Oldingi
tahrirga qarang.
38. Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, seriyasi va raqami bo‘yicha mazkur
Nizomning 1-sonli
ilovasiga
muvofiq, raqamlangan va tikilgan “Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish
jurnali”da olib boradi. Jurnalning so‘nggi varag‘ida korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida
o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... varaq raqamlangan” degan yozuv
kiritiladi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 1297-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1297-4/2739-
son)
Keyingi
tahrirga qarang.
“Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Jurnalda
o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
39. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar
tomonidan qat’iy hisobdagi blankalarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan mas’ul shaxslarga qat’iy
hisobdagi blankalarning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlar yaratilishi lozim.
Keyingi
tahrirga qarang.
40. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning nomi, miqdori va ikki xil
baholashdan — haqiqiy tannarxi (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish narxi) yoki bozor narxi (sof sotish
qiymati)ning eng pasti bo‘yicha hisobga olinadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
41. Hisobdor shaxslar qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilish va ishlatilishi bo‘yicha hisobot berib turadi va
ular tomonidan olingan har bir qat’iy hisobdagi blankaning ishlatilishi uchun javobgardir.
42. Hisobdor shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarni berish mas’ul shaxs tomonidan korxona rahbari yoki u
tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarning topshirig‘i asosida amalga
oshiriladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
43. Hisobdor shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalarni nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan
mazkur Nizomning 2-sonli
ilovasidagi
shakl bo‘yicha olish-nazorat qilish varaqlarini yuritishi mumkin.
Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada to‘ldiriladi va ulardan bittasi Qat’iy hisobdagi blankalarni
hisobga olish jurnalida imzo chekilgan holda hisobdor shaxsga, ikkinchisi mas’ul shaxs tomonidan
buxgalteriyaga topshiriladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning har bir nomdagi turi uchun alohida olish — nazorat
qilish varaqlari ochiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Olish-nazorat qilish varag‘ining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u
tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qo‘yiladi.
(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 1297-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1297-4/2739-
son)
Keyingi
tahrirga qarang.
Hisobdor shaxs olish-nazorat qilish varag‘ini qat’iy hisobdagi blankalarini to‘g‘ri ishlatilishining nazoratini
amalga oshiradigan shaxsga taqdim etadi. Avval berilgan qat’iy hisobdagi blankalarning ishlatilganligini va
blankalarning keyingi turkumini berish lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib, nazorat
qiluvchi shaxs varaqning tegishli satrida imzo chekadi.
44. Qat’iy hisobdagi blankalarni inventarizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
1999-yil 19-oktabrda EG/17192075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining
milliy
standarti
(19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi
(ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2oktyabr).
45. Qat’iy hisobdagi blankalarning yo‘qolishi va kamomadi hisobi Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan
mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi
nizomga
(ro‘yxat raqami 1334,
2004-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 14-son, 173-modda) muvofiq
amalga oshiriladi.
46. Qat’iy hisobdagi blankalarda o‘chirishlar va tuzatishlar aniqlangan hollarda, shuningdek qat’iy
hisobdagi blankalarni to‘ldirish va ishlatilishi bo‘yicha belgilangan tartibning boshqa buzilish holatlari
aniqlanganda mas’ul shaxsga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
47. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlardan xarajatlarni hisobga oluvchi
schyotlarga ularni hisobdor shaxslarga berilishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi va balansdan tashqari “Qat’iy
hisobdagi blankalar”schyotiga qabul qilinadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar balansdan tashqari “Qat’iy hisobotdagi blankalar” schyotidan hisobdor
shaxslarning olingan va ishlatilgan qat’iy hisobdagi blankalar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib
boriladi.
Qat’iy hisobdagi blankalarning balansdan tashqari hisobi ularning mavqeyi (qadr-qimmati), miqdori va
nominal bo‘yicha ularning umumiy hisob summasi bo‘yicha yuritiladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning mavqeyi
mavjud bo‘lmaganda, ular haqiqiy xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
48. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi
blankalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
49. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi
blankalarni yo‘q qilish maxsus tayinlangan komissiya tomonidan, zarurat tug‘ilgan hollarda, lekin yilda kamida
bir marotaba amalga oshiriladi va yo‘q qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadigan buzilgan yoki noto‘g‘ri to‘ldirilgan blankalar
yo‘q qilinmaydi, balki ustiga bir necha bor chizib qo‘yiladi va ular yozilgan kunning o‘zidagi kassa hisobotiga
(qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadi.
50. Qat’iy hisobdagi blankalarni belgilangan muddat mobaynida saqlash bo‘yicha javobgarlik korxona
rahbariga yoki u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: |