9-7BTUS-20 guruh talabasi Asadova Gulnozaning ona tili o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishi
1.2.Ona tili va o‘qish savodxonlidi fanini yangicha metod bilan o’rganish. «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligi matnlarning bolalarbopligi, qiziqarliligi, integratsyaviyligi va hayot bilan bog‘langanligi bilan oldingi draslardan ahamiyatli hisoblanadi.Agar har bir o‘qituvchikichik o‘quvchilarni matn ustida uzluksiz ravishda namunadagidek ishlata bilsa, bolalar ham bunga asta-sekinlik bilan o‘rganib boradilar va ularda badiiy asarlar bilan ishlash borasida istalgan ko‘nikma hosil bo‘ladi. Natijada bola shaxsida fikr kishisi shakllanadi. Fikr kishisi hech qachon o‘zgalarga ko‘r-ko‘rona ergashmaydi, munosabat bildirish kerak bo‘lganda jim turmaydi. O‘qituvchi bolalarda shunday sifatlarni shakllantirishga da’vat etilgan shaxsdir. Buning uchun, avval, uning o‘zi shunday sifatlarniegallagan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi o‘zida yo‘q narsani o‘quvchisiga berolmaydi.O‘zbekiston Respublikasi Xalqta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalqta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yichaqo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5538-sonFarmoniijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy doidalarda mavjud darsliklarning eskirganligi, yangi avlod darsliklarini yaratish lozimligi borasida ko‘rsatma beriladi. Darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yo‘qligi ularni yaratish va nashrqilishni monopollashtirishga omil bo‘libqolmoqdahamda ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta’sir etayotganligi, davlat ta’lim standartlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligigaqaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini asosan axborotni yodlash va bayonqilishgaqaratilgan bo‘lib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlilqilish ko‘nikmalari va boshqa malakalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotganligi ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek, foydalanilayotgan darsliklar sifatini oshirish, xorijiy o‘quvqo‘llanmalariniqo‘shimcha yoki muqobil o‘quv materiallari sifatidaqo‘llash amaliyotini yo‘lgaqo‘yish fursati kelganligi ham ta’kidlab o‘tiladi.2021-yil sentabrdan birinchi va ikkinchi sinflariga qo‘llanilishi boshlangan Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi ushbu talabni bajarish uchun tashlangan qadamdan biri bo‘ldi.Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. O‘qish savodxonligini o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, ya’ni tilning muloqot vazifasi birlamchi hisoblanib, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e’tiborda bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda tamoyillar belgilangan bo‘lib, 4-tamoyilda o‘qish savodxonligi doirasida o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday uslubdagi matnni o‘qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmasini oshirish nazarda tutilganligi ko‘rsatib o‘tilgan.O‘qish savodxonligi –jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir.O‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir. Ushbu nuqtayi nazar o‘quvchilarning o‘qishdan olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko‘proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.O‘qish savodxonligiga o‘rgatishda konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko‘plab o‘qish nazariyalariniaks ettiradi. O‘quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o‘quvchi va matn orasidagi muloqot orqali (shuning uchun ham bu jarayon interaktiv deyiladi) o‘quvchi ma’noni yaratadi (shuning uchun ham bu jarayon konstruktiv inglizcha «construct» –yaratmoq deyiladi). O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma’no yaratadi, matn ustida mushohadayuritadi va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnnisharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular an’anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni ham o‘z ichiga oladi.
Aslida, o‘qish savodxonligining rivoji odamlarning nima sababdan o‘qishlari bilan bevosita bog‘liq. Umuman olganda, bu sabablar zavqlanish va shaxsiy qiziqish uchun o‘qishni yoki ta’lim va jamiyat hayotida munosib ishtirok etish uchun axborotgaehtiyojmandlikni o‘z ichiga oladi.Odatda barcha bolalar uchun atrof-olamni bilishga bo‘lgan qiziish hammavaqt ham yuqori darajada bo‘ladi. Ular har bir narsani ushlab ko‘rishni, u haqda ma’lumotga ega bo‘ishni istashadi. Yon-atrof bilan bog‘liq ma’luotlarni egallashga harakat qilishadi.Matn (hikoya, ertak, she’r, xabar, ma’lumot) ga bo‘lgan qiziqish ham jajji bolaljonlarning tabiiy qiziqishidan kelib chiqadi. Ular kitobdagi rasmni, unda aks etgan voqealarni anglashga, bilishga, ma’lumotlarni egallashgaurinishadi. Faqatgina bu jarayon to‘g‘ri tashkillashtirilishi yoki tashkillashtira ololmaslik ishning samaradorligini belgilab berishi mumkin.Bolaning matnni to‘liq tushunmasligining sabablaridan biri ularda yaratish jarayoni uchun muhim mexanizmlarning kamligi ham bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchlarga “Zumrad va Qimmat” ertagini aytib berayotganda, o‘rmon haqida gapirgan paytda o‘quvchi bu so‘z bilan bog‘liq ma’no umumlashmalarini anglab olish uchun o‘rmon haqida tushuncha mavjud bo‘lishi lozim bo‘ladi. Shu yerda o‘qituvchining mahorati shundan iborat bo‘lishi kerakki, u bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning tasavvuri bilan ham birdek ishlay olishi lozim. Ya’ni, o‘quvchilarning yosh xusuiyatlaridan kelib chiqqan holda nutqini, talaffuzini, bayon usulini moslashtira olishi lozim.Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi” deganda ko‘proq o‘quvchining o‘qish strategiyasini nazarda tutmoq muhim. Matn turiga hikoya, ertak, she’r, maqolni kiritsak, shakli kitob, gazeta, jurnal, telefon va boshqa narsalarni hisoblash mumkin. Demak, o‘quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ehtiyojlari, qiziqishlari, o‘rgangan narsalari muhim ahamiyat kasb etib qolaveradi. Xalqaro tadqiqotlarda matnni tushunish to‘rtta jarayonga asoslanib baholanadi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ma’lumotni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish, uyg‘unlashtirish, kontekst va matn elementlarini baholash hamda tanqid qilish jarayonlaridir.Shunday qilib, tushunish jarayoni bir etap bilan cheklanib qolmasdan, bir necha sathlar bilan ishlash jarayoni hamdir. O‘quvchi matn ichidagi aniq ma’lumotlarni ko‘ra olsagina xulosa chiqara olishi, xulosa natijasida ma’lumotlarni talqin qila olishi va e’tirof etish yoki tanqid qilish hukmini ham o‘zida paydo qilishu mumkin bo‘ladi. Ushbu nazariy qoidani 1-sinf “O‘qish kitobi”dagi “Rostgo‘y bola” matni misolida tahlil qilamiz.Rostgo‘y bola(ertak)“Qadim zamonda birpodshoh bo‘lgan ekan. Podshohning farzandi yo‘q ekan. Shuning uchun u doimo xomush bo‘lib yurar ekan. Podshoh vazirning maslahati bilan bolalarga gul urug‘i tarqattiribdi. Kimning guli chiroyli bo‘lsa, o‘shani podshoh farzand qilib olmoqchiligini aytishibdi. Oradan birmuncha vaqt o‘tibdi. Podshoh gul o‘stirganlarni ko‘rish niyatida shahar aylanibdi. Ko‘p bolalar va ular o‘stirgan gullarni ko‘rib o‘taveribdi. Bir ko‘chaga yetganda podshohning ko‘zi gulsiz tuvak ushlab, yig‘lab o‘tirgan bolakayga tushibdi. Bolakayning oldiga borib: —Sen o‘stirgan gul qani? —deya so‘rabdi. Shunda bolakay gul urug‘i o‘sib chiqmaganligini aytibdi. Podshoh: —Men farzandlikka olish niyatida axtargan bola mana shu bo‘ladi, —debdi. Chunki podshoh gul urug‘larini qaynattirgan ekan. Ushbu ertak-matnda 103 ta so‘z ishlatilgan bo‘lib, 14 ta gapdan iborat. O‘quvchi matnni o‘qib chiqqach, uning tushunish darajasini to‘rtta jarayon bo‘yicha ketma-ketlikda tahlil qilamiz:1. Diqqatni jamlash va aniq ma’lumotni topish. Matndagi shaxslar va narsalar, harakatlar tushuniladi. Podshoning harakatlari, xohish-istagi, maqsad-rejasi va uni amalga oshirish jarayoni qabul qilinadi.2. To‘g‘ridan to‘g‘ri xulosa chiqarish. Bo‘lib o‘tgan, sodir bo‘lgan voqeaning hayot haqiqatiga yaqinligi, shunday bo‘lish ehtimoli mavjudligi, harakatlarning o‘rinliligi anglanadi. Podshohning farzand tanlashi uchun juda ko‘p sinov va imtihonlari bo‘ishi mumkin, biroq aynan shu usulni qo‘llaganligining mohiyati aniqlashtiriladi.3. G‘oyalar va axborotni talqin qilish, uyg‘unlashtirish. Insondagi tuyg‘ular, fazilatlarning qiymati tushuniladi. Podshohning shaxsiy va boshqa qilishi lozim bo‘lgan ishlari salgina chetga surilib, muhim qadriyat ulug‘langanligi tushuniladi. 4. Kontekst va matn elementlarini baholash va tanqid qilish. Voqealar bayonidagi ortiqcha harakatlar, bo‘rttirish, tasvirlash, mubolag‘alar o‘rinli qabul qilinadi. Agar e’tirozli o‘rinlar mavjud bo‘lsa aytiladi. Masalan, podshohning bittagina oddiy sinov orqali farzandlikka qabul qilib olishligi, bolaning mavjud kamchiliklari ham bo‘lishligi tanqidga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bu anglashlar asosida to‘ldiriladi. To‘rt bosqichli jarayon o‘quvchining matnni tushunish, qabul qilish, anglash holatini ko‘rsatib beradi. Aslida “tushunish” so‘zi “anglash” so‘zibilan uyg‘unlashib, matn mazmunini butunlay qabul qilishlik, ongga joylashtira olishlik, keyingi harakatlar jarayonida bu ma’lumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishlik kabi ma’noni ham anglatadi. Rostgo‘y bola matni to‘liq tushunilganligining belgisi shu bilan o‘lchanadiki, endi o‘sha o‘quvchining hayotda hech qachon yolg‘on gapirmasligi, uning tushunganlik darajasi bilan proporsional bo‘ishi kerak bo‘ladi. Ushbu matnni tushunishning konstruktiv tomoni shundaki, o‘quvchi bu jarayonning faol qatnashchisi bo‘lib, ma’no yarata olishligi muhim hisoblanadi. Buni oddiyroq izohlasak, hayotda yolg‘on gapirib pushaymon bo‘lgan odam yoki yolg‘onchilik qurboni bo‘lgan odamning ushbu matndan boshqalardan ko‘ra ko‘proq ta’sirlanishining sababi u faol ishtirokchi bo‘la olishligi va oldingi qarashlariga nisbatan ma’no yarata olishligi yordam beradi. Birinchi sinf o‘quvchilari uchun bu holat ancha uzoq bo‘lganligi bois ham bu vazifani uddalash o‘qituvchining zimmasiga tushadi. O‘qituvchi matnni o‘rganishdan oldingi kirish suhbatida bu holatni ifodalab bera olishi mumkin. Ya’ni yolg‘onchilikning yomon oqibatlari haqida, rostgo‘ylikning fazilatlari haqida gapirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.