Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   373
innovatsion

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Pugachenkova G.A., Rempel L.I. «Ocherki iskusstva Sredniy Azii». Moskva. 
Iskusstva 1982. 
2. Mirzaraximov M. Problemi kompozitsii v jivopisi Uzbekistana. Tashkent, 
Shark. 2006 
3. Umarov A. «Portretnaya jivopis Uzbekistana». Tashkent «fan» 1968 g. 
4. O‘zbekiston tasviriy san’ati. G‘.G‘ulom nomidagi «Adabiyot va san’at». Nashr
Tashkent 1979. 
 
 
 
 
 
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA SAN’ATSHUNOSLIKGA OID 
MAVZULARNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR 
ASOSIDA O‘QITILISHI 


680 
Ibragimova Nigora 
BuxDUPI magistranti 
nigoraibragimova270@gmail.com
 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarining maqsadi 
o‘quvchilarning badiiy –estetik tarbiyasi bilan bogliq bo‘lib,u yoshlarni komil 
inson qilib shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at darslari 
o‘quvchilarningrasm ishlash malakalarini kengaytiradi, ijodiy qobiliyatlari, 
kuzatuvchanligini, ko‘z xotirasini rivojlantiradi. Shuningdek bu o‘quv predmeti 
o‘quvchilarda milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishda, ayniqsa axloqiy, 
vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. 
Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bu o‘quvchilarni estetik xususan, 
badiiy tarbiyalash ekan, u hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi, kishilarning 
munosabalaridagi go‘zalliklarni to‘liq idrok etishni shakllantirishdir. Zotan 
go‘zallik kishilarning aqliga, qalbiga, irodasiga ta’sir etib, ma’naviy dunyosini 
boyitadi. Hayotga estetik munosabatda bo‘lish ilhomning asosi bo‘lib, mehnatni 
quvonch va ma’naviy manbaga aylantirishga yordam beradi. Jamiyatimizning har 
bir kishisi qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar, go‘zallik va 
nafosatni ko‘ra olishi, tushuna bilishi kerak. O‘quvchilarni estetik jihatdan 
tarbiyalash maqsadida o‘qituvchi ularga tabiatdagi go‘zalliklarni, shakl va 
ranglarning turli-tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarda quvonch, hayajon baxsh 
etguvchi tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan tasvirlab bo‘lmas rang birikmalari uzoq 
vaqtlargacha ularning xotirasida saqlanib qoladi. Rasm chizish jarayonida bolalar 
narsalarning shakli, o‘lchovlari, fazodagi holati, rangi kabilarni diqqat bilan 
o‘rganadilar. Ma’lumki hozirgi kunda ta’limni innavatsion pedagogik 
texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning 
muhim xususiyatlaridan biri bu ta’lim oluvchilarni o‘qitish emas ularni mustaqil 
bilim va malakalarni egallashlariga yo‘llashdir. Bunda o‘qituvchining asosiy 
vazifasi o‘quvchilarni mustaqil ishlariga rahbarlik qilishdan iborat bo‘ladi. 


681 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning maqsadi qisqa vaqt davomida 
o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularga keng va chuqur bilim 
berish hamda tegishli malakalarni egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdan 
iboratdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga 
joriy etish zaruriyati esa quyidagi muhim omillar bilan belgilanadi: 
-O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan so‘ng yangi ta’lim mazmunini 
ishlab chiqilganligi, uning mazmuni kengayganligi va chuqurlashganligi; 
-O‘quvchilarning bilishlari va egallashlari lozim bo‘lgan ta’lim mazmuniga 
kiradigan fan, texnika va madaniyaning yangi yutuqlarga erishayotganligi; 
-O‘quvchilarning kasbiy tayorgarligiga talablarni oshib borayotganligi. 
Maktablarda zamonaviy pedagogik texnologoyalardan foydalanishning mohiyati 
va mazmunini yetarlicha tushunib yetishmayotganliklari.
Ular ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bunda tashxisli ta’limga 
aoslanish, mazkur jarayonni doimo boyitish va yangilab turish, shuningdek 
masalada turli-tumanlikka erishish, ta’lim jarayonini to‘xtovsiz tahlil qilib turish 
hamda uning mavjud pedagogik jarayonlar bilan solishtirish, ta’lim oluvchilarning 
faoliyatlarini doimiy nazorat qilish va baholash hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik 
texnologiyani muhim xususiyatlaridan biri bu ta’lim oluvchilarni o‘qitish emas, 
ularni mustaqil bilim va malakalarni egallashlariga yo‘naltirishdir. Bunda 
o‘quvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarni mustaqil ishlariga rahbarlik qilishdan 
iborat bo‘ladi. Pedagogik texnologiyaning samaradorligi esa ko‘proq o‘quv 
metodik majmualar bilan ta’minlanganliga ham bog‘liq bo‘ladi. Mazkur 
texnologiyani asosiy shartlaridan yana biri bu o‘quvchilarni pedagogik texnologiya 
nazariyasi va uni amaliyotga qo‘llash mexanizmlarini puxta o‘zlashtirib olishlari 
hisoblanadi. O‘rni kelganda shunday qayd qilish lozimki, hozirda oliy pedagogik 
ta’lim tizimida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni zamonaviy texnologiyalar bilan 
qurollantirishga yetarli e’tibor berilmayapdi. Bu esa o‘z o‘rnida mazkur 
muammoni maktablarda muammoligicha qolishiga asosiy sabablardan biri bo‘lib 


682 
qolmoqda. Pedagogik texnologiyaning samaradorligi ko‘p jihatdan badiiy ta’lim 
jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlab ularning faolligini 
oshirishga 
bog‘liqdir. 
Mashg‘ulotlarda 
o‘quvchilarning 
ehtiyojlari 
va 
manfaatdorliklarini hisobga olish muhimdir. Buning uchun birnchi galda u tasviriy 
san’at asoslarini egallash, uning har bir shaxs uchun qanchalik muhim ekanligi, u 
kishilarning hayotida qanchalik kerak bolishi haqida to‘liq tushuncha hosil qilishi 
lozim. Ayniqsa, tasviriy san’atni kishilarga hayotni bilishga yordam berishi, tarixni 
bilishga ko‘maklashishi, tabiatni, borliqdan zavq olishga, dam olish va xordiq 
chiqarishga yordamlashishi, ko‘rish xotirasi,kuzatuvchanlikni o‘stirishi, tasavvur, 
tafakkur va ijodkorlikni rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatishi haqida keng 
hamda asosli ma’lumotlar berilishi maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida 
zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish degani bu har bir darsda mavjud 
texnologiyani qullash shart degani emas. U dars mavzusi, uning mazmuni darsdagi 
sharoitlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tadbiq qilinishi mumkin. 
Xususan, tasviriy san’atni o‘qitishda ko‘p yillar davomida o‘qituvchilar 
tajribasidan o‘tgan hamda yuqori natijalar berib kelayotgan texnologiyalar ham 
borki, ularni bir chetga surib qo‘yib, uning o‘rniga zamonavy deb atalayotgan va 
o‘qituvchi tajribasidan sinovdan o‘tmagan texnologiyani darsga tiqishtirish katta 
xatodir. San’atshunoslik asoslari mashg‘ulotlariga 5-6-7-sinflarda katta o‘rin 
ajratilgan bo‘lib, u o‘quvchilarda badiiy madaniyatni shakllantirishni maqsad qilib 
qo‘yadi. San’atshunoslik asoslari mashg‘ulotlari tasviriy, amaliy, me’morchilik 
san’atlari nazariyasi va tarixi, mashhur rassom, amaliy san’at ustalari, 
me’morlarning hayoti va ijodini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. San’atshunoslik 
asoslari mashg‘ulotlarining 5-6-7-sinflardagi xususiyatlaridan biri shundaki, bunda 
nazariy mashg‘ulotlar amaliy ishlar bilan mustahkam aloqada olib boriladi. 
Xususan, tarixiy janr yuzasidan suhbat o‘tkazilgandan so‘ng tarixiy mavzularda 
rasm ishlaydilar. Shuningdek, bolalar amaliy ishlarda tasviriy san’atning tur va 
janrlari, tasviriy san’atning nazariy asoslariga doir olgan bilimlaridan 


683 
foydalanadilar. Natijada, nazariy bilim va malakalar mustahkamlanadi. 
San’atshunoslik asoslarini o‘qitisda didaktikaning ilmiylik, muntazamlik, va 
ketma-ketlik, ta’lim va tarbiyaning birligiprinsiplariga rioya qilishni talab etiladi. 
Ayniqsa, bunday mashg‘ulotlarni ko‘rgazmaliksiz o‘tkazish mumkin emas. 
San’atshunoslik mashg‘ulotlarida san’at asarlarining reproduksiyalari, foto 
nusxalaridan, slaydlardan, vidiofilmlardan fodalanish dars samaradorligini beradi. 
Shu bilan birga viloyat markazlaridagi o‘lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan 
san’at asarlari, shahar va qishloqlardagi yodgorlik haykallar va me’morchilik 
obidalari, tasviriy san’atdan joylarda tashkil etilayotgan ko‘rgazmalardagi san’at 
asarlarining asl nusxalari bilan tanishtirib boorish muhimdir. San’atshunoslik 
mashg‘ulotlarini ma’ruza shaklida emas, ko‘proq savol- javob, munozara, o‘yin 
tarzida tashkil etilishi o‘quvchilarni faollashtiradi, materialni puxta o‘zlashtirishga 
yordam beradi. San’at asarlarini o‘rganish va tahlil qilish maktabda tasviriy 
san’atni o‘qitishning bosh vazifalaridan biri hisoblanadi. Tasviriy san’at asarlarida 
mavzu, syujet, g‘oya, badiiy uslub, obrazlar, personajlar bo‘lib, asardagi voqeaning 
davri, voqeasi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
San’at asarini tahlil etishda:
1. Asarni yaratish tarixi (mavzu tоpish va material yig‘ish).
2. Asarni syujeti (syujetni tоpish va uni ifоda etish).
3. Asarni g‘оyasi (asardagi g‘оyaviy mazmunni belgilash, yaratish).
4. Asarni badiiy uslubi (uni qanday uslubda, metоdda ishlanishi).
5. Asar taqdiri (asar hоzirgacha qanday, qaerda saqlanmоqda) asоsida 
o‘rganiladi. Rangtasvir asarlari o‘zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko‘ra 
mоnumental, dastgоh, dekorativ va miniatura asarlariga bo‘linadi. 
San’at asarini bunday tahlil qilishda avvalambor o‘qituvchii rasm ishlay 
olishi, asarni to‘g‘ri talqin etishi va uni boshqalarga tushuntira olishi zarur. Biror 
san’at asarini tahlil qilganda, o‘qituvchi bolalarga quyidagi savollarni har xil 
innavatsion pedagogik texnologiyalar asosida berishi mumkin. Asar muallifi kim? 


684 
Asarda kim yoki qanday voqea tasvirlangan? Asarda yilning qaysi fasli 
tasvirlangan? Asar nomi nima? Asarda kunning qaysi vaqti tasvirlangan? Rassom 
o‘z asari bilan qanday g‘oyani ifodalagan? Rassom qaysi yo‘nalishda ijod qilgan? 
Asar qaysi janrda ishlangan? Bunday mashg‘ulotlarda bolalar suratlardagi 
obrazlarni tushunib yetadigan, asarning mazmunini o‘qiy oladigan, ularnining 
ifodaliligini, badiiy vositalarini anglab etadigan, haqiqiy san’at asarlarini oddiy 
rasmdan farqini ajrata oladigan bo‘ladilar.San’atshunoslik asoslari mashg‘ulotlari 
samaradorligini oshirishda dars mavzusiga doir san’at asarlari tanlanadi. Bunda bir 
qator talablarga rioya qilish muhim. Ular asarlarning yuksak badiiy saviyada 
ishlanganligi, 
mazmunini 
o‘quvchilarga 
yaqin 
bo‘lishligi, 
shunindek 
reproduksiyasi a’lo sifatda bajarilgan bo‘lishi kerak. Tasviriy san’at asarlarini 
o‘rganish va tahlil qilishda dars mavzusiga oid reproduksiyalar ko‘paytirilgan 
nusxada asarlar haqida aniq ma’lumotlar bilan birgalikda o‘quvchillarga 
tarqatiladi. Bunda o‘quvchilar reproduksiyalarni ko‘zdan kechirib, tahlil shartlari 
bo‘icha o‘z fikrlarini bayon etadilar. San’atshunoslik mashg‘ulotlari interfaol 
usulda olib borilishi o‘quvchilar faolligini oshiradi, dunyo qarashi kengayib, 
ma’naviyati yuksaladi. Tasviriy san’at darslarining san’atshunoslik mash’ulotlarida 
milliy o‘zbek san’atini, uning badiiy an’analarini ayrim mashhur o‘zbek tasviriy, 
amaliy, me’morchilik san’atlari ustalarining hayoti va ijodini, O‘zbekistondagi 
yirik san’at muzeylarni bilishi tasviriy san’at fani vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Bundan maqsad milliy san’at vositasida o‘quvchilarga badiiy ta’lim berish bilan 
bir qatorda ularda shaxsni estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini amalga 
oshirishdan iboratdir. Ayniqsa yoshlarimiz qadimgi Misr, Yunoniston, Hindiston 
me’morchiligi, Iroq, Turkiya miniatyura rangtasvir asarlari, Yevropada uyg‘onish 
davri rangtasviri, G‘arb mamlakatlarining tasviriy san’ati namunalarini 
o‘rganmasdan turib, badiiy madaniyatli shaxs bo‘lolmaydi. San’atshunoslik 
mashg‘ulotlari mavzulari turlicha bo‘lganligi sababli zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar asosida darsni olib boorish samarali bo‘ladi.


685 
Masalan, san’atshunoslik mashg‘ulotlari mavzulari quyidagicha bo‘ladi: 
1.Tasviriy, amaliy yoki me’morchilik san’atlarining turlari va janrlari. 2.San’atning 
u yoki bu turida oqim va yo‘nalishlardir. 3. U yoki bu rassom, amaliy san’at ustasi 
yoki me’morning hayoti va ijodi. 4. U yoki bu davr san’ati. 5. Tasviriy, amaliy, 
me’morchilik san’atlarining nazariy asoslari (kompozitsiya, yorug‘-soya, 
rangshunoslik, perspektiva) Sanatshunoslik mashg‘ulotlarining muvaffaqiyati kop 
jihatdan ularni turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni qo‘llash 
orqali o‘tkazilishiga ham bog‘liqdir. Xususan, bunday mashg‘ulotlardan bolalarga 
san’at asari haqida insho yozish, san’at turlari yoki janrlariga oid reproduksiyalar 
yig‘ish, taniqli rassom haqida materiallar to‘platish, krosvordlar yechish, albomlar 
tayyorlash mumkin. San’atshunoslik mashg‘ulotlarida axborot texnologiyalaridan 
foydalanish, dars jarayonida qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bunda Power Point 
dasturda yaratilgan dars taqdimotlarida slaydlar yirik holda namoyish etilishi, ular 
orasida vidoifilm, musiqali namoishlar, dizayn, animatsiyalar tasviriy san’at 
asarlarini ya’na ham chuqurroq o‘zlashtirishga, darsning mazmunli va qiziqarli 
o‘tishini ta’minlaydi. Albatta tasviriy san’at o‘qituvchisi Power Point dasturida 
ishlashni puxta o‘zlashtirishi va oquvchilar yoshiga mos, tarbiyaviy ahamiyatga 
ega bo‘lgan san’at asarlari reproduksiyalarini tanlay olishi zarur. Taviriy san’at 
o‘qituvchisi tasviriy san’at tarixi haqida keng ma’lumotga ega bo‘lishi, tasviriy 
sanat ta’limiga oid yangi adabiyodlar bilan tanishib borishi, AKT savodxonligi 
bo‘lishi zarur. Tasviriy san’at darslarida san’atshunoslik mashg‘ulotlari zamonaviy 
pedagagogik texnologiyalar asosida , interfaol usullarda, axborot texnologiyalar 
asosida olib borilishi, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli barkamol shaxslar bolib 
yetishishida poydevor vaifasini o‘taydi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin