‘l qo‘ymaslik. 
Xor malakalari: unisonda (birovozlikda) – dinamik tuslarga to‘la rioya qilgan 
holda, sof va tiniq intonatsiyada ta’sirchan qilib kuylash, yakka holda, kichik-
kichik guruh yoki butun sinf bilan birgalikda kuylay olish. Mazmuni va xarakteri 
turlicha bo‘lgan qo‘shiqlarni musiqa asbobi jo‘rligida va akapella tarzida ijro eta 
olish. Musiqada takt hissalarining urg‘uli va urg‘usiz ( kuchli yoki kuchsiz) 
bo‘lishi haqida tushunchaga ega bo‘lish. 3 chorakli va 2 chorakli o‘lchovlarda 
dirijorlik harakatlarini tushunish. O‘qituvchi asarda dirijorlik qilganda uning 


693 
qo‘liga qarab ko‘pchilik bilan birgalikda nafas olish, ijroni boshlash, dirijorlik 
ishorasiga amal qilgan holda ijroni to‘xtatish. 
3 – sinfda o‘quvchilar DO 1 – RE (MI) 2 diapozonidagi bir ovozli va ikki 
ovozli elemenlari bo‘lgan qo‘shiqlarni kuylaydilar. Qo‘shiq kuylashdagi holat: 1 
va 2-sinflarda olingan malakalarni takomillashtirish, kuylaganda gavda, bosh 
yelkalar, qo‘llar, oyoqlarning, shuningdek, ovoz apparatlarining erkin holatda 
bo‘lishini kuzatib borish. 
Nafasni rejaga solish: to‘g‘ri nafas olish malakalari ustida ishlashni davom 
ettirish, nafasni ko‘krak qafasiga olinishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik. Olingan 
chuqur nafasni to‘xtata olish va undan kuylash uchun tayanch hosil qila bilish. 
Ayniqsa yuqorigi va pastgi notalarni kuylaganda nafasdan tejamli foydalanish 
Tovush hosil qilish: Mardlik, jasurlik haqidagi qo‘shiqlar kabi qat’iy ohangda 
aytiladigan qo‘shiqlarni yengil, silliq, mayin va jarangdor ovozda kuylash, 
tovushning qo‘pol, dag‘al va notekis bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Og‘ir sur’atli 
asarlardagi uzun jumlalarni kuylaganda nafasni rejali taqsimlay olish. Tez sur’atli 
asarlarda nafasni shovqinsiz tez va yetarlicha ola bilish. Liga bilan birlashtirgan 
notalarni kuylash, stakatto qo‘yilgan notalalarni keskin, uzib- uzib kuylash. Unli va 
undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish malakalarni o‘stirish. Yuqori pardalarda 
ovozni yopa bilish va pastki pardalarda ehtiyotkorona bilan past ovozda, 
zo‘riqmasdan kuylash. 
Xor malakalari: Ikki ovozli elementlari bo‘lgan qo‘shiqlarni aytish. Bunda o‘z 
Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin