Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Musiqa darslari quyidagi spesifik (maxsus) xususiyatlari bilan farq qiladi



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   373
innovatsion

 
Musiqa darslari quyidagi spesifik (maxsus) xususiyatlari bilan farq qiladi: 
 
Birinchidan, musiqa tarixi, musiqa ijrochiligiga doir namunalar, xor 
mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar 
cholg‘u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlridan iboratdir. 
Shuning uchun musiqa darsi aralash dars tipiga kiradi.
 
Ikkinchidan, musiqa boshqa san’at turlaridan o‘zining ifoda vositalari, “tili” 
bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot badiiy so‘z bilan, tasviriy san’at ranglar va 


736 
grafik chiziqlar balan, raqs esa badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy 
tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. 
 
Uchinchidan, musiqa o‘quvchilarga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi, 
quvontiradi, ijobiy kechinmalar uyg‘otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa 
darsida o‘quvchilar quvnoq, xursand bo‘lib hordiq chiqaradilar.
 
Musiqa o‘quvchilarni ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib muayyan kayfiyat 
uyg‘otadi. Shakllangan badiiy taassurotlar o‘qituvchi ta’sirida nafaqat ifodali ijro, 
balki “so‘z” san’ati, yuz ifodasi, turli harakatlar yordamida yanada kuchaytiradi. 
O‘quvchilar diqqati yangrayotgan musiqaga jalb etilib, ularning xayoloti 
rivojlantiriladi. Musiqiy obrazlar olamiga kirishishlari ifodalilikni aniq his 
etishlariga erishiladi. 
 
Musiqa darsida barcha maqsad va vazifalar, mazmun va tuzilma, vosita 
hamda metodlar o‘ylangan bo‘lishi kerak. Aks holda hech qanday ijobiy natijalarga 
erishib bo‘lmaydi. Darsga tayyorgarik o‘qituvchining pedagogik malakasi, 
mahoratiga bog‘liq. Bu esa musiqa materialining tarbiyaviy, ta’limiy va 
rivojlantiruvchi imkoniyatlarini, shuningdek ularni tadbiq etish yo‘llarini 
ta’minlaydi. Asarlarni tanlab olish esa o‘quvchilar musiqiy tayyorgarligini hamda 
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirishi maqsadga muvofiq 
sanaladi. 
 
Boshlang‘ich sinflarda kichik yoshdagi o‘quvchilar diqqatini uzoq vaqt 
barqaror saqlay olimaydi. Shu bois ularning faoliyatini o‘z vaqtida almashtirib 
turish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘quvchilarning qiziqishlarini so‘nishidan 
saqlaydi. Dasturda ko‘rsatilgan murakkab qo‘shiqni bir necha dars davomida 
o‘rgatish samarali kechadi. Dars davomida o‘quvchilarga murakkab musiqiy ritmik 
harakatlar o‘rgatishdan so‘ng qo‘shiq kuylashga o‘tish maqsadga muvofiq emas. 
Shuningdek, jadvalda musiqa darsining o‘rnini ham ya’ni o‘sha kunda bu 
mashg‘ulot nechanchi soatda o‘tilishini ham hisobga olish muhim. Kunning 
so‘nggi soat darslarida o‘quvchilarning charchab qolish holatlari ko‘rish mumkin. 


737 
Shuning uchun turli xil musiqiy faoliyat turlarini almashtirib, o‘quvchilarning 
qiziqishlarini uyg‘otuvchi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.
 
Dars oldindan rejalashtirilsa o‘ylab qo‘yilgan reja asosida bo‘lmog‘i, 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlik faoliyati doimiy jonli jarayon asosida 
amalga oshirilishi kerak. O‘qituvchining kasb mahorati, o‘zini yo‘qotmasdan har 
bir holatga tegishli xulosa chiqarishini taqozo etadi. Tajribali o‘qituvchilar yaxlit 
dars tuzilmasiga alohida ahamiyat berishadi. Zero, darsning turli eelementlari: 
bosiqchlari o‘zaro uyg‘un va bir-biri bilan bog‘liq holda bo‘ladi. Turli metodlar 
ya’ni asarni taqqoslash (T-sxemasi), Senkveyn metodi hamda Venn diagrammalari 
orqali o‘qituvchi o‘quvchilarni ijodiy topshiriqlar orqali faolligini oshiradi. 
 
Bugungi kunda zamonaviy musiqa o‘qituvchisi darslarda musiqa asarlarini 
eshittirishda texnik vosita hamda audio (MP3) yozuvlarsiz tasavvur qilishi qiyin.
 
Bu vositalar o‘quvchilarning har bir musiqa cholg‘ularinig jaranglashi va 
ovozning ifodaliligini idrok etish tasavvurlarini kengaytiradi. Fonoxrestomatiya 
(audio yozuvlar jamlanmasi) esa o‘qituvchida qo‘shiq o‘rgatishni yanada qiziqarli 
qilishda yordam beradi. 
 
Keyingi paytlarda musiqa darslarida turli xil ko‘rgazmali vositalardan keng 
foydalanilmoqda. Bular illyustratsiya (
koʻrgazmali tasvirlash
), turli tasviriy 
manzaralar darsda tasviriy san’at, so‘z san’ati namunalaridan ham unumli 
foydalanishni nazarda tutiladi. Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar musiqiy 
qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ko‘rgazali vositalardan foydalanish muhim. Nota 
yozuvlari yordamida o‘quvchilarda nota asosida kuylash malakalari shakllanadi. 
Qo‘shiq kuylash tezroq o‘zlashtirishiga erishiladi. Tovushlarni to‘g‘ri va toza 
kuylash, eslab qolishlarga yordam beradi. Musiqa darsida texnik va ko‘rgazmali 
vositalarni tadbiq etish chuqur o‘ylangan bo‘lishi kerak. Ulardan unumli 
foydalanish musiqa tarbiyasi vazifalarini hal etishida muhim rol o‘ynaydi. 
Umumta’lim maktabida musiqa darslarida puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni 
samarali yetkazish o‘qituvchidan doimiy – ijodiy yondashuvni, kasbiy tajribalarini, 


738 
bilim, malaka va ko‘nikmalarni faol tadbiq etishni taqozo etadi. O‘qituvchi 
ijodining natijasi bo‘lgan dars g‘oyaviy emotsional ta’sir kuchiga ega bo‘lib, 
o‘quvchi ichki dunyosini zabt etib, musiqa san’atiga qiziqish va ehtiyojini 
tarbiyalaydi. 
 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkimki, musiqa madaniyati darsida 
o‘qituvchining mahorati har tomonlama yuksak darajada bo‘lishi o‘ta muhim 
hisoblanadi. Uning asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini tushuntirib berishi, 
o‘quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa san’ati olamiga olib kirib, badiiy hamda 
ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin