Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni. Barkamol avlod - 
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y.


686 
2. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Barkamol 
avlodYzbekiston taraqqiyotining poydevori.T., 1998y. 
3. R.Ilashova.Amerika maktablarida.-“Boshlang‘ich ta’lim”jurnali.2019-yil. 
4.http//elib.buxdu.uz 
AMALIY SAN’AT ASARLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNI 
ESTETIK JIHATDAN TARBIYALASH 
Shukurov Avaz Ro‘ziboyevich
Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti
“San’atshunoslik” kafedrasi dotsenti 
 
Jabborova Shahzoda Husenqizi
Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti
“Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati” I bosqich magistranti

Umumiy ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslari estetik tarbiyaning 


asosiy vositalaridan hisoblanib, o‘quvchilarni ma’naviy barkamol etib 
tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar ilmiy 
bilim asoslarini egallaydilar, borliqni o‘zlashtiradilar, bu esa ularni g‘oyaviy, aqliy, 
axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashda samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Tasviriy san’at darslari tarkidida bo‘lgan Amaliy san’at turlari va ularni 
o‘rganish mavzulari, o‘quvchilarga o‘zbek milliy amaliy san’at turlarini 
tanishtirish, amaliy san’at asarlarini yaratish jarayonini o‘rgatish va shu bilan bir 
qatorda o‘quvchilarning badiiy-estetik ongini rivojlantirish maqsadida olib 
boriladi. 
Amaliy san’at turlari va ularni o‘rganish darslari o‘quvchilarda ma’naviy 
dunyoqarashni, g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U 
fikrlash qobiliyatini, ko‘rish xotirasini, ijodiy tasavvurni, badiiy didni, estetik 
hissiyotni o‘stiradi. O‘zbek milliy amaliy san’atining har bir turi (naqqoshlik, 
zardo‘zlik,kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik, loydan turli 
haykalchalar yasash va boshqalar) o‘quvchilar ijodiy qobiliyatining o‘sishiga, 


687 
dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama 
kamol toptirishda o‘z hissasini qo‘shadi. 
Amaliy san’at uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan bo‘lib, elementar 
bezaklardan ibtidoiy odamlar turli xil asboblar, kulolchilik, kiyim-kechaklar 
zamonaviy interyerda, shaharda ko‘plab mahsulotlarning murakkab majmuasiga 
aylandi. Amaliy san’at asta –sekin atrof muhitning, ob’yektlarning keng doirasini 
o‘z orbitasiga qamrab oladi va bugungi kunda u deyarli universal bo‘lib qoldi. 
Amaliy san’atda yangi janrlar paydo bo‘la boshladi, shuningdek yangi yo‘nalishlar 
yaratildi. Ular materiallarni dekorativ qayta ishlash tehnologiyalarining 
rivojlanishi tufayli paydo bo‘ldi. 
Amaliy san’at taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyati, uning hayot muhitini 
badiiy boyitishga xizmat qiladigan estetik vazifasidir. Atrofimizdagi olam, 
yashash muhitimiz aynan amaliy san’at turlari orqali go‘zallashdi, o‘zgacha 
ko‘rinish, o‘zgacha xarakter kasb eta boshladi. Eng asosiysi bizning badiiy estetik 
qarashlarimiz, estetik didimizni belgilab beruvchi, uni rivojlantiruvchi, inson 
shaxsiyatini ko‘rsatuvchi vosita sifatida namoyon bo‘la boshladi. 
Estetik tarbiya – bu o‘quvchilarning hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi, 
jamiyatdagi go‘zalliklarini to‘liq idrok etish qobilyatini tarbiyalashdir. Go‘zallik 
kishilarning aqliga, qalbiga, irodasiga ta’sir etib, ma’naviy dunyoqarashini 
boyitadi. 
Estetikaning sonlarning ijodiy faoliyatlaridagi roli benihoya kattadir. 
Hayotga estetik munosabatda bo‘lish ilhomning asosi hisoblanib, mehnatni 
quvonch va ma’naviy zavq manbaiga aylantirishga yordam beradi. Estetik tarbiya 
jarayonida kishilarning qarashlari, his-tuyg‘ulari, didi shakllanadi. Bu shakllanish 
esa g‘oyaviy-siyosiy tarbiya bilan, ijodiy tafakkurning rivojlanishi bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
Hozirgi vaqtda maktablarimizning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda borliqni 
faqat ijodiy o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirishnigina 


688 
emas, balki ularda go‘zallik qonunlari asosida borliqni qaytadan qurish hissini 
tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizdagi har bir inson qaysi sohada ish olib 
borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘ra bilishi va tushuna 
bilishi kerak. O‘quvchilarning estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida o‘qituvchi 
ularga tabiatdagi go‘zallikni, shakllarning turli-tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarga 
quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan tasvirlab bo‘lmas rang 
birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. Bu jarayonda amaliy 
san’at namunalarining alohida o‘rni bor. Yorqin ranglar, o‘zgacha go‘zallik va eng 
asosiysi milliy qadriyatlar uyg‘unligi, o‘quvchilarda faxrlanish, vatarparvarlik va 
milliy g‘ururni shakllantiradi. Amaliy san’at asarlari bir qancha talablarga javob 
beradi: ular estetik sifatga ega; badiiy ta’sir uchun mo‘ljallangan; kundalik hayot 
va interyerni bezash uchun xizmat qiladi. Bunday asarlar kiyim kechak, libos va 
bezak matolar, gilamlar, mebellar, badiiy oynalar, chinni, fayans, zargarlik 
buyumlari va boshqa badiiy mahsulotlar hisoblanadi. 
Amaliy san’atda janrlarning rivojlanishi ijtimoiy rivojlanish, jamiyat 
hayotiga sezilarli tasir ko‘rsatdi. Jamiyatning ko‘proq qatlamlarini tobora o‘ziga
jalb qila boshladi. Ayniqsa dekorativ san’at ishlab chiqarish va ta’lim
jarayonlariga mustahkam kirib bordi, devor gazetalari, e’lonlar taxtasi, 
taklifnomalar ,plakatlar, ko‘rgazmali o‘quv qurollari va boshqalar ko‘rinishidagi 
zaruriy elementga aylandi. 
Inson badiiy–estetik didi rivojlanishida dekorativ san’atning o‘rni beqiyosdir. 
Avvalo go‘zallikni xisqilish, uni idrok etish tushunchasi, inson shaxsiyatida aynan 
atrof muhit tasirida shakllanadi. Amaliy san’at bizni o‘rab turgan muhitni estetik 
zavq beruvchi, o‘zgacha ko‘rinishga keltirishga qodir. Amaliy san’at buyumlari 
insonlarning ma’naviy kamolotida, mehnat va estetik tarbiyasida, xalq 
xo‘jaligidagi mehnatga tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Amaliy san’at va 
amaliy san’at buyumlari madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, badiiy didning 
shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. 


689 
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, Amaliy san’at va amaliy san’at 
buyumlari orqalio‘quvchilarda estetik idrok, taqdimot, estetik his-tuyg‘u 
rivojlanadi. Hissiy tajribalar to‘planadi, nutq boyitiladi. O‘quvchilar fikrlash 
jarayoni rivojlantiriladi, taqqoslash tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish 
jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat tomonidan oldimizga qo‘yilgan 
yetakchi maqsad – har bir yosh avlodning shaxsini har tomonlama kamol toptirish 
uchun mehnat, axloqiy va estetik tarbiyaning yaqin birligiga erishish ekan, bunday 
muhim vazifaning yechimi sifatida, amaliy san’at buyumlari va xalq amaliy bezak 
san’ati materiallari bo‘yicha talim jarayonida yangi o‘quv-ijodiy vazifalar tizimini 
amalga oshirishni keltirish mumkin, va bu o‘z maqsadimiz tomon yetaklaydigan 
samarali yo‘l bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin