Buyrug‘i buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 102,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix13.05.2022
ölçüsü102,61 Kb.
#57773
1   2   3   4   5   6   7   8
1297-сон 14.01.2004. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Keyingi

 tahrirga qarang.

21.  Boshlang‘ich  hujjatlar  va  hisob  registrlaridagi  matn  va  raqamlarni  o‘chirishga  va  izoh  berilmagan

tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

22. Boshlang‘ich hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatoliklar quyidagicha tuzatiladi:

a) xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning yuqori qismidan to‘g‘ri matn yoki summalar yoziladi;

b) chizish bitta chiziq bilan amalga oshiriladi va unda tuzatilayotgan xatoni o‘qish imkoniyati bo‘lishi lozim.

23.  Boshlang‘ich  hujjatda  tuzatilgan  xatolarga  “tuzatildi”  yozuvi  bilan  izoh  berilishi,  hujjatni  imzolagan

shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo‘yilishi lozim.

24. Boshlang‘ich bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

25. Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar qonun hujjatlarida belgilangan muddat

davomida  saqlanadi.  Elektron  shakldagi  boshlang‘ich  hujjatlar,  hisob  registrlari  va  moliyaviy  hisobotlar,  agar

qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qog‘oz shaklidagi aynan shu maqsaddagi hujjatlar

uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.

Keyingi

 tahrirga qarang.

26.  Boshlang‘ich  hujjatlar,  hisob  registrlari,  moliyaviy  hisobotlar  buxgalteriyada  maxsus  xonalarda  yoki

yopiladigan  javonlarda  korxona  rahbari  yoki  u  tomonidan  qonun  hujjatlarida  o‘rnatilgan  tartibda  belgilangan

shaxslar tomonidan vakolat bergan shaxslar javobgarligida saqlanishi lozim.



Keyingi

 tahrirga qarang.


27. Muayyan hisob registriga tegishli bo‘lgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlang‘ich hujjatlari xronologik

tartibda jamlanadi.

Kassa  orderlari,  bo‘nak  hisobotlari,  bank  ko‘chirmalari  ularga  taalluqli  bo‘lgan  hujjatlar  bilan  birgalikda

xronologik tartibda yig‘ilishi va muqovalanishi kerak.

Hujjatlarning  ayrim  turlari  (ish  naryadlari,  smena  raportlari)  muqovalanmasdan,  lekin  ularning  yo‘qolishi

yoki suiiste’mol qilinishining oldini olish maqsadida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanishi mumkin.

28.  Korxonalardan  boshlang‘ich  hujjatlar,  hisob  registrlari,  moliyaviy  hisobotlarni  olib  qo‘yish  qonun

hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Hujjatlarni  surishtiruv,  dastlabki  tergov,  prokuratura  idoralari  va  sudlar

tomonidan olib qo‘yishlar, mazkur idoralarning O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonun hujjatlariga

muvofiq  ravishda  rasmiylashtirilgan  qarorlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Olib  qo‘yish  bayonnoma  bilan

rasmiylashtiriladi va uning nusxasi, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.

Keyingi

 tahrirga qarang.

Olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida korxonaning

tegishli  mansabdor  shaxslari  olib  qo‘yilayotgan  hujjatlardan,  asoslarni  va  olib  qo‘yish  sanasini  ko‘rsatgan  holda

nusxa olishlari mumkin.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Agar  oxirigacha  rasmiylashtirilmagan  hujjatlar  jildlari  (tikib  qo‘yilmagan,  raqamlanmagan  va  hokazo)  olib

qo‘yilayotgan bo‘lsa, olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida

korxonaning  tegishli  mansabdor  shaxslari  bu  jildlarni  oxirigacha  rasmiylashtirishi  (ular  ro‘yxatini  tuzishi,

varaqlarni  raqamlashi,  tikishi,  imzo  bilan  tasdiqlashi  yoki  olib  qo‘yilayotgan  hujjatlarning  ro‘yxatini  har  bir

hujjatdagi  betlar  sonini  ko‘rsatgan  holda  tuzishi  kerak.  Bunda  ro‘yxatni  olib  qo‘yishni  amalga  oshirayotgan

idoralarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor shaxslari imzolashadi.

(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-sonli 

buyrug‘i

(ro‘yxat raqami 1297-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1297-4/2739-

son)

29. Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotish hollarida korxona rahbari buyruq bilan yo‘qotish sabablarini tekshirish

bo‘yicha komissiya tayinlashi mumkin.

Bunda,  tekshiruv  natijalari  korxona  rahbari  yoki  u  tomonidan  qonun  hujjatlarida  o‘rnatilgan  tartibda

belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Keyingi

 tahrirga qarang.

Boshlang‘ich  hujjatlarni  yo‘qotishda  aybdor  shaxslar  qonun  hujjatlarida  o‘rnatilgan  tartibda  javobgarlikka

tortiladi.

Keyingi

 tahrirga qarang.


Yüklə 102,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin