3-§. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi
30. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshlang‘ich hujjatlar shakli
blankalari qat’iy hisobdagi blankalariga kiritilishi mumkin.
Keyingi
tahrirga qarang.
31. Qat’iy hisobdagi blankalarning shakllari va ishlatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
bilan belgilanadi.
Keyingi
tahrirga qarang.
32. Rasmiy davlat hujjatlarini hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat
hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi
to‘g‘risidagi
nizomga
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-yil, 7-son, 42-modda) muvofiq
amalga oshiriladi.
33. Qat’iy hisobdagi blankalar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
raqamlanishi (numerator bilan, bosmaxona usulida) lozim.
Keyingi
tahrirga qarang.
34. Qat’iy hisobdagi blankalarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan korxonaning mas’ul shaxslari
korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi, shuningdek Mehnat kodeksining 203-moddasida belgilangan
hollarda va tartibda yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi yozma shartnoma tuziladi.
Agar mas’ul shaxs vaqtincha yo‘q bo‘lsa yoki boshqa ishga o‘tib ketayotgan bo‘lsa, qat’iy hisobdagi
blankalar mas’ul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs tomonidan imzolangan qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
35. Qat’iy hisobdagi blankalarni mahsulot yetkazib beruvchidan qabul qilish korxonaning mas’ul shaxsi
tomonidan amalga oshiriladi.
Qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilishda blankalar paketi mas’ul shaxs tomonidan shartli ravishda o‘rami
buzilgan yoki buzilmaganligi tekshiriladi, qabul qilinayotgan o‘ramlar miqdorining yo‘llanma kuzatuv hujjatlarda
ko‘rsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
36. Matbaa korxonasidan xarid qilingan (buyurtma qilingan) qat’iy hisobdagi blankalarda kamomad yoki
nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud
boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va
tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan nakleykalariga boshqacha
tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning
birinchi nusxasi yo‘llanma xat bilan matbaa korxonasi nakleykasi va nuqsonli blankalar bilan birga matbaa
korxonasiga jo‘natiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nakleyka kseronusxasi bilan birga korxonada qoladi.
E’tirozlar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bildirilishi lozim.
Keyingi
tahrirga qarang.
37. Qat’iy hisobdagi blankalar seyflarda yoxud yonmaydigan javonlarda yoki korxonaning maxsus
jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak. Qat’iy hisobdagi blankalarni ko‘p miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda
ularning buzilish yoki o‘g‘irlanish holatini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlashga yo‘l
qo‘yiladi.
Korxonada mavjud bo‘lgan qat’iy hisobdagi blankalarning ish paytidan tashqari vaqtda saqlanishini
ta’minlash maqsadida seyflar, yonmaydigan javonlar va qat’iy hisobdagi blankalarni saqlash uchun maxsus
jihozlangan xonalar muhrlanadi yoki plombalanadi.
Dostları ilə paylaş: |