Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


partiyasini mustaqil kuylay olish va ayni paytda ikkinchi partiyadagilar ovozini



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   373
innovatsion


partiyasini mustaqil kuylay olish va ayni paytda ikkinchi partiyadagilar ovozini 
eshitib, kuzatib borish. Yakka xolda, guruh yoki butun sinf bilan akapella 
qo‘shiqlarini kuylash. Ovozda asarning mazmuni va xarakterini ochib berishga 
intilish. O‘zi va o‘rtoqlarining ijrosiga to‘g‘ri baho bera olish. Ijroda yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklarni sezish va tuzatish. To‘rt chorakli o‘lchovdagi dirijorlik harakatlarni 
bilish, ishoralarga mos kuylash. 


694 
Shunday qilib, o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida vokal-xor malakalarini shakllantirish darsda jamoaviy aytim 
faoliyatini samarali tashkil etishga, qo‘shiqlarning badiiy, ifodali ijrosini 
ta’minlashga katta yordam beradi. 
Adabiyotlar: 
1.
N.Nurmatov, N.Norxo‘jayev. Musiqa. 3-sinf uchun darslik. Toshkent- 2019. 
2.
Oqilxon Ibrohimov. Musiqa .4-sinf uchun darslik. Toshkent -2020. 
3.
Рахимов Равшан Наимович .Cпособы развития навыков понимания музыки // 
Наука, техника и образование. 2021. №2-2 (77). 
4.
Рахимов Р.Н.Pоль музыкального образования в развитии личностипроблемы 
науки№ 1 (60), 2021 
5.
Мустафоев Б. Умумий ўрта таълим мактабларида мусиқа (методик 
қўлланма). Бухоро. 2013 й. 26-27-бетлар. 
6.
Соипова Д. Мусиқа ўқитиш назарияси ва методикаси. (Ўқув-методик 
қўлланма). Т. 2009 й. 219-бет. 
7.
Каримова Д. А. Мусиқа ўқитишнинг инновацион технологиялари. (Ўқув 
қўлланма) . – Т. 2011 й. 2-бет. 
TASVIRIY SAN’ATDA KOMPOZITSIYA IBORASINING TALQINI 
Ibadullayeva Shaxnoza Ilxamovna 
Buxoro davlat universitetining pedagogika 
 instituti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
D. E. Abdikarimov 
Buxoro davlat universitetining pedagogika 
 instituti Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi ta’lim yo‘nalishi I kurs talabasi
Kompozitsiya fani tasviriy san’atda muxim o‘rinlardan birini egallaydi. 
Darvoqe, kompozitsiya nafaqat tasviriy san’atda balki san’atning barcha 
sohalarida, teatr, kino, haykaltaroshlik, amaliy san’at, me’morlik kabilarda ham 


695 
ma’lum bir mushoxada, baxs va munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Zero, bu 
fan soxasida yaratilgan barcha san’at turlarining o‘rni o‘zgacha. Kompozitsiya fani 
ham o‘z tarixiga ega bo‘lib, turli davrlarda turlicha talqin etilgan. Bahs, 
munozaralar mazmunini xulosa qilib, asar goyasini yuzaga chiqarish 
Kompozitsiyaning asosiy maqsadini ifoda etadi. “Kompozitsiya” tushunchasining 
san’atga kirib kelishi muayyan sharoit va ma’lum shartlar asosida shakllangan. 
Tarixiy dalillarga nazar tashlab, yunonliklar tarixiy davrini kuzatsak, ular
dastlab kompozitsiya iborasini sportda qo‘llashganligi va sport maydonchasiga 
chiqayotgan ikki kurashchining bir-biriga to‘g‘ri kelmayotgan kurashish
usullarini yagona qoidaga bo‘ysundirish, kelishtirish hamda yarashtirish deb 
e’tirof etishgan. Lotin yozuvlarida esa bu ibora qarama qarshi qo‘yish, bir —biriga 
qo‘shish, bo‘laklarni yagona qonun ostida xizmat qilishini ta’minlash deb 
anglashilgan. Biz ham yuqorida keltirilgan asoslarga amal qilgan tarzda, 
yaratilayotgan “kompozitsiya” tushunchasini (tasviriy san’atda) tarqoq bo‘lgan 
barcha predmetlarini tashqi va ichki tomondan yagona maqsadga xizmat qildirib, 
aniq shakldagi g‘oyani yuzaga chiqarish deb tushunamiz. 
Kompozitsiya hayotda o‘z qonunlari bilan amal qiladi. Kompozitsiya 
qonunlari barcha jismlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning qay darajada 
murakkabligini hisobga oladi hamda yagona yaxlitlikka ega ekanligini, turmushda 
faqat inson hayotida emas, balki hayvonot olamida, o‘simlik dunyosida ham 
muhimligini o‘rganadi. Misol tarzida biror o‘simlikni tasvirlash uchun muayyan 
kompozitsiyani kuzatishimiz kifoya. O‘simlik kompozitsiyasi bo‘lishi uchun 
barglar, tana va ildizdan iborat bo‘lgandagina, u yagona o‘simlik kompozitsiyaning 
hosil qila oladi. Shuningdek, inson ham qo‘l — oyoq, gavda, boshi va kiyimlari 
bilangina portret kompozitsiyasi tarzida tasvirda namoyon bo‘ladi. Yuqorida qayd 
qilinganlarning barchasi ilgari surilgan g‘oyani yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
Tabiatda kompozitsiya o‘z qonunlari bilan amal qilib, ular simmetriya, ritm 
va yaxlitlikdan iborat. Yaxlitlik — tasvirning g‘oyaviy qurilishida aks etsa, 


696 
simmetriya qurilgan tasvirning o‘ng va chap tomonlari muvozanatini ta’minlaydi. 
Ritm esa bir yoqi bir nacha unsurlarning ma’lum bir masofada bir xil takrorlanishi 
ko‘zga tashlanadi. Shu bois xam kompozitsiyani bu qonunlarsiz tasavvur eta 
olmaymiz. Ijod qilish jarayonida, u go‘zallikni to‘la his qiladi, nozik ehtiroslar 
og‘ushida, kuzatayotgan obyektning naqadar nafis, jozibali ekanligini his qilgan 
holda, ko‘ngilni ko‘taruvchi xususiyatlarga boy tarzda tasvirlaydi. Muallif 
yaratayotgan san’at asarida butun vujudi bilan estetik ta’mni ta’minlaydi. 
Kompozitsiya yaratish uchun juda ko‘p kuzatish zaruriyati tug‘iladi, faqat 
shundagina orzu—istak yagona mavzu ostida namoyon bo‘ladi. Kuzatish natijasi 
sermahsul bo‘lishi uchun, to‘gridan to‘g‘ri chizavermaslik, mavzuni to‘g‘ri tanlay 
olishi, unsurlarni o‘z o‘rnida ishlatishni talab etadi. Bunday holat tasviriy san’at 
kabi adabiyotda, teatr va boshqa san’at turlarida ham amal qiladi. Kompozitsiya 
tanlovi o‘zgacha sezgi hosil qilib, badiiyligi bilan o‘ziga torta bilishi kerak. 
Bunday holat san’atning barcha turlariga teatr, kino, me’morchilik, 
haykaltaroshlik, musiqa, adabiyot, uchun ham taalluqli. Kompozitsiyaning 
qonunlari turli san’at turlarida turlicha qabul qilinadi, lekin bu qonunlar qachon, 
qayerda bo‘lmasin xamma vaqt bir — biriga bo‘ysunadi. Tasviriy san’atda 
kompozitsiya o‘z zaminida badiiy shakl orqali hajm va bo‘shliq, simmetriya va 
assimetriya, masshtab, ritm, nisbat, kontrast, nyuans, perspektiva, guruhlanuvchi 
qismlar va rangli yechim kabilarning qonunlariga bo‘ysunadi. 
«Kompozitsiya» iborasi ko‘p holatlarda ko‘p qomatli kartinalarda 
qo‘llaniladi. Haykaltaroshlik asarlarida, xam ayrim paytda narsaning o‘ziga qarab 
chizish hollarida, etyudlarda ham ishlatiladi. Aynan shu yerda muallifning 
mahorati darhol ko‘zga tashlanib, motiv, g‘oya detallarning joylashuvi, o‘lchamlar, 
format tanlovi kabilar o‘z o‘rnida rang va tuslarning yetkazilishi bilan bog‘liq 
bo‘ladi. «Kompozitsiya» bir tomondan nazar solinsa, san’at asari yaratish 
davomida boshidan oxirigacha ish jarayonidir, ikkinchi tomondan esa turli uslublar 


697 
yordamida asar mazmunini ochib beruvchi fan bo‘lib, o‘zining qonunlari, uslub, 
tartib, yaxlitlik, g‘oyani vujudga chiqarish kabi qoidalarga bo‘ysunadi. 
Xulosa qilib aytsak, kompozitsiya bajariladigan ishning 
boshidan oxirigacha o‘ylab ko‘z oldiga keltirilgan g‘oyaviy mazmunni bosh yoki 
ikkinchi darajali ekanligini yuqori darajaga ko‘tarishdan iborat ekan. Bu borada 
qator misollarni nazarda tutamiz: Leonardo da Vinchi «Sirli oqshom», Rafael Santi 
«Sikstin madonnasi», Karl Bryullov «Pompeyning so‘nggi kuni», Ilya Repin, 
«Dostoyevskiy» portreti, Raxim Axmedov «Buvi va nevara» portreti, Bahodir 
Jalolov «Raqsning tugilishi» kartinalari, Mikelandjelo «David», Etyen Falkone 
«Mis chavndoz», V.I. Muxina «Ishchi va dexqon», Ilhom Jabborov «Amir Temur» 
xaykallari kompozitsiyaning barcha qonunlarini o‘zida yorqin mujassam etgan. 
«Kompozitsiya» fan sifatida rangtasvir, qalamtasvir, xaykaltaroshlik, san’at tarixi 
va estetika kabi fanlar bilan chambarchas ravishda o‘zining rivojlanish yo‘lini 
o‘tab kelmoqda. «Kompozitsiya» fani talabalar uchun aniq qonunga amal qilgan 
holda har xil mavzularda, turli janrlarda aniq g‘oyali kartinalar yaratish vazifasini 
qo‘yadi, shuningdek, olingan nazariy va amaliy bilimlarni sinab ko‘rish imkonini 
yaratadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin