Buyrug‘i buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi



Yüklə 102,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix13.05.2022
ölçüsü102,61 Kb.
#57773
1   2   3   4   5   6   7   8
1297-сон 14.01.2004. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

2-§. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi

6. Boshlang‘ich hujjatlar qog‘oz shaklida tuzilib, quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:



Keyingi

 tahrirga qarang.

a) korxonaning nomi;

b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi;

v) xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklarini ko‘rsatgan holdagi miqdor o‘lchovi (natura

va pulda ifodalangan holda);

g)  xo‘jalik  operatsiyasini  amalga  oshirgan  shaxslarni  (shaxsni)  identifikatsiya  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan

familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda lavozimlari va

imzolari.

6 . Boshlang‘ich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi

to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim.



Keyingi

 tahrirga qarang.

1



8.  Mazkur  Nizom  talablariga  muvofiq  tuzilgan  boshlang‘ich  hujjatlar,  amalga  oshirilgan  xo‘jalik

operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos bo‘ladi.

9.  Boshlang‘ich  hisob  hujjatlarini  tuzgan  va  imzolagan  shaxslar  ularning  o‘z  vaqtida,  to‘g‘ri  va  ishonchli

tuzilishi,  shuningdek  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirish  uchun  belgilangan  muddatlarda  topshirilishiga

javobgardir.

10. Boshlang‘ich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda korxona tomonidan ishlab chiqilgan

va tasdiqlangan blankalarda yoki qonun hujjatlarida o‘rnatilgan boshqa shakllarda tuziladi.

Keyingi

 tahrirga qarang.

11. Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan

siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga

oshirilishi lozim.

Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi.

12. Boshlang‘ich hujjatlar va registrlardagi bo‘sh qatorlar chizilishi shart.

13.  Boshlang‘ich  hujjatlar  va  hisob  registrlarini  imzolash  huquqiga  ega  bo‘lgan  shaxslar  ro‘yxati  korxona

rahbari  yoki  u  tomonidan  qonun  hujjatlarida  o‘rnatilgan  tartibda  belgilanadigan  shaxslar  tomonidan

tasdiqlanadi.

Keyingi

 tahrirga qarang.

14.  Kassa  operatsiyalarini,  tovar-moddiy  qiymatliklar  bilan  operatsiyalarni,  kredit  va  hisob-kitob

majburiyatlarini  amalga  oshirganlik  faktlarini  qayd  etuvchi  boshlang‘ich  hujjatlarni  tuzish  tartibi  bo‘yicha

qo‘shimcha  talablar  Buxgalteriya  hisobining  milliy  standartlari  va  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlar  bilan

belgilanadi.

15.  Buxgalteriyaga  kelib  tushadigan  boshlang‘ich  hujjatlar  shartli  ravishda  tekshiruvdan  o‘tkaziladi.

Tekshiruv  shakl  bo‘yicha  (hujjatlarni  rasmiylashtirish,  rekvizitlarni  to‘ldirishning  to‘liqligi  va  to‘g‘riligi),  mazmuni

bo‘yicha  (hujjatlashtirilayotgan  operatsiyaning  qonuniyligi,  alohida  ko‘rsatkichlarning  mantiqiy  bog‘lanishi)

amalga oshiriladi.

16. Qonun hujjatlariga va pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash

va sarflash bo‘yicha belgilangan tartibga zid bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar kelib tushganda, ular korxona rahbari

yoki  u  tomonidan  qonun  hujjatlarida  o‘rnatilgan  tartibda  belgilanadigan  shaxslarga  qaror  qabul  qilish  uchun

topshirilishi kerak.

Keyingi

 tahrirga qarang.

17.  Tekshiruvdan  o‘tgan  boshlang‘ich  hujjatlar  ularning  qayta  qo‘llanilishini  istisno  etuvchi  belgiga  ega

bo‘lishi lozim:

a) qo‘l yordamida ishlovdan o‘tkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani ko‘rsatish orqali;

b)  texnik  vositalar  hamda  axborot  tizimlari  xizmatlari  va  axborot  texnologiyalardan  foydalangan  holda

ishlovdan o‘tkazilganda — ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul operator shtampini qo‘yish orqali.

18. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos

bo‘lgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “To‘landi” shtampini qo‘yish yoki qo‘l yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun,

yil) ko‘rsatish lozim.

19.  Buxgalteriya  hisobida  aks  ettirish  uchun  hisobga  qabul  qilingan  boshlang‘ich  hujjatlardagi  axborotlar

hisob registrlarida yig‘ib boriladi va tizimlashtiriladi.

20.  Korxona  tomonidan  muayyan  davr  (oy,  chorak,  yarim  yillik,  yil)  davomida  amalga  oshirilgan  xo‘jalik

operatsiyalari  haqidagi  ma’lumotlar  guruhlashtirilgan  holda  hisob  registrlaridan  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga o‘tkaziladi.

Bunda korxonalar qo‘llayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini o‘z faoliyatining xususiyatlariga, O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda, mustaqil moslashtirishlari mumkin.




Yüklə 102,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin