722
tarbiyalash,
davolash, ranglar jilg‘asi orqali falsafiy fikr yuritish, rang orqali
insonlarning ichki dunyosini anglash va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi
mavqeyi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda. Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan
arboblari muayyan darajada ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajribalarni ham o‘tkazib
kelishmoqda. Shuning uchun ham san’at olami keng qamrovli, juda turli sohalar va
tarixga boy hisoblanadi.
Insonlarni ilhomlantirib, ish qilishiga undaydigan narsa
san’at va uning turlari hisoblanadi.
Tasviriy san’atni o‘qitishda g‘oyat murakkab jarayonlar sodir bo‘ladiki, bu
davrda o‘qituvchi bir necha metod va uslublardan foydalanadi. Zamonaviy
o‘qituvchi yoshlarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini asosan dars davomida
shakllantirib amalga oshirishimiz lozim. Dars jarayonida yangicha zamonaviy
interfaol usullar va texnologiyalardan foydalangan
holda ularning faolligini
oshirish lozim. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik printsipidan foydalanish ham yaxshi samara
beradi. Tasviriy san’at darslarini samarali va qiziqarli olib borish uchun o‘qituvchi
avvalambor kreativ bo‘lishi, interfaol usullar va texnologiyalardan o‘z o‘rnida
foydalanib bilishi kerak. Avvalo, o‘qituvchi o‘quvchilarni yangi darsga, yangi
o‘quv materialiga olib kirishi, tayyorlashi uchun yangi pedagogik texnologiyaning
motivatsiya deb ataladigan didaktik jarayonidan foydalanishi kerak.
Yuqorida aytib o‘tilganidek tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarda ijodiy
faolligini rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik usullaridan foydalanish ham yaxshi
samara beradi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha
bir nechta fanlar bilan, masalan;
musiqa, texnologiya, tarix, adabiyot , informatika (masalan; musiqa asarlari
eshitib rasm ishlash, tasviriy san’at va musiqa o‘rtasida aloqa o‘rnatish),
adabiyot (she’riy satrlar o‘qish, topishmoq, ertak, illyustratsiyalar chizish),
tarix
(san’at asarlari yaratilishini o‘rganish, tarixiy voqealar, mavzuli voqeaband
mavzularni
o‘rganishda
janglar
tasviri
va
hokazo),
texnologiya
(o‘yinchoqlar, kelgusida naqsh ishlash uchun idishlar, qutichalar yasash),
723
informatika fanlari bilan bog‘liq grafik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tasviriy san’atni o‘qitish texnologiyasida asosiy o‘rinni uni o‘qitish didaktikasi va
metodikasi egallaydi. Chunki metodika va didaktika maktab tasviriy san’atidan
0’quvchilarga bilim-malaka berishning eng asosiy va oxirgi pedagogik usuli
sanaladi.
O‘quvchilarga bilim-malaka berishni eng osonlashtiradigan vosita-bu
ko‘rgazmalar vositasida o‘qitishdir. Tasviriy san’atni o‘qitishda kо’rgazmalilik
prinsipi boshqa barcha o‘quv fanlaridan ko‘ra ahamiyatli va samarali bo‘lib xizmat
qiladi. Tasviriy san’atni o‘qitishda kо’rgazmalilik
prinsipi boshqa barcha o‘quv
fanlaridan ko‘ra ahamiyatli va samarali bo‘lib xizmat qiladi.
Tasviriy san’at darslarining hamma turdagi dars mashg‘ulotlarining
mavzulari
birgina emas, bir necha ko‘rgazma bo‘ishini talab qiladi. Masalan,
“Qush rasmini chizish” mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan dars mashg‘uloti uchun,
eng avval, biron-bir qushning tulumi bo‘lishi, uning 3-4 bosqichda ishlangan
tayyor rasmini, so‘ngra o‘qituvchining o‘zi sinf doskasida qushning to‘la va
bosqich asosida ishlangan tasvirini ko‘rsatishi talab qilinadi. (1.1-rasm) Yoki
boshqa mavzularda (natyurmort, manzara va h.k) ham shu usulni ko‘rsatish
mumkin. (1.2-rasm)
O‘qituvchining o‘z qo‘li bilan tayyorlagan ko‘rgazma materiali va sinf
doskasida dars materialini bayon etish davrida yaratiladigan, chizib ko‘rsatiladigan
rasmlari, ko‘rgazma materialining eng faol va eng samaralisi bo‘lib hisoblanadi.
Shu boisdan tasviriy san’at fani o‘qituvchisi sinf doskasida juda chiroyli
ishlay olishi, uning chizgan rasm-tasvirlari, yozuvlari qoyil qoladigan darajada
bo‘lishi
bilan birga, o‘qituvchi har qanday mazmundagi kompozitsiyani juda
osonlik bilan, juda chiroyli ishlashi va dars jarayonida sinf doskasida chizayotgan
rasmi og‘zaki bayoni bilan bevosita bog‘lanib borishi lozim. Bunday holat
o‘quvchilaming diqqatini o‘ziga tortib, uning barqarorligini ham ta’minlaydi.
Shuningdek, o‘quvchilarning o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat-e’tibori va hatto
724
rassomchilik kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbati ham orta boradi.
Dostları ilə paylaş: