Buxoro davlat univertsiteti


II.BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILINI O‘RGANISHNING O‘RNI



Yüklə 51,44 Kb.
səhifə5/8
tarix11.06.2023
ölçüsü51,44 Kb.
#128580
1   2   3   4   5   6   7   8
9-7BTUS-20 guruh talabasi Asadova Gulnozaning ona tili o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishi

II.BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILINI O‘RGANISHNING O‘RNI.
2.1. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida ta’limiy didaktik o‘yinlar.
Bolalarga o‘yinni o‘rgatishdan muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. O‘yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O‘yin o‘tkazilish shakllari va usullari ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik o‘yin usullari cheksiz, takrorlash va o‘zgartirish, unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor. Masalan, biz “Jimjitlik” o‘yinining 5-7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko‘proq takrorlab o‘tkazdik, “Nima o‘zgardi?” turidagi o‘yin 5 xil turli ko‘rsatmali material bilan o‘tkazildi. Natijada o‘yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo‘lishiga hamda o‘yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilishiga erishish imkonini beradi. bog‘chada o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan ham, Taqdimot materiallari va metodologiyasi. Didaktik o‘yinlar o‘zining shakli jihatidan, asosan, o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan tushuntiradigan va o‘quvchilarni birma-bir so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o‘yinlardan ham bir tomonlama farq qiladi. Didaktik o‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jon-dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsadi va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar ta’limning ko‘rgazmaliligi, o‘qituvchining nutqini va bolalar harakatini o‘z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko‘rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug‘iladi. Bu esa o‘qituvchining aytganlarini bolalarning o‘ylab olishiga va aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o‘yin qoidalarini o‘zlari bajarishlariga undaydi. Didaktik o‘yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o‘yin vaqtida zo‘r qiziqish bilan harakat qiladilar. Taqdimot natijasi. O‘yinsiz tom ma’nodagi aqliy rivojlanish boʻlishi mumkin emas. O‘yin o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg‘otadigan uchqundir. O‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar - oʻqituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qoʻllaniladigan usul. O‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim oʻzlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda boʻlishga o‘rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. O‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida oʻquv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi. O‘yin orqall bolalar borliqni o‘rganadi va dunyoni o‘zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib o‘yin inson faoliyatining shakllanishiga asos soladi.
O‘yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. O‘yinnning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta’sir etish ehtiyoji paydo bo‘ladi va shakllanadi. Maktab yillargacha o‘yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. Oʻquvchining o‘yin faoliyati juda koʻp soha olimlarining, ya’ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san’atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi. Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida oʻyining hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o‘yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va oʻzaro ta’sirda shakllanadi. Oʻyingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga oʻtish uchun muhim zamin yaratadi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilish sohasidagi aktiv faoliyatdir. O‘yinning boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o‘yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o‘quv faoliyatidir. Bugungi kunda respublikamizda Prezidentimiz rahbarligida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga katta e’tibor berilmoqdaki, inson o‘z faoliyatida kompyuter texnologiyalarini o‘zlashtirishda foydalanuvchi sifatida o‘zini namoyon qilish shart bo‘lib qolmoqda. Chunki insoning butun hayoti axborotni saqlash, uni qabul qilishdan iborat. Ammo inson miyasi qanchalik mukammal bo‘lmasin, juda katta miqdordagi axborotlarning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va kelajak avlodga to‘liq yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun axborot texnologiyalardan foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Darhaqiqat, axborot texnologiyalari fantexnikaning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlash, o‘quvchilarning innovatsiya va intellektual faoliyatini rivojlantirish asosini tashkil etadi. Shu jihatdan ham ta’lim va tarbiya jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish uchun, avvalo, o‘rgatish lozimligini keltirib chiqardi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish zarur bo‘ladi. Mazkur muamoni hal etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 9-iyundagi “Umumta’lim maktablari uchun 2011-2012 o‘quv yiliga mo‘ljalangan o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida ” gi 123-sonli buyrug‘iga ko‘ra maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan 2-4-sinflarda informatika darslarini tashkil qilish ko‘rsatilgan. Buyruqda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish, ya’ni boshlang‘ich ta’limda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish tizimini ishlab chiqish, o‘quvchilarning kompyuter savodxonlik darajasini oshirish lozimligini anglatadi. Chunki, boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan bu fan axborot texnologiyalari bilan qurollanish yo‘llarini o‘rgata oladi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi yordamida hisoblash, yozish, o‘qish, o‘rganish, gapirish, chizish, maketlar tayyorlash, axborot qabul qilish, qayta ishlash,o‘ynash mumkin. Shu jihatdan ham boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitishda multimedia vositasida tabiat hodisalarini namoyish qilishda, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishda, o‘zlashtirishda foydalaniladi.
Xalq pedagogikasida shakllanib kelgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda didaktik o‘yinlardan keng foydalanish an'analari o‘qituvchilaming amaliy tajribalari va olimlarning ishlarida rivojlantirildi. Chex pedagogi Ya.A. Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta'kidlab, aynan o‘yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi.Olim o‘yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama oʻstirishi, uning atrof-tevarak haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o‘stirishini taʻkidlaydi. Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi oʻyin uchun tengdoshlariga yaqinlashtiradi. Bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlardan ikki yo‘nalishda foydalaniladi: Barkamol insonni shakllantirish va tor didiktik maqsadlarda. O‘yin o‘quvchi faoliyatining asosiy shaklidir. O‘yin - muhim aqliy faoliyat turlaridan biri boʻlib, unda o‘quvchi qobiliyatining hamma turlari rivojlanadi, uning atrof olam haqidagi tasavvurlari kengayadi, nutq boyligi oshadi. Didaktik o‘yinlar oʻquvchining turli-tuman qobiliyatlari, idroki, nutq va diqqatining rivojlanishiga samarali ta'sir ko‘rsatadi. Hozirgi davrda pedagoglar tomonidan tayyor mazmun va qoidalarga ega boʻlgan o‘yinlar yaratilmoqda. Bola shaxsida maʻlum sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan o‘yinlarda aniq qoidalar berilgan bo‘ladi. Tayyor qoida va mazmunga ega bo‘lgan o‘yinlarga quyidagi xususiyatlar xos bo‘ladi: o‘yin oshiriladi. O‘yin g‘oyat (yoki vazifasi) va o‘yin taʻsiri o‘yin mazmunini tashkil etadi; o‘yin taʻsiri va o‘ynayotganlar munosabatlari o‘yin qoidasi asosida boshqariladi. Qoidalar va tayyor o‘yin mazmuni o‘quvchilarni o‘yinni mustaqil tashkil etishlariga yordam beradi. Didaktik o‘yinlari uch turga ajratish mumkin: og‘zaki, soʻzlar yordamida o‘ynaladigan o‘yinlar, o‘yin mashg‘ulotlari, mashhur harakatli) o‘yinlari Didaktik o‘yinlar uchun ajoyib g‘oyasi va o‘yin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi.
O`quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan o`quv topshiriqlari o`rta maktabning o`zbek tili darsliklarida berilgan. Mazkur topshiriqlar turli usullar bilan o`qituvchi hamkorligida o`quvchilar tomonidan mustaqil bajarishi lozim. Ijobiy natija beradigan topshiriqlarning asosiy turlaridan biri grammatik o`yin-topshiriqlardir. Bu turdagi topshiriqlar o`quvchilardan zukkolikni, bilimdonlikni, izlanishni, topqirlikni va tezkorlikni talab qiladi. Ona tili darslarining qiziqarli o`tishida o`yin-topshiriqlarning ahamiyati juda kata .Biroq “O`zbek tili o`qitish metodikasi”da grammatik o`yin-topshiriqlar va ulardan foydalanish metodikasi yetarli darajada ishlanmagan. O`yin-topshiriqlarga hos bo’lgan jihat shundan iboratki, u ko`pincha musobaqa tarzida tashkil etiladi. Natija yakunida, o`quvchi va guruhlarga rag’bat yoki ballar berilishi, shubhasiz, o’quvchilarda topshiriqni bajarishga ishtiyoqni oshirishga sabab bo’ladi. Natijada, o`quvchilarning grammatik savodxonligi,ijodiy fikrlash qobiliyati, topqirligi, nutqi va shu fanga muhabbati ancha oshadi. Shu bilan birga, qo`shimcha adabiyotlardan foydalanish, boshqa fanlar bilan ham jiddiy shug‘ullanish ehtiyojini tug‘diradi. Shunini inobatga olgan holda, o`qituvchi darslarining samarali bo`lishi uchun turli o`yin-topshiriqlardan va boshqotirmalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi davr talabi ham , fan o`qituvchisidan mahorat, ijodkorlik, eng asosiysi, tinimsiz mehnat talab qiladi. Shularni hisobga olgan, holda ona tili darslarini o`tishda ishlatish mumkin bo`lgan ayrim grammatik o`yinlar, boshqotirmalar va ulardan foydalanish metodlarini ko’rib chiqamiz. Bunday grammatik o`yinlarni yanada ko`plab o`ylab topish vaulardan dars jarayonida foydalanish mumkin. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, o`qituvchining ijodkorligiga, izlanuvchanligiga, mahorati va tinimsiz qiladigan mehnatiga bog‘liq.
Ma’lumki, o`yin-topshiriqlar o`quvchilar malaka va ko`nikmalariga ko`ra, murakkablik darajasiga ko`ra guruhlanib, soddadan murakkablik dinamikasiga qarab boradi. Qayta xotirlash tipidagi o`yin topshiriqlar. O`tilgan mavzularni mustahkamlash hamda bilim va malakalarni tekshirish darslarida bunday o`yin-topshiriqlardan ko`proq foydalaniladi. Masalan, “Atoqli va turdosh otlar” mavzusiga oid darslarni mustahkamlash maqsadida “Kim g‘olib?” o`yin-topshirig‘idan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Buning uchun sinf ikki guruhga ajratiladi: biri atoqli otlarga, ikkinchisi turdosh otlarga misol topishadi. Ma’lum bir belgilangan vaqt ichida ko`p misol topgan g‘olib sanaladi. O`qituvchi doskaga kundalik, surat, kinofilm kitob, gazeta, jurnal, so`zlarini alohida-alohida yozib qo`yadi. Sinf olti guruhga bo`linib (o`quvchilar soni hisobga olinishi zarur. Agarda guruhlarga teng bo`linmaydigan bo`lsa, guruhlar sonini kamaytirishi yoki ko`paytirishi mumkin), ulardan shu otlarga misollar yozish talab qilinadi. Guruhlarning har bir a’zosi o`ziga qarashli so`zga bitta-bitttadan misol yozadi. Tez va to`g‘ri yozgan guruh g‘olib sanaladi. G‘oliblar, albatta, rag‘batlantirilishi kerak. Istalgan mavzuni mustahkamlashda bunday o`yin-topshiriqlardan foydalanish mumkin. Yoki o`quvchilarning o’zaro bog‘lanishli yozma nutqini sinash maqsadida “So`zlar bizdan, matn tuzish sizdan” o`yinini o`tkazish mumkin. Bunda o`quvchilarga tayanch so`z va so`z birikmalarni berib (ular doskaga yozib qo`yilishi ham mumkin), ular yordamida bog‘lanishli matn tuzish topshiriladi, tez va mazmunli matn tuzgan o`quvchi g‘olib sanaladi. O`quvchilar so`z boyligini oshirish DTS talablaridan biri hisoblanadi, izlanuvchanlik xarakteridagi o`yin-topshiriqlarni qo`llash yaxshi bu ko’nikma rivojlanishiga yahshi natija beradi. Bunday topshiriqlar o`quvchilardan ijodiy faoliyat ko`rsatishni talab qiladi. “Ijodkor” o`yin-topshiriqdan “Ravish” mavzusini o`tishda samarali foydalanish mumkin. Bu grammatik o`yinda sinf ikki guruhga ajratilib, birinchi guruhga sifat so`z turkumi ishtirok etgan gaplarga misol aytish, ikkinchi guruhga esa shu gaplardagi ot(lar)ni ravish bilan almashtirib gap tuzish topshiriladi.Masalan: Birinchi guruh vakili yozadi: Menolimpiadada yahshi insho (qanday insho?)yozdim. Ikkinchi guruh davom ettirib: Unda bizning guruh yahshi ishtrok etadi(qanday ishtirok etdi?). Shu yo`sinda davom ettiriladi. Bu o`yinni o`quvchilar o`rtasida yoki parallel sinflar o`rtasida “so`z mushoirasi ” tarzda davom ettirsa ham bo`ladi.Ona tili ta’limi jarayonida topshiriqlar tizimi vositasida til hodisalari kuzatiladi, solishtirib qiyoslanadi, o`xshash va farqli tomonlari aniqlanadi, umumiy va xususiy tomonlariga qarab guruhlanadi, umumlashma qoidalar hosil qilinadi. Natijada qayta xotirlash topshiriqlaridan ijodiy topshiriqlarga qarab dinamik o`sish yuzaga kela boradi. O`quvchi tafakkuri taraqiyotida bunday topshiriqlar alohida ahamiyat kasb etadi. O`quv topshiriqlarining soddadan murakkabga tomon o`sish dinamikasini aniqlash, belgilash murakkab jarayondir.


Yüklə 51,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin