Buxoro davlat univertsiteti



Yüklə 51,44 Kb.
səhifə1/8
tarix11.06.2023
ölçüsü51,44 Kb.
#128580
  1   2   3   4   5   6   7   8
9-7BTUS-20 guruh talabasi Asadova Gulnozaning ona tili o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERTSITETI
PEDAGOGIK TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700- BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI

9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZANING
,,BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI‘‘
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

BUXORO: 2023
REJA
KIRISH
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SAVOD O‘RGATISH VA NUTQ O‘STIRISHNING METODIK IMKONIYATLARI.
1.1.Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining maqsad va vazifalari .
1.2.Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini yangicha metod bilan o‘rganishning ahamiyati;
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILINI O‘RGATISHNING O‘RNI.
2.1. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida ta’limiy didaktik o‘yinlarni qo‘llash metodi.
2.2. Ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanish metodikasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, erkin fikrga ega, nutqi ravon, barkamol, komil inson etib tarbiyalash, o‘quvchilarga har tomonlama bilim berishda o‘qituvchi oldiga katta ma’suliyat yuklatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Farzandlarimizning qobilyatlarini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi, men bunga ishonaman” deb xalq oldida yoshlarga nisbatan o‘z ishonchini bildirib o‘tdilar. Mana shunday buyuk mutafakkirlardek insonlarni voyaga yetkazishimiz uchun albatta, poydevorni mustahkamlashimiz kerak. Mustahkam qurilgan poydevor ustida har qanday yuksalishlarga qo‘rqmasdan intilishimiz mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ushbu yuksak maqsadlarga erishishlarida barcha shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. Faqatgina bulardan to‘g‘ri, oqilona foydalana olsak bo‘lgani. Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashning shakllanishi xususida g‘amxo‘rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olinishiga e’tibor berishlari zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirib borar ekan, o‘quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi. Ilmiy dunyoqarashni hamma vaqt bir zaylda, o‘zgarmay turaveradigan bilimlar deb qaramay, bilimlar to‘la bo‘lmagan bilimlardan to‘la bilimlarga qarab borishini unutmaslik zarur. Masalan, qayta qurish munosabati bilan dunyo o‘zgardi, oldingi tushunchalar ham o‘zgardi. Yangi tarkib topayotgan jamiyatdagi hamma yangiliklar ham, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ham o‘‘zgarmas emas. Shu bois, ilmiy dunyoqarash bu hodisa va voqealarning hammasiga kishilar oddiy tomoshabin bo‘lib turaverishi kerak emasligini, bu o‘zgarishlarning faol ishtirokchilari bo‘lishlik, tahlil yo‘li bilan umumlashtira bilishni talab qiladi. Madomiki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ikki yo‘l: tajriba va mantiq (aql) yo‘li bilan bo‘ladi. Demak, kishi hayot to‘g‘risidagi, o‘tmishdagi mutafakkirlarning dono fikrlariga va o‘zi to‘plagan shaxsiy hayot tajribasiga, bilimiga tayanmog‘i kerak. Kishilarning ongi ularning borligini emas, aksincha moddiy hayot sharoitlarining mavjudligi ularning ongini belgilashi, shundan dalolat beradi. Shu bois, ilmiy dunyoqarash hammaga ham nasib qilaveradigan oddiy hodisa bo‘lmay, kishining nazariy va amaliy bilim darajasiga bog‘liqdir. Kelajagi buyuk davlatni barpo qiluvchi mamlakatning butun aholisi faqat tijorat, din, qiroat, oldi-sotdi bilangina shug‘ullanavermasdan eng avvalo ishlab chiqarishni, ilm-fanni rivojlantirishi, dunyo tillarini bilishi, umuman ma’rifatga birinchi darajali e’tibor berish tufayligina ko‘tarilishi mumkinligini tushunish ham dunyoqarashni shakllantirishga kiradi.

Yüklə 51,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin