Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   373
innovatsion

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
Mahmudov B.T. Dastgohli rangtasvirda kompozitsiya. T.:2008. 
2.
Xolmatov B. K. Kompozitsiya .- T .: O‘quv qo‘llanma “Voris-nashriyot”, 2017. 
3.
Azimov I. O‘zbekiston naqshu nigorlari. T.: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va 
san’at nashriyoti. 1987-yil. 
TASVIRIY SAN’ATDA RANGTASVIRNING O‘RNI 
Sharofiddinova Sh.X.
BuxDU PI 1-bosqich magistranti 
Badiyev M. M.
BuxDUPI texnika fanlar nomzodi, dotsent 


698 
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu 
yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi 
bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni 
hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining 
talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz 
kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo 
aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan 
erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
 
Tasviriy san'at – bu go‘zalliklar dunyosi. Uni tushunish va qabul qilishni 
qanday o‘rganish mumkin? Buning uchun eng avvalo tasviriy san'atning ifodaviy 
tilini o‘zlashtirish, uning turlari va janrlari haqida tushunchaga ega bo‘lish va 
rangtasvir texnikasi va texnologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lish lozim. 
Rangtasvir - tasviriy san’atning shunday bir turidirki, unda rang eng asosiy 
o‘rinni egallaydi. Biror yuzada bo‘yoqlar vositasida san’at asari rangtasvir 
deyiladi. 
Rangtasvir amalda yo‘nalishiga ko‘ra mahobatli, dastgohli, minityura, teatr 
rangtasvir bezagi kabi turlarga bo‘linadi. Rangtasvir yo‘nalishining har biri maxsus 
xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu - bajarish uslubi, shuningdek badiiy obraz 
talablariga ham tegishlidir. 
Rangtasvir obrazlari nihoyatda jiloli va har biri o‘ziga xotsirk Musavvirlar 
rangtasvir vositalari ko‘magida asar yaratadilar va ular har doim chizmatasvir, 
kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanadilar. Demak, rangtasvirda asosiy ifoda 
vositasi rang bo‘lib qolaveradi. Rangtasvir insonning murakkab aql - zakovatli, 
tafakkurini, tabiatda sodir bo‘lib turadigan katta - kichik o‘zgarishlarni, uzluksiz 
falsafiy g‘oyalar va fantastik obrazlarni ta’sirchan ifodalashga qodir. Hodisa, voqea 
va ko‘rinishlar doirasining to‘laligi turli yo‘nalishdagi janrlar orqali ochib beriladi. 
Rangtasvir tarixi ibtidoiy odamning g‘or devoriga chizgan rasmlaridan 


699 
boshlanadi. 
Uyg‘onish davrida inson barcha narsalar uchun taqqoslash meoni va 
rangtasvir asarlari qahramoniga aylandi. Madonna tasviri er yuzida g‘oyaviy 
kamolatning yuksak ko‘rinishi bo‘ldi. Musavvirlar realistik asarlar yarata 
boshladilar. 
Rangtasvir texnikasi uzluksiz ravnaq topa bordi. Turli syujetlar 
rangtasvirchilarni yanada o‘ziga jalb qildi. Bu esa o‘z navbatida XV asrga kelib 
janrlar turkumini keltirib chiqaradi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin