Buyrug‘i buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 102,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix13.05.2022
ölçüsü102,61 Kb.
#57773
1   2   3   4   5   6   7   8
1297-сон 14.01.2004. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Moliya vaziri M.NURMURATOV

Toshkent sh.,

2003-yil 23-dekabr,

131-son


O‘zbekiston Respublikasi  

Moliya vazirligi tomonidan  

2003-yil 23-dekabrda, 131-son bilan  

“TASDIQLANGAN”



BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJAT AYLANIShI TO‘G‘RISIDAGI

NIZOM

Mazkur  Nizom  “Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasining 

Qonuni

  asosida  ishlab



chiqilgan  va  hujjatlarni  tuzish,  qabul  qilish,  saqlash  va  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirish,  hamda  hujjatlar

aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.



1-§. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga

(banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi o‘rinlarda — korxonalar).

2.  Korxonalar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  barcha  xo‘jalik  operatsiyalari  tasdiqlovchi  hujjatlar  bilan

rasmiylashtirilishi  lozim.  Ushbu  hujjatlar  boshlang‘ich  hisob  hujjatlari  bo‘lib  xizmat  qiladi  va  ular  asosida

buxgalteriya hisobi yuritiladi.

3.  Tegishli  texnik  vositalar  mavjud  bo‘lganda  boshlang‘ich  hujjatlarni  va  registrlarni  axborot  tizimlari

xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur Nizom va

boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.

4.  Texnik  vositalar  hamda  axborot  tizimlari  xizmatlari  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalangan  holda

tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina

qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim

etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.

5.  Buxgalteriya  hisobini  avtomatlashtirish  sharoitida  boshlang‘ich  hujjatlar  rekvizitlari  kodlar  ko‘rinishida

qayd  etilishi  mumkin.  Bunda  elektron  shaklda  tuzilgan  boshlang‘ich  hujjat  va  registr,  elektron  raqamli  imzo

haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli

imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

Keyingi

 tahrirga qarang.


Yüklə 102,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin